Darsning maqsadi: O’quvchilarga Inson degan sharafli nomga munosib bo'lish uchun qanday fazilatlarga ega bo'lish kerakligini,Alisher Navoiyning odamiylik haqidagi she'riy satrlarini yoddan aytib, ma'nosini tushuntirib bera olishi,Insoniyatning umumiy ildizlari haqida nimalarni bilishi,Dunyodagi xalqlar va millatlar bir-biridan qanday farq qilishini,Sahroda yakka daraxt yoki buta o'sishi umkinmi?Dunyodagi xalqlar va millatlar o'zaro aloqa qilmasdan rivojlana oladimi?Xalq va millat so'zlarining ma'nosini tushuntirib bera olasizmi?«O'zbek xalqi» va «O'zbekiston xalqi» degan tushunchalar haqida O'zbek xalqi milliy tarkibiga ko'ra qanday xalq ekanligini,O'zbekiston xalqining milliy tarkibi haqida,Xalqning xohish-irodasi deganda nimani tushunishinji,O'zbekiston xalqi haqidagi she'rlar va fikrlarni tushuntirish.
1Ta`limiy: Bolalarga Vatan tuyg’usi fani haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
2Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;