Huquqbuzarliklarning xususiyati va belgilariga qarab to`rtta guruhga ajratib olish mumkin. Bular: jinoiy, ma`muriy, intizomiy va fuqaroviy huquqbuzarliklardir.
O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida o`n sakkiz yoshga to`lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish kabi asosiy jazolar qo`llanilishi mumkin.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Savol javob” usulida mustahkamlanadi:
1. Jinoyat qonunchiligi nima? 2. Voyaga yetmaganlik nima?
3. Voyaga yetmaganlik tushunchasining jinoyat subyekti yoshi tushunchasidan farqi nima?
4. Voyaga yetmaganlar necha yoshdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin?
5. O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 17 –moddasidan foydalanib quyidagi