Yangi mavzu bayoni:
O’qituvchi nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasi yuzasidan kirish so’zi qiladi. O’quvchilar mavzu yuzasidan berilgan 1-topshiriq asosida nuqtalar o‘rniga
tegishli tovushlarni qo‘yib so‘zlar hosil qilinadi. So'zlami farqlashda nima xizmat qilayotganini aytini aytadi (o’qituvchi yordamida)
1-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga tegishli tovushlarni qo‘yib so‘zlar hosil qiling. So'zlami farqlashda nima xizmat qilayotganini ayting. to... bo...
O’qituvchi bir varaq qog’ozga to.. so’zini yozib, bolalarga ko’rsatildi. O’quvchilardan nuqtalar o’rniga turli tovushlar qo’yib bir necha so’z hosil qilish talab etiladi. O’quvchoilar qaysi tovushlarni qo’yib qanday so’zlar hosil qilganoini aytadilar.
Masalan,
tosh, tom,toy, top, tor,…
boy, bosh, bod, bol, bor,…
O’quvchilar keltirgan misollar asosida o’qituvchi tovushlarning qanday vazifani bajarishini izohlaydi.
Nutq tovushlarining asosiy vazifasi so‘zlarning ma’nolarini farqlashdir.
Darslikda berilgan savol va topshiriqlar o’quvchilarning darsni qanchalik o’zlashtirganini tekshirishga yordam beradi.
Tovushlarning so’z tarkibida qanday vazifa bajarishi yuzasidan bilimlarini mustahkamlash uchun mashqlar bajartiriladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
371-mashq. Tagiga chizilgan so'zlarda qaysi tovushlar ma’noni farqlash uchun xizmat qilayotganini ayting.
1. Xush kelibsiz, mehmonlar 0‘zbekning diyoriga, xalqimizning quchog‘i ochiq do‘st-u yoriga (Miraziz A'zam) 2. Mevasini ko‘tarol magan shox qarsillab sindi. 3. Navoiyning g‘azallaridan birini yod oldini 4. 0‘rtog‘idan hol-ahvol so‘ragani kirdi.
“Davom ettiring” o’yini.
372-mashq. Mato, fol, qo’y, mis, po’k, mot so’zlarini o’ngdat chapga qarab o’qing. Shu so’zlar ishtirokida gaplar tuzing va daftaringizga yozing.
Dostları ilə paylaş: |