Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi siyosiy-iqtisodiy yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1.Huquq va davlat tushunchalarining ko`pincha yonma – yon kelishiga sabab nima deb o`ylaysiz?
2.Huquq qay tariqa paydo bo`lgan?
3.Obyektiv huquq nima? Misol keltiring.
4.Subyektiv huquq nima? Misol keltiring.
5.Axloq alohida inson uchun zarurroqmi yoki jamiyat uchunmi?
6.Axloq va huquq orasidagi farqlarni sanab bering.