CDMA-2000
1XYeV.
Bu
standart
1X
standartning
keyingi
takomillashtirilishi hisoblanadi. Uning yordamida chastotalar spektridan eng
samarali foydalanishga erishiladi, ma’lumotlarni uzatish o‘tkazish qobiliyati oshadi,
o‘sha bir 1,25 MGs chastotalar polosasida eng yuqori 2 dan 5 Mbit/sgacha
ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishiladi. Bunda xavf kamayadi va operatorlik
kompaniyalarining kapital qo‘yilmalari himoyalanadi. Operatorlarning ehtiyojlarini
aniqlash bilan 1XYeVda takomillashtirishning ikkita bosqichi ko‘rsatiladi. Birinchi
bosqichning borishida ma’lumotlarni samaraliroq uzatish usuli uchun 2,4 Mbit/sdan
ortiq ma’lumotlarni uzatish tezligiga erishish talab qilinadi. Ikkinchi bosqichning
amalga oshirilishida real vaqt ko‘lamida ovoz va ma’lumotlarni uzatish tezligiga
erishiladi.
CDMA-2000 3X. Bu cdma-2000 standartining ikkinchi fazasi hisoblanadi.
Bu fazadagi takomillashtirish 1Xda erishilgan ma’lumotlarni uzatish tezligini 2
Mbit/sgacha oshirilishi ko‘p kanalli tizimdan foydalanish orqali ta’minlanadi. 3X
nom 3XRTT termindan kelib chiqadi, ya’ni 3G xizmatlarni taqdim etish uchun uchta
1,25 MGsdan kanallar ishlatiladi
CDMA 450 uchinchi avlod aloqa standarti hisoblanadi. U CDMA 2000, shu
jumladan CDMA 2000 1x EV-DO standartini rivojlantirishning barcha
yo‘nalishlarini qo‘llaydigan Xalqaro elektr aloqa ittifoqi tomonidan tasdiqlangan.
CDMA 2000 1x EV-DO tarmoq ma’lumotlarni juda katta 2, 4 Mb/sgacha tezlikda
uzatilishiga imkon beradi.Bugungi kunga kelib CDMA 450 standartining 14 ta
tijorat tarmoqlari O‘zbekistan, Rossiya, Ruminiya, Belorussiya, Chexiya, Gruziya,
Latviya va boshqa davlatlarda ishlamoqda. Yana bir nechta tarmoqlar ishga
tushirishga tayyorlanmoqda. Hozirgi kunda CDMA 450 standartidan O‘zbekistonda
1.000.000 kishidan ortiq abonentlar foydalanmoqda. Yetakchi mobil terminallar
ishlab chiqaruvchi kompaniyalar iste’molchilarga 15 tadan ortiq telefonlar
modellarini taklif etmoqda.CDMA 450 standarti, hatto 1, 8 MGs kabi tor chastotalar
polosasida joriy etilishi mumkin. Uning avzalligi chastotalar spektridan samarali
foydalanish, shuningdek ma’lumotlarni yuqori tezlikli uzatilishi imkoniyati
hisoblanadi. Pastroq chastotalar diapazonini ishlatilishi esa qamrab olish zonasini
kengaytirishga imkon beradi. 450 MGs diapazonda ishlaydigan sotalar yuqoriroq
chastotalarda ishlaydigan bazaviy stansiyalarning qamrab olish zonasidan ikki
marttaga ortiq bo‘ladi. Shuning uchun CDMA 450 yechimi qishloq joylarida,
aholining zichligi uncha katta bo‘lmagan hududlarda simsiz aloqani quradigan
operatorlar uchun foydali bo‘ladi.450 MGs diapazondagi CDMA 2000 yechimi
telekommunikasiyalar universal xizmatlarini ko‘rsatish uchun asos bo‘lishi
mumkin. Misol uchun nafaqat ovoz, balki ma’lumotlarni butun O‘zbekiston hududi,
ayniqsa olisdagi qishloq hududlari bo‘ylab uzatish mumkin. Bunday holda aloqa
nafaqat oddiy mumkin bo‘ladi, u mobil yoki qayd etilgan aloqani qurishning yuqori
narxi tufayli bunday xizmatlar hali aholiga ko‘rsatilmayotgan hududlarda
tarqaladi.Kam aholili va borish qiyin bo‘lgan hududlar uchun CDMA 450 standarti
iqtisodiy foydali va an’anaviy simli telefoniyaga muqobil hisoblanadi. Bu yechim
CDMA 2000 texnologiyalarining barcha asosiy avzalliklarini taqdim etishi tufayli
operator va uning abonentlari uchun foydali bo‘lib, aynan u uchinchi avlod yangi
xizmatlarini keyingi joriy etish, masalan, abonentning joylashish o‘rnini aniqlash
(LBS) imkoniyatini yaratadi. Shuningdek alohida operatorlar tarmoqlarida
ishlayotgan multimediali xizmatlar va Push-to-Talktm («Bos va gapir», ya’ni
telefonni rasiyadan foydalanishga yaqin rejimda ishlatish) texnologiyalari bo‘lishi
mumin.CDMA 450 bu turli tarmoq ehtiyojlari uchun ideal yechim hisoblanadi.
Telekommunikasiyalar universal xizmatlari konsepsiyasi istalgan aholi punktida har
qanday abonentga berilgan muddatda o‘rnatilgan sifatdagi va baholar darajasida
bo‘lgan aloqa xizmatlarini ko‘rsatilishini ko‘zda tutadi. Bundan tashqari CDMA 450
standarti asosida davlat organlari manfaatlarida maxsus aloqa tarmoqlari qurilishi
mumkin. CDMA 2000 standartining yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha
imkoniyatlari 450 MGs diapazondagi operatorlar uchun real qiziqishni beradi va
keng polosali DSL-ulanishga muqobil bo‘ladi.CDMA 450 aholini ma’lumotlarni
olishini (xususan, Internet orqali), ayniqsa kabelni o‘tkazilishi o‘zini oqlamaydigan
olisdagi hududlarda soddalashtirishga imkon beradi.
CDMA 450 tizimining ishlatilishi dispetcherlik aloqasi yoki TETRA kabi
maxsus maqsadli tizimlar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Yuqori ulanish tezligi
bilan birga Push-to-Talktm funksiyasining qo‘llanilishi bilan CDMA 450 tizimlari
huquqni muhofaza qilish, tez tibbiy yordam, yong‘in-qo‘riqlash xizmati va maxsus
xizmatlar masalalarini tezkor va sifatli yechilishiga imkon beradi.CDMA 2000
texnologiyalarini, ayniqsa 450 MGs diapazonning ishlatilishi “elektron hukumat”
tizimlarini yaratilishini sezilarli yengillashtirishi mumkin. Bu standart Hukumat,
davlat xavfsizligi diqqat markazida turli ilovalarni yaratish va ishlashi uchun juda
yaxshi tanlov hisoblanadi. Chunki texnologiya sanab o‘tilgan avzalliklardan
tashqari, autentifikasiyalash, kodlash va ma’lumotlarning yaxlitligini ta’minlash
yordamida uzatishda ma’lumotlarni himoyalashning yuqori darajasini
ta’minlaydi.Bularning barchasi CDMA 450 standartini Hukumat uchun, shuningdek
huquqni muhofaza qilish va xavfsizlikni ta’minlash turli loyihalarida qo‘llanilishi
uchun ideal standart bo‘lishini ta’minlaydi.WCDMA (Wideband Code Division
Multiple Acces) bu kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan keng polosali ko‘p stansiyali
ulanish hisoblanadi. WCDMA tarmoqlari mavjud GSM tarmoqlari ustidan quriladi.
Bunda tarmoqlar parallel ishlaydi. Tarmoqni eski foydalanuvchilari GSM
tarmog‘idan foydalanadi, yangi foydalanuvchilar esa vaziyatga bog‘liq ravishda
GSM yoki WCDMA tarmoqlaridan foydalanadi. Abonentlar terminali tarmoqlar
orasida avtomatik qayta ulanadi, binobarin, bitta tarmoqdan boshqasiga aloqa
uzilmasdan qayta ulanish bo‘lishi mumkin.
WCDMAning GSMdan asosiy avzalligi nazariy 2 Mbit/sgacha, real 384
Kbit/sgacha (taqqoslash uchun maksimal nazariy erishiladigan GPRS tezligi 115
Kbit/s, mo‘ljallangan tezlik 64 Kbit/s, amaliy erishiladigan tezlik esa 48 Kbit/s)
erishiladigan yuqori ma’lumotlarni uzatish tezligi hisoblanadi. Bundan tashqari,
mobilnaya videotelefon aloqasi va to‘laqonli audio va videofayllarni mobil
terminalga yuklanishi bo‘lishi mumkin. WCDMAni qo‘llash telefonning narxini
oshiradi. Bugungi kunda uchinchi avlod tarmoqlari O‘zbekistonda ishlab
kelmoqda.UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) Mobil
Telekommunikasiyalar Universal Tizimi bo‘lib, u Yevropada 3G texnologiyalarni
joriy etish uchun Telekommunikasiyalar Standartlari Yevropa Instituti (ETSI) ishlab
chiqadigan standartlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mobil aloqaning
rivojlanishini aniqlaydigan asosiy omil ovozli telefoniya hisoblanadi. GPRS va
EDGE texnologiyalarning paydo bo‘lishi, keyin esa UMTSga o‘tish ovozli aloqadan
tashqari, ko‘plab qo‘shimcha imkoniyatlarga yo‘l ochadi. UMTS bu ma’lumotlarni
yuqori tezlikli uzatish, Mobil Internet, Internet, intranet va multimedia asosidagi
turli ilovalar hisoblanadi. UMTS uchun asosiy texnologiya Kod bo‘yicha Ajratishli
Keng plosali Ko‘p stansiyali Ulanish (WCDMA) hisoblanadi. Bu
Telekommunikasiyalar Standartlari Yevropa Instituti (ETSI) 1998 yilning
sentyabrida tanlagan revolyusion radioulanish texnologiyasi barcha 3G multimediali
xizmatlarini ta’minlaydi.
Mobil abonent uchun radiokanaldagi uzatish tezligi 2 Mbit/sgacha yetadi.
WCDMA 2 GGs chastotalar diapazonida ishlaydigan tizimlarda foydalanish uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, bu diapazon bu texnologiyaning barcha avzalliklarini to‘liq
darajadan ishlatilishiga imkon beradi. Masalan, 5 MGs kenglikdagi WCDMA bitta
tashuvchisi 8 kbit/sdan 2 Mbit/sgacha ma’lumotlarni uzatilishi tezligini talab
qiladigan aralash xizmatlarni taqdim etilishini ta’minlaydi. WCDMA bilan
moslashuvchan mobil terminallar esa ITU tavsiyalariga muvofiq birdaniga bir necha
xizmatlar bilan ishlay oladi.
Signalni modulyatsiyalash zarurati shundan iboratki, elektr signalga
o‘zgartirilgan ma’lumotlar nisbatan past chastotaga ega, ma’lumki, yomon
nurlanadi. Radiosignal deyiladigan modulyatsiyalangan YuCh tebranishlar
uzatuvchi antennaga uzatiladi va atrof-muhitga elektromagnit to‘lqinlarni
qo‘zg‘atadi. Uzatkichdan uncha katta bo‘lmagan elektromagnit to‘lqinlar energiyasi
qismi qabullash antennasiga yetib boradi va unda kuchsiz modulyatsiyalangan
yuqori chastotali tokni hosil qiladi. RQQQda modulyatsiyalangan tebranishlar
kuchaytiriladi va keyin o‘zgartirgichdan uzatish punktida olingan o‘sha
ko‘rinishdagi signalga detektorda teskari o‘zgartiriladi. Bunday o‘zgartirish
detektorlash deyiladi. Keyin signal qayta tiklash qurilmasi – harf teruvchi apparat,
telefon, televizion qabullash trubkasi va boshqalarga beriladi, bundan keyin qabul
qilingan ma’lumotlar oluvchiga beriladi.
Uzatkich, uzatuvchi antenna, to‘lqinlarning tarqalishi muhiti, qabullash
antennasi va qabullagichdan iborat kompleks radioliniyani hosil qiladi. 1.2-rasmdan
ko‘rinib turibdiki, radioliniyalarda uzatuvchi antenna joylashgan punktdan
qabullagich joylashgan punktga ma’lumotlarni bir tomonlama uzatilishi amalga
oshiriladi. Teskari uzatish bu holda ko‘zda tutilmaydi.
Bir tomonlama uzatish ko‘pincha radioaloqada emas, balki ovoz va TV
uzatishda, matbuot agentliklari uchun ma’lumotlarni, metrologik ma’lumotlarni,
aniq vaqt, aniq signallarini uzatish xizmatlarida va boshqalarda ishlatiladi.
Qurilmalardan foydalanish samaradorligini yaxshilash va radioliniyaning o‘tkazish
polosasini oshirish uchun zichlashtirish apparaturasi qo‘llaniladi (1.3-rasm). turli
1a–1n ma’lumotlar manbalari signallaridan 2a–2n o‘zgartirgichlar orqali
o‘zgartirilgan yagona guruh signalini hosil qiladi. Bu apparaturaning qabul qiluvchi
qismi signallarni ajratadi, ularni o‘zgartirishni amalga oshiradi (5a–5n), bundan
keyin ular 6a-6n iste’molchilarga beriladi. Bitta manbadan xabarlarni oluvchiga
uzatilishini ta’minlaydigan texnik vositalar majmui radioaloqa kanali deyiladi.
Radioliniyalar zichlashtirilgan radioaloqa tizimi ko‘p kanalli radioaloqa deyiladi.
Ikkita punktlar orasida ma’lumotlarni almashlash uchun bir-birlariga qarama-
qarshi ishlaydigan ikkita bir tomonlama aloqa qurilmalari jamlanmasi yordamida
ta’minlanadigan ikki tomonlama radioaloqa tashkil etiladi. Ikki tomonlama
radioaloqaning har bir oxirgi punktida ham uzatish, ham qabullash qurilmalari
joylashtiriladi. Manba va oluvchi odatda birlashtiriladi, shuningdek ayrim hollarda
uzatkich va qabullagich ham yagona qabullash-uzatish radiostansiyasiga
birlashtiriladi. Bunday punktda ikkita antennalar o‘rniga bitta umumiy qabullash-
uzatish antennasi ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |