21. Bo’gimoyoqlilar tipi. Qisqiqichbaqasimonlar va O’rgamchaksimonlar sinfi.
1.Quydagi organizmlarning qaysi birlari qon aylanish sistemasiga ega emas?
1.oq planariya 2.yomg’ir chuvalchangi 3.lansetnik 4.o’rgimchak 5.askarida 6.qoramol tasmasimoni 7.suv shillig’i 8.exinokokk 9.baqachanoq 10.daryo qisqichbaqasi 11.jigar qurti
a) 1,5,6,8,11 b) 1,3,5,7,9,11 c) 2,4,6,8,10,11 d) 1,5,6,7,8,11
2. Qon aylanish sistemasi yopiq bo’lgan hayvonlar guruhini niqlang.
1. nereida 2. bitiniya 3. yomg’ir chuvalchangi 4. o’rgimchakkana 5. qumchuvalchang. 6) baqachanoq; 7. asalari 8. kana
a) 1,3,5 b) 1,2,6 c) 1,4,7 d) 6,7,8
3.Zaxkashlarning tabiatda qanday ahamiyati bor?
a) juda ko’p hasharotlarni yo’qatadi b) suvni tozalab beradi
c) tuproqni yumshatadi va chirindiga boyitadi d) baliqlarning asosiy ozuqasi hisoblanadi
4.Qisqichbaqasimonlardan plankton organizmlar deb ataladigan hayvonlarni toping.
a) mokrisa, dafniya b) dafniya, siklop c) siklop, krab d) krevetka, krab
5.Qisqichbaqasimonlar qaysi belgilari bilan boshqa bo’g’imoyoqlilardan farq qiladi?
a) jabra bilan nafas olish, ikki juft mo’ylabi,tanasining tuzulishi, ko’zi
b) ko’zi,jabrasi, bo’g’imoyoqlari, nerv sistemasi c) qon aylanish sistemasi, nafas olish, ayrish
d) jabrabilan nafas olish, ikki juft mo’ylabi, qorin oyoqlari
6.Qisqichbaqaning qorin qismi nechta bo’g’imdan iborat? a) 4 b) 5 c) 6 d) 7
7.Quydagi topishmoqda qaysi hayvon tasvirlangan.O’n oyoqlab olg’a yurar, shoshar bo’lsa ortga suzar.
a) daryo qisqichbaqasi b) krevetka c) triton d) dengiz toshbaqasi
8.Go’sht uchun ovlanadigan qisqichbaqalarni belgilang.
a) krevestka, langust, omar b) omar, krevetka, Kalmar c) dafniya, langust, krevetka
d) siklop ,krap, krevetka
9.Daryo qisqichbaqasining oshqozoni qanday tuzulishga ega?
a) so’ruvchi, suzgichsimon b) suzgichsimon, to’rsimon
c) chaynovchi, so’ruvchi d) xitin tishchali, suzgichsimon
10.Qisqichbaqaning uzun mo’ylablari qanday vazifani bajarishini aniqlang.
a) tuyg’u, tambilish b) muvozanat, tuyg’u c) hid bilish, tuyg’u d) muvozanat, hid bilish
11.Qisqichbaqaning xitin qoplami qanday rangda bo’ladi?
a) qizil b) yashil c) jigar d) zangori qo’ng’ir
12.Qisqichbaqaning tuxumining qaysi yerida rivojlanishini belgilang.
a) suvda b) suvdagi o’simliklarda c) baliqlar tanasida d) qorinoyoqlarida
13.Urg’ochi qisqichbaqaning tashqi ko’rinishi nima bilan erkagidan farq qiladi?
a) qorni bosh-ko’kragidan ensiz b) qorni boshidan ensiz c) qorni boshidan enli
d) qorni bosh-ko’kragidan enli
14.Qaysi umurtqasiz hayvonlar oshqozonida xitin tishchalar bo’ladi?
a) daryo qiqichbaqasi, qo’g’iz b) baqachanoq, shilliq qurt
c) o’rgimchak, itkana d) qora qurt, daryo qisqichbaqasi
15.Qisqichbaqaning qaysi azolari yomg’r chuvalchangnikiga o’xshash bo’ladi?
a) sezgi azolari b) nerv, qon aylanish c) nerv , ayirish d) ayirish, nafas olish
16.O’zbekistonda cho’l zo’nalarida uchraydigan qisqichbaqasimonni belgilang.
a) dafniya b) biy c) zaxkash d) tarantul
17. Qisqichbaqaning sezgi azolariga nimalar kiradi?
a) ko’zi, mo’ylo’vlari b) terisi, paypaslagichi, ko’zi
c) paypaslagichi, ko’zi, tukchalari d) tukchalari, terisi, ko’zi.
18. Qisqichbaqaning yurak devorida necha juft teshikcha bo’ladi?
a) 1 b) 2 c) 3 d) 4
19. Jabra bilan nafas oluvchi bo’g’imoyoqli hayvonlar guruhini belgilang.
1. eshakqurt 2. falanga 3. siklob 4. kana 5. bit 6. krevetka 7. krab
a) 1,5,7 b) 2,3,6 c) 1,3,6 d) 3,4,7
20. O’zbekistonning chuchuk suv havzalarida hayot kechiradigan qisqichbaqasimonlarni qaysi olim o’rgangan?
a) D.H.Kashkarov b) P.F.Boroviskiy c) A.M.Muxammadiyev d) A.T.To’laganov
21.Qisqichbaqaning qaysi organi qonda erigan zararli moddalar almashinuvi mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi?
a) jabra b) buyrak c) yashil bez d) anal teshigi
22.Qanday ko’rishga mozaik ko’rish diyiladi?
a) hamma ko’zchalar birgalikda yaxlit ta’svirni hosil qiladi
b) xar bir ko’z mayda ko’zchalardan iborat bo’lib, xar bir ko’zcha atrof-muxitning bir qismini ko’radi. c) xar bir ko’zcha atrof-muxitini to’laligicha mustaqil xolda ko’radi. d) a, b
23.Daryo qisqichbaqasi nima bilan oziqlanadi? 1.suv o’tlar 2.kasalangan hayvonlar 3.hayvonlarning murdalari 4.baliqlar 5.suvda ham quruqlikda yashovchilar 6) bakteriyalar
a) 1,2,3 b) 2,3,4 c) 3,4,5 d) 1,5,6
24. Daruo qisqichbaqasi qaysi payitda orqa tamonga qarab suzadi?
a) xavf sezib qolsa b) o’lja tutish uchun c) suv oqimini yengish uchun d) tinch suvda
25. Qisqichbaqaning halqum osti nerv tugunidan qaysi a’zolariga nervlar boradi?
a) ko’ziga b) mo’ylovlariga c) jag’lariga d) oyoqlariga
26. Qisqichbaqaning jag’ oyoqlari qanday vazifalarni bajaradi?
1.oziqni parchalash 2.oziqni ushlash 3.oziqni og’izga olib kelish 4.suvni jabra bo’shlig’ida harakatga keltirish 5.oziqni chaynash 6.suvda suzish
a) 1,3,5 b) 2,3,4 c) 3,4,5 d) 4,5,6
27.Qisqichbaqasimonlar sinfiga mansub bo’lgan hayvonlarni belgilang.
a) daryo qisqichbaqasi, krevetka,o’rgimchak b) eshakqurt, siklop, krevetka, o’rgimchak
c) dafniya, krevetka, chigitka, krab d) krab, krevetka, siklop, daryo qisqichbaqasi
28.Qisqichbaqaning eshitish va muvozanat organlari qayerda joylashgan?
a) uzun mo’ylovlarining Uchida b) kalta mo’ylovlarining asosida
c) ko’zlarining yonida d) uzun mo’ylovlarining asosida
29.Oyoqlari tubidan o’sib chiqqan jabralari nafas olish organlari hisoblanadigan hayvonlar sinfini aniqlang.
a) qisqichbaqalar b) ko’p tukli halqali chuvalchanglar c) tog’ayli baliqlar d) suyakli baliqlar
30.Qisqichbaqalar turkumlarining urug’lanishi va rivojlanishi qayerda sodir bo’ladi?
a) suvda b) qorinoyoqlarda c) ko’krak oyoqlarida d) tuxum yo’lida
31.Daryo qisqichbaqasining ozig’i qayerda azm bo’ladi?
a) jigar naylarida b) oshqozonning katta bo’lmasida c) oshqozonning kichik bo’lmasida
d) ichakda
32.Daryo qisqichbaqasining nerv tugunlaridan qaysi a’zolariga nervlar borishini aniqlang.
1.halqumusti 2.halqumosti 3.qorin nerv tugunlari
a) tana o’simtalariga b) ichki azolariga c) jag’lariga d) ko’zlariga, mo’lovlariga
a) 1-d 2-c 3-a,b b) 2-c 2-a,d 3-v c) 1-a,d 2-v 3- c d) 1-v 2-a 3-c,d
33. Zaxkashlar nimalar bilan oziqlanadi?
a) o’simlik qoldiqlari b) o’simlik barrglari
c) o’siliklarning yosh novdalari d) chirindilar
34. Qisqichbaqalarning haqiqiy yurish oyoqlari necha juft bo’ladi?
a) 3 b) 5 c) 1 d) 4
35.Daryo qisqichbaqasining muskul boylamlari a’zolar atrofida qanday joylashgan?
a) siyrak b) to’p-to’p c) egilgan d) yakka-yakka
36.Qisqichbaqalar qonida erigan zararli maxsulotlar qaysi a’zo orqali tashqariga chiqarib yuboriladi?
a) buyraklar b) yashil bezlar c) anal teshigi d) jigar
37.Daryo qisqichbaqasining tanasi qanday qismlardan iborat?
a) bosh,ko’krak,dum b) boshko’krak,qorin c) boshko’krak,bel dum d) boshko’krak,dum
38. Qisqichbaqasimonlarga mansub hayvonlar toping.
1.siklop 2.zaxkash 3.kalmar 4.krab 5.baqachanoq 6.midiya; 7.krevetka 8.dreysena
a) 3,4,5,7,8 b) 1,2,5,6,7 c) 1,2,4,7 d) 3,5,6,7
39.Bo’g’imoyoqlilar tipining qaysi vakilida boshining ustida bir juft yiriqroq, ikki yonida besh juft mayda ko’zlari bo’ladi?
a) qoraqurt b) falanga c) chayon d) qisqichbaqa
40. Zaxar bezi bo’lmaydigan o’rgimchaksimonni aniqlang.
a) falangalar b) chayonlar c) biylar d) qoraqurtlar
41. Falangalarga xos xususiyatlarni toping. 1. jag’lari o’tkir tirnoqqa o’xshaydi 2. oyoq paypaslagachlari yurish oyoqlariga nisbatan kalta 3. zaxar bezlari bor 4. zaxar bezlari yo’q 5. oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga o’xshaydi 6. jag’lari o’tmas
a) 1,2,3 b) 2,3,5 c) 1,5,6 d) 1,4,5
42. O’simliklarga zarar yetkazuvchi kana .
a) tanga kanasi b) uya kanasi c) qo’tir kanasi d) o’rgimchakkana
43.Chayonlarnining ko’zi nechta va boshining qaysi qismida joylashgan bo’ladi?
a) boshining ustki qismda 4 juft murakkab ko’z joylashgan b) boshining yon tomonida 5 juft oddiy joylashgan ko’z c) boshining ustgi tomonida 4 juft murakkab,yon tomonida 7 juft oddiy ko’z joylashgan d) boshining ustida 1 juft ko’z,yon tomonida besh juft mayda ko’zcha joylashgan
44. Chayonning qaysi organi qisqichga aylangan?
a) oyoq paypaslagichlari b) mo’ylovlari c) pastgi lablari d) pastgi jag’lari
45.Chayonlar qaysi organlar yordamida o’rgimchak va hasharotlarni tutib o’ldiradi?
a) og’zi, jag’idagi zaxari b) qisqichi, zaxarli nayzasi
c) qisqichi, kapsuladagi zaxari d) og’zi oyoqlari
46.Qaysi parazit hayvon xo’jayinlarini hidi orqali topib oladi?
a) qo’g’iz b) kana c) o’rgimchak d) falanga
47. Qaysi qatorda sakkiz oyoqli bo’g’imoyoqlilar berilgan?
a) o’rgimchak, kana b) mayqo’ng’izi, chumoli c) kana, chigirtka d) kapalak, pashsha
48. O’rgimchaksimonlar sinfi qaysi turkularni o’z ichiga oladi?
1.o’rgimchaklar 2.tarantumlar 3.qoraqurtlar 4.falangalar 5.chayonlar 6.kanalar
a) 1,2,5,6 b) 1,3,4,5 c) 1,2,3,6 d) 1,4,5,6
49. O’rgimchaksimonlardan qaysi biri hasharotlar, mayda sudralib yuruvchilar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi?
a) tarantula b) falanga c) chayon d) qoraqurt
50.Qaysi hayvonning ustgi jag’lari o’rgimchaknikiga o’xshaydi?
a) falanga b) chayon c) kana d) o’rgimchakkana
51.Qaysi bo’g’imoyoqlilarda tana bo’g’imlarga bo’linmaydi?
a) kanalar b) chayonlar c) kapalaklar d) chigirtkalar
52. Nimalar o’rgimchaklar uchun tarqalish vositasi bo’lib xizmat qiladi?
a) o’rgimchak iplari va shamol b) qanotli hasharotlar c) odam faolyati d) o’txo’r hayvonlar
53.Qaysi o’rgichaklarning zaxari odam va umurtqali hayvonlar uchun xavfli emas?
a) qoraqurt, biy b) chayon,falanga c) falanga,biy d) butli o’rgimchak,biy
54.Qoraqurtning qaysi turkum va sinfga mansubligini toping.
a) o’rgimchaklar, o’rgimchaksimonlar b) qoraqurtlar, o’rgimchaksimonlar
c) chayonlar, o’rgimchaksimonlar d) falangalar, o’rgimchaksimonlar
55. Qaysi hayvonning o’pka devorida bargsimon o’simtalar hosil bo’ladi?
a) budli o’rgimchak b) baqa c) qurbaqa d) triton
56.Butli o’rgimchakning oyoq paypaslagichalri va ulardagi asosiy bo’g’imlarning vazifani aniqlang . 1.hid bilish 2. tuyg’u 3.pastgi jag’ 4. yuqori jag’ 5.o’ljaning tanasini teshish
a) 1, 4 b) 2, 3 c) 1, 3 d) 3, 5
57.Falanganing jag’lari va oyoq paypaslagichlari nimaga o’xshaydi ?
a) o’tkir tirnoqqa, yurush oyoqlariga b) qisqichga, qorin oyoqlariga
c) o’tkir nayzaga, ko’krak oyoqlariga d) xartumga, og’iz aparatiga
58.Chayonlar qaysi organlari yordamida nafas oladi ?
a) teri, traxeya b) teri, o’pka c) teri, traxeya d) faqat o’pkasi
59.Qaysi hayvonda oyoq paypaslagichi qisqichga aylangan?
a) daryo qisqichbaqasi b) chayon c) kana d) falanga
60.Bo’g’imoyoqlilardan qaysi hayvon tirik rug’adi ?
a) kana b) chumoli c) chayon d) dafniya
61.Eng yirik o’rgimchak turini belgilang
a) qoraqurt b) tarantul c) chayon d) falanga
62.Qaysi o’rgimchak tuproqda chuqurligi 60 sm gacha bo’lgan tik inda yashaydi ?
a) qoraqurt b) biy c) butli o’rgimchak d) falanga
63.O’rgimchaklarda nima tuyg’u o’rgan hisoblanadi ?
a) kalta mo’ylovlari b) oyoq paypaslagichalri c) barmoqlari d) yurush oyoqlari
64.O’rgimchakning nafas olish organlari qanday tuzulishga ega ?
a) nafas teshiklari shaklida
b) nafas teshigi, traxeya , juft o’pka haltachalari shaklida
c) juft o’pka haltachalari shaklida
d) bronx shaklida
65. Eng yirik ( 3-4 ) sm o’rgimchak bo’lib tuproqda chuqurligi 60 sm gacha bo’lgan tik inda yashaydi. Tunda indan chiqib turli hashorotlarni ovlaydi uning zaxari odam va umurtqali hayvonlar uchun xavfli emas, ushbu tarif qaysi orgimchaksimonga tegishli ekanligini aniqlang a) tarantul b) chayon c) qoraqurt d) falanga
66.Ustki jag’lari o’rgimchaknikiga o’xshaydi, lekin oyoq paypaslagichlari kuchli rivojlangan bo’lib qisqichga aylangan ushbu tas’nif qaysi o’rgimchaksimonga xos ?
a) qoraqurtga b) tarantulga c) chayonga d) falangaga
67.O’rgimchakning nechta ko’zchasi bo’ladi ?
a) 2 juft oddiy b) 1 juft oddiy c) 4 juft oddiy d) 4 juft murakkab
68.O’rgimchakning to’rt juft oddiy ko’zchasi bosh ko’krakning qaysi qismida joylashgan ?
a) orqa b) ostgi c) oldingi d) ustgi
69.O’rgimchaklarning tuyg’u a’zosi ... hisoblanadi .
a) oyoq paypaslagichlari b) kalta mo’ylovi c) yurush oyoqlari d) uzun mo’ylovlari
70.O’simlik shirasi bilan oziqlanuvchi o’rgimchaksimonlar vakili ...
a) qichima kana b) falanga c) butli o’rgimchak d) o’rgimchakkana
71.Quyidagi o’rgimchaksimonlar bilan ko’zlarini sonini juftlab ko’rsatilgan to’g’ri javobni toping. 1. butli o’rgimchak 2. falanga 3.chayon a. 8 b. 12 c. 2
a) 1-b 2-c 3-a b) 1-c 2-b 3-a c) 1-c 2-a 3-b d) 1-a 2-c 3-b
72. Faqat o’pka bilan nafas oluvchi o’rgimchaksimonlar sifining vakilini belgilang .
a) biy b) qoraqurt c) chayon d) qandala
73.Ikki xil yo’l bilan nafas oluvchi bo’g’imoyoqli hayvon.
a) krab b) o’rgimchak c) dafniya d) asalari
74.Kanalarning sanchib-so’ruvchi xartumchasi qaysi organlarning qo’shilishida hosil bo’lgan?
a) lab, jag’lar b) yuqori jag’, pastki lab c) jag’lar, oyoq, paypaslagichlari
d) oyoq paypaslagichlari, lablar
75. O’rgamchak so’gallari nechta bo’ladi? a) 3 ta b) 4 ta c) 5 ta d) 6 ta
76. Quyida keltirilgan hayvonlarning qaysilarida ko’zlar oddiy bo’ladi?
a) krab, o’rgimchak b) chayon, zaxkash c) falanga, chayon d) krevetka, kalmar.
77. Qisqichbaqaning uzun pixini nima hosil qiladi?
a) boshko'krak qalqonining oldingi qismi b) oxirgi qorinoyoqlar
c) yurish oyoqlarining oxirgi bo'g'imi d) kichik mo'ylovlari
78.Qaysi organizm laboratoriya sharoitida qorni yorilguncha oziq yeydi?
a) chigirtka b) sariq falanga c) butli o'rgimchak d) moviy ninachi
79. Qisqichbaqaninng yangi xitin qoplag'ichi qachon hosil bo'ladi?
a) tullayotgan qisqichbaqaning xitin qoplag'ichi ostida b) tullayotgan qisqichbaqaning xitin qoplag'ichi ustida c) tullab bo'lgach uch kun o'tib d) o'sishi to'xtaguncha
80. Yosh o`rgamchaklar tuxumdan qachon chiqadi ?
a) qishda b) bahorda c) yozda d) kuzda
81. O`rgamchaklarda oyoq paypaslagichlarning asosiy bo`g`inlari nima vazifani bajaradi ?
a) pastki lab b) pastki jag` c) ustkiy jag` d) yurish oyog`lari
82. Biy (1) va falanganing (2) farqi nimada ?
a. o`rgamchaksimonlar orasida eng yirigi b. tanasi bosh, ko`krak, qorin qismilaridan iborat c. zaxarsiz d. eng yirik o`rgamchak e. tik inda yashaydi f. zaharli j. tanasi bosh ko`krak va qorindan iborat
a) 1-a, b, c 2-d, e, f b) 1-b, d, e, f 2-a, c, j c) 1-d, e, f, j 2-a, b, c d) 1-a, c, j 2-b, d, e, f
83. Qisqichbaqalarga xos bo`lmagan belgilar keltirilgan qatorni aniqlang ?
a) oshqozoni ikki bo`lmali b) ayrish sistemasi bir juft yashil bezlardan iborat
c) muskullar organlar atrofida to`p – to`p bo`lib joylashadi
d) tana bo`shligi bo`lmaydi organlar orasida biriktruvchi to`qima joylashgan
84. Kananing xartumchasi nimadan hosil bo’ladi?
a) xartumchasi bo’lkmaydi b) jag’ va oyoq paypaslagichlari qo’shilishidan
c) pastki labdan d) yuqori jag’ va pastki lablarning qo’shilishidan
85. O`rgimchaksimonlar vakillarini ularga xos xususiyatlar bilan juftlab bering.
a) falanga b) chayon c) kana
1. tanasi bosh, ko`krak, qorin qismlariga bo`lingan 2. oyoq paypaslagichlari yurish oyoqlariga o`xshaydi 3. tanasi bosh-ko`krak va qorin qismlariga bo`lingan 4. o`pka orqali nafas oladi 5. o`pka va traxeya orqali nafas oladi 6. gavda bo`limlari qo`shilib ketgan 7. hidni yaxshi sezadi 8. oyoq paypaslagichlari yo`qolgan
a) a-1,2; b-3,5; c-6,7 b) a-1,2,5; b-3,4; c-6,7,5 c) a-1,8; b-3,4; c-6,7,8 d) a-3,5; b-1,4; c-7,8
86. O`rgimchak oyoq paypaslagichlarining yurish oyoqlariga o`xshash (1)ligi va farqi (2)ni aniqlang. a) bo`g`imli b) bo`g`imlarga bo`linmagan c) kalta d) uzun
a) 1- a; 2- d b) 1- a; 2- c c) 1- b; 2- d d) 1- b; 2- c
87.O’rgimchakka xos bo`lmagan xususiyat keltirilgan qatorni aniqlang.
a) o`pkasi varaqasimon o`simtali b) nerv sistemasi qorin nerv zanjiridan iborat
c) qon aylanish sistemasi ochiq d) qon aylanish sistemasi yopiq, nerv sistemasi tugunli, tarqoq
88. Kanalarga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang.
a) hidni yaxshi sezadi b) gavda bo`limlari qo`shilib ketgan
c) tanasi bo`g`imlarga bo`linmagan d) hidni yaxshi sezmaydi