Fan:Odam va uning salomatligi
Sinf: 8-sinf
3-laboratoriya mashg‘uloti. 1. Nafas olishda ko‘krak qafasining harakatini kuzatish.
2. Nafas bilan chiqadigan havodagi karbonat angidridni anlqlash.
Darsning ta‘limiy maqsadi: O‘quvchilarga nafas olish organlarining fiziologiyasi, nafas olganda organlardagi gazlar almashinuvi haqida amaliy ma‘lumotlar berish, laboratoriya mashg‘ulotlari orqali bilimlarni yetkazish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, fikrlash doirasini o‘stirish, nafas olishning organizmdagi biologik rolini anglatish, ongida go‘zal axloqiy hislatlarni shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Darslik va laboratoriya mashg‘uloti bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish.
Dars turi: Kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: sekundomer soat, santimetrli o‘lchov tasmasi, probirkalar, shisha naycha, distillangan suv, ohakli suv.
Darsning texnologik xaritasi.
1
Tashkiliy qism
3
2
Uyga vazifani so‘rash
8
3
Laboratoriya ishlarini bajarish
25
4
Mustahkamlash
5
5
Uyga vazifa berish
2
6
Darsni yakunlash
2
Darsning borishi. 1. Tashkiliy qism: a. Salomlashish.
b. Davomat olish.
c. O`quvchilar va sinf holatini,darsga tayyorgarligini kuzatish.
d. Sinf o`quvchilari 2 guruhga ajratiladi va dars o`tish jarayoni bilan tanishtiriladi.
2.O`tilgan darsdagi mavzuni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi va "men kimman" o‘yini o‘tkaziladi. 1. Nafas olishning nerv boshqarilishi
2. Nafas olishning gumoral boshqarilishi
3. Nafas olish organlari kasalliklari
4. Rinit qanday kasallik
5. Gripp qanday kasallik
6. O‘pka sili qanday kasallik
7. Allergiya kasalliklari
8. Chekishning zarari
Nafas olish organlari va nafas olish organlarining kasalliklari stikerlarga yozilib javob beruvchi o‘quvchining peshonasiga yopishtirib qo‘yiladi. Qolgan o‘quvchilar ushbu so‘zlarga ta‘rif berishadi. Ta‘riflarga asoslanib javob beruvchi o‘quvchi stikerdagi so‘zni topishi kerak.
Laboratoriya mashg‘ulotining borishi. Kerakli Jihozlar va asboblar: sekundomerli soat, santimetrli olchov tasmasi.
- probirkadagi ohakli suvning rangi loyqalanib qolishi, distillangan suv
rangining o'zgarmaganligi kuzatiladi;
- ohakli suv rangining o‘zgarishi, o'pkadan chiqayotgan havo tarkibidagi
karbonat angidrid (C02) ning ohakli suv tarkibidagi kalsiy ishqori Ca(OH)2
bilan birikib, ohaktosh CaC03 hosil qilgani tushuntiriladi.
Uyga vazifa:Nafas olish organlari mavzularini takrorlab o‘qish.
Dars yakuni: :Guruhlar ishi yakunlanib, rag`batlantirilib, kamchiliklar eslatilib, xayrlashiladi.