Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi siyosiy-iqtisodiy yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Davlatning huquqqa bo`lgan munosabatiga qarab qanday turlarga ajratish mumkin?
2. Qanday davlat etatik davlat deb ataladi?
3. Huquqiy davlatning asosiy belgilarini sanab bering.
4. Davlatning oraliq turi deganda qanday davlatlarni tushunasiz?
5. Huquqiy davlatda davlat hokimiyati vakolatlari qanday taqsimlanadi? Nima uchun aynan
shu taqsimlanish vakolatlarning eng maqbul taqsimoti deb qabul qilingan?