Sinf rahbarining faoliyatiga qo’yiladigan pedagogik va psixologik talablar ii-bob. Sinf rahbarining o`quvchilar bilan ishlash mahorati 1


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 50,61 Kb.
səhifə2/6
tarix22.05.2023
ölçüsü50,61 Kb.
#119936
1   2   3   4   5   6
To\'lanboyeva Iroda

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishining maqsadi o`quvchilarni boshqarishda sinf rahbarining o`rni va ahamiyati. Maqsad quyudagi vazifalardan iborat:
1. Sinf rahbari kim degan savolga javob berish.
2. Sinf rahbarining o`quvchilarga bo`lgan munosabati.
3. . Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati.
4. . Sinf rahbari tarbiyaviy faoliyatining shakl va metodlar.
5. Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan tarbiyaviy ishlar mazmuni
Kurs ishining o`rganilish darajasi: Kurs ishini tayyorlashda Ziyomuxammedov B., Abdullaeva Sh. «Pedagogika» va Ismailova Z. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish metodikasi. kitoblaridan foydalanildi.
Kurs ishining tuzulishi: Nemischa - o'zbekcha tarjimalarda olmoshlarning berilishi mavzusida kirish, 2 bob va 4 paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlarlardan iborat.

I-BOB. Sinf rahbarining o`quvchilarga bo`lgan munosabatida pedagogik mahoratning ahamiyati
1.1 Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan tarbiyaviy ishlar mazmuni.Tashkilotchilik funksiyasi bir necha elementlarga bog'liqdir:
A. O'tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Sinfda o'tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy harakterga ega bo'lib, ma'lum maqsadni ko'zlab o'tkazilishi va sinf rahbari turli tarbiyaviy ishlarni o'tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Sinf rahbari oldiga qo'yilgan maqsadga yetishish uchun o'z oldiga aniq vazifa qo'ya bilish lozim.
E. Sinf rahbari har bir tadbiriy choralarni amalga oshirishda o'qituvchi va o'quvchilarning qobiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma'lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning o'tazish o'rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini aniqlash lozim.
F. Ma'lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to'g'ri taqsimlash, ishga boshqa o'qituvchilarni, ota-onalar, o'quvchilar, otalik tashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim.
Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va natijalari o'rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlari o'rtasida g'oyat murakkab bog'liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, yoshlarning maqsadlari (hatto strategik maqsadlari) bor. O'quvchining rivojlanish mantiqi, uning tafakkuri, harakatlari bitta nuqtai nazarda, tarbiyachining mantiqi boshqa nuqtai nazarda turishi mumkin. Bunday variantda hech qanday tarbiyaviy ta'sir ko'rsatib bo'lmaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g'oyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bog'liq.
Sinf rahbari o'zining g'oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu sinf rahbariga bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona ideologiya va yomon xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Sinf rahbarining axloqiy obro'si g'oyat darajada yuqori bo'lishi ham bu o'rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega bo'ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma'naviy qiyofasi o'quvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta ta'sir ko'rsatadi. Sinf rahbari uchun kasbiy malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishning o'zi yetarli emas. O'z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi fuqarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta'sir o'tkazadi. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.Chunki tarbiyachilik talanti juda ko'p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko'ngil qo'yish bolalarga bo'lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo'lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo'shilsa ishda muvaffaqiyat ta'minlanishi tabiiydir. Pedagogik faoliyatda vositalar, maqsadlar va natijalarning nisbatini doimo tashkil qilib borish zarur. Ular uzviy birlikni tashkil etadi, bir - biriga bog'liq bo'ladi va alohida tarzda amalga oshirilmaydi. Maqsadni amalga oshirish usuli - bo'lajak natijadir. Natija yangi vositalarni tanlash, yangi maqsadlarni qo'yish uchun amaliy asos hisoblanadi. Tajribada ma'lum darajada qo'llanilgan har qanday vosita natija beradi, hatto biror sababga ko'ra maqsad aniq ifodalanmagan bo'lsa ham natija bervermaydi.
Tajribada mavjud bo'lgan pedagogik vositalarning ikkitasini ko'rib chiqamiz.
Birinchisi: har qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, usullar, shartlar bilan bog'liq bo'ladi, ular pedagogik jarayoning muayyan bosqichida ta'sir ko'rsatish natijasini belgilab beradi. Masalan rag'batlantirish bir xil jarayonlarni tezlashtirish va boshqarishga to'siqnlik qilish, turli salbiy va ijobiy hissiyotlarning turli - tuman ko'rinishlarini vujudga keltirishi mumkin.
Ikkinchi: ayrim vositalarni qo'llanish pedagogning ular ta'sirini, mumkin bo'lgan o'zgarishini anglash qobiliyatlariga butunlay bog'liq bo'ladi. jamoa muomala sharoitida vositalarni qo'llash minut sayin o'zgarib turadigan vaziyatni hisobga olish zarurligini taqazo qiladi.
Pedagoglarda biz albatta oliyjanoblik hissini tarbiyalashimiz shart. Oliyjanoblik qalbning o'ziga xos holatidir. Bu holat insonda sokinlik, hurmat, mehr, g'urur hislarining qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Pedagogning o'quvchilarga bo'lgan munosabati mehr, hayrihohlikdan iborat bo'lishi kerak. Ma'lumki rivojlanish uchun yordam berish murakkab jarayon bo'lib, o'quvchilar oldgiga qo'yib o'zi chetda qarab turishi va faqat shu talablar qanday bajarilayotganligini kuzatib borishi yetarli degan xulosaga kelgan pedagoglar katta xatoga yo'l qo'yadilar.
Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.CHunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jondildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir.
Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi.
Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lga g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir.
Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, sinf rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu san’at. SHu tufayli sinf rahbariga qo’yiladigan dastlabki
talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak. Sinf rahbarining qobiliyati– bu o’quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo’lgan munosabatdan mamnun bo’lish bilan ifoda bo’ladigan shaxsning sifatlari.
Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasi hisoblansa. Qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqat va zehn, ya’ni inson asab tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo’lishi ham zarur. Tarbiyaviy faoliyatning samarali bo’lishi uchun sinf rahbarida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab yetishtirilmog’i lozim
- tashkiliy – sinf rahbarining o’quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo’lib berish, ishni rejalashtirish, qilingan ishlarni jamlash mahoratiga namoyon bo’ladi;
- didaktiga oid – o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda ma’naviy, xissiy istaklarni rag’batlantirish, o’quv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon bo’ladi;
- pertseptiv – tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosiga singib, ularning emotsional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo’ladi;
- suggestiv – o’quvchilarga emotsional ta’sir ko’rsatishda namoyon bo’ladi;
- kelajakni ko’ra bilish - o’z harakatlarning oqibatini ko’ra bilishda, o’quvchilarda qanday fazilatlarni ro’yobga chiqarish lozimligini oldindan ayta olish mahoratida namoyon bo’ladi;
- tadqiqiy - pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni o’rganish va obxektiv baholash mahoratida namoyon bo’ladi.
Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham tez aloqa o’rnata olish) qobiliyatga ega bo’lishi, ro’y berayotgan fakt va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog’lab baholashgina emas, balki ro’y berish sababiga qarab hukm ham chiqarishi pedagogik optimizmga, ijod qilish qobiliyatiga ega bo’lish kerak. Sinf rahbarining eng muhim fazilati – odamlar bilan tezda til topa olishi, ko’pchilikka o’shila bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bo’lib, bu undagi muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. CHunki unga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga to’g’ri keladi. Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yaratish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar bo’luvchi sinf rahbarining insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Sinf rahbari uchun juda muhim xislat – insonparvarlik, ya’ni o’sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatla o’quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq solmoq, uning o’quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat.
Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o’quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi hamdir. O’quvchilarda qiziqish uyg’otish, ularni o’zi bilan yetaklash faqat yuksak irodali insonning qo’lidan keladi. Auditoriya, o’quvchilar jamoasi kabi murakkab organizmlarga pedagogik rahbarlik qilishi sinf rahbaridan topqir, zehni o’tkir, har qanday vaziyatni mustaqil yechishga doim tayyor bo’lishligini talab qiladi. Unga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri – sabr-toqat va dadillikdir. O’qituvchining birdan sarosimaga tushgani, o’z nochorligini o’quvchilar sezmasligi lozim. SHuni hamisha esda tutish kerakki, sinf rahbari o’z harakati va axloqini nazorat qilish, hech qachon arzimagan narsalarga asabiylashmasligi kerak.
Muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning birinchi sharti - bu sinf rahbarining talabchanligi. Dastlab talabni u o’ziga qo’yishi kerak, chunki o’zingda bo’lmaganni o’zgadan talab qila olmaysan. Talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo’lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda yuz berib turadigan keskinliklarni bartaraf etish uchun tarbiyachiga hazil-mutoyiba tuyg’usi yordam beradi. Uning ko’lamida tayyor hazil, maqol, yaxshi, do’stona piching – ijobiy emotsional holat yaratishga imkon berib, o’quvchilarni o’ziga jalb qildiradi.
Shaxs axloqini harakterlaydigan belgilardan biri – ma’suliyatdir. Sinf rahbarining ma’suliyati - tarbiyachining faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bolaning shaxs sifatida har tomonlama kamol toptirish ma’suliyati yuklanadi. U o’quvchiga chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. SHu bilan birga u o’quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatni o’z vaqtida payqab, individual munosabatda bo’lishi, unda mavjud bo’lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o’stirishi darkor.
Sinf rahbari maktabdagi eng universal pedagogik hisoblanib u bajaradigan mehnatning o’lchovi, chegarasi yo’q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo’lmaydi. SHu bilan bir qatorda, u beg’araz, xolis va ta’masiz shaxs bo’lib, jamoachilik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va o’quvchilarni o’zaro bog’lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, o’zaro aloqalarning to’g’ri bo’lishiga ta’sir o’tkazishi va ayni vaqtda o’zining pozitsiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Bu esa donolikdir.
Shunday qilib, pedagogik odobga ega bo’lgan sinf rahbari o’quvchilar orasida obro’ qozonadi. Ustoz qanchalik obro’ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi va aksincha, tarbiyachining shaxni qanchalik past bo’lsa, uning ta’siri shuncha bo’sh va o’quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo’ladi. Yuqori aytib utilgan fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishda va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo’ladi. Sinf rahbari nihoyatda ma’suliyatli va murakkab vazifani bajaradi. U sinfdagi tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, o’quvchilarning murabbiysi, sinfni tashkil etadi hamda kamolot tashkilotchilari, o’qituvchilar, oila, keng jamoatchilik ahli bilan birga ish olib boradi.



Yüklə 50,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin