2368= 158106𝐶16=108101110102= 5810 O`rta arifmetigi =15810+10810+5810= 108
3 10
BILET
Kompyuterningdasturiyta‘minoti.
Kompyuterlarda ishlatilayotgan dasturlarni shartli ravishda quyidagi uch turga ajratish mumkin:
sistema dasturlari – turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar, masalan: a)kompyuter resurslarini boshqarish (protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari); b)foydalanilayotgan ma‘lumot nusxalarini hosil qilish;
amaliy dasturlar – foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida ma‘lumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi jami dasturlar;
uskunaviydasturlar – kompyuter uchun yangi dasturlar tayyorlash va tahrirlashni yengillashtiruvchi dasturlar. Bu ajratishning shartli ravishda deyilishiga sabab shuki, dasturiy ta‘minotning keskin rivojlanishi va kompyuterlarni qo‗llanish sohasining kengayib borishi ba‘zi dasturlarning bir turdan boshqa turga o‗tib qolishiga sabab bo‗lmoqda. Masalan, ba‘zi amaliy dasturlarning qo‗llanish sohasi chuqurlashib borganligi va alohida zaruriyatga egaligidan uskunaviy dasturga aylanib bormoqda. Ikkinchi tomondan, foydalanuvchi e‘tiboriga shunday dasturlar tavsiya etilmoqdaki (masalan, ―elektron suhbatdosh‖), ularni yuqoridagi xususiyatlar bo‗yicha ajratish mushkul.
Hozirgi kunda dasturiy ta‘minotni quyidagi o‗zaro bog‗langan guruhlar orqali ifodalash mumkin:
operatsion sistemalar (MS DOS, Windows naqllari, Unix, Linux, Nova, Mandriva, Machintosh, Doppix) va qobiqdasturlar (Norton Commander, Far manager, Windows Commander, Total Commander);
dasturlash sistemalari (BASIC, Visual Basic, Paskal, Delphi, C, C++);