Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: O’quvchilarga oddiy va murakkab moddalarning toifalanishi to’g’risida bilimlarni oshirish, ko`nikma va malaka hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat, estetik va shukuronalik ruxida tarbiyalash.
c) rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish. Yosh avlod ongiga milliy g’oyani singdirish.
d) Shakllantirilayotgan kompetensiyalar: Ushbu mavzuda kommunikativ kompetensiya, o’z-o’zini rivojlantirish va element va birikmalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyalari shakllantiriladi.
Dars turi: Yangi tushuncha va bilim berish.
Darsda foydalanilagan metodlar: “Aqliy hujum”, “Klaster” va “Sizning omadli raqamingiz” “Tezkorlar o’yini”
Dars jihozi:Multimediya, slayd, doska, bo’r, tarqatma materiallar, darslik, davriy jadval.
Tashkiliy qism:O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni tekshirish, sinfning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash va siyosiy daqiqa o’tkazish.
Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: 5 daqiqa II. O’tilgan mavzuni takrorlash: 10 daqiqa III. Yangi mavzuni tushuntirish: 20 daqiqa IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: 5 daqiqa V. O’quvchilarni baholash: 3 daqiqa VI. Uyga vazifa berish: 2 daqiqa Tashkiliy qism
Salomlashish, navbatchi hisoboti (davomatni aniqlash),o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, siyosiy yangiliklar daqiqasini o`tkazish,
darsning shiorini e`lon qilish,o`quvchilarni guruhlarga bo`lib olish.