5-11 sinflar Sinf rahbari daftari hujjatlari 2023-2024
30. O‘quvchilar ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan taqdirda ko‘riladigan choralar: o‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish;
qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o‘quvchini muassasa ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish;
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni muassasaga taklif qilish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish;
farzandi tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot yuborish;
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan tegishli ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash.
31. Mazkur qoidalarga rioya etmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi Kuzatuv kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.
32. Ta’lim muassasasiga biriktirilgan inspektor-psixolog odob-axloq qoidalarining buzilishi holatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha pedagog-xodimga nisbatan intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida dalolatnoma tayyorlanadi.
Qoidalar buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qoidani buzgan pedagog xodimni javobgarlikka tortish to‘g‘risida muassasa rahbariga taklif kiritiladi. Bunda yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda pedagog xodimga nisbatan odob-axloq qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin.
pedagoglar o‘zlari yo‘l qo‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko‘rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o‘zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek muassasaning qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
33. Jamoa a’zolari ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularga nisbatan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.