sinfdan tashqari o`qish darslarida A.Obidjon ijodini o`rganish kurs ishi
1.2 ADIBNING IJOD MAXSULLARI HAQIDA Anvar Obidjon asarlari umumtaʼlim maktablari darsliklaridan tashqari, pedagogika yoʻnalishidagi kasb-hunar kollejlarining “Bolalar adabiyoti” fani dasturidan ham oʻrin olgan boʻlib, bu bevosita boʻlgʻusi tarbiyachi va pedagoglarga ijodkor hayoti va ijodini mukammal oʻrganish barobarida, kelgusi faoliyatlarida bolalar qalbida kitobxonlik tuygʻularini kamol toptirishga xizmat qiladi. Pedagogika kollejlarida serqirra ijod sohibining bir qator asarlari: “Vatan”, “Handalak”, “Turp”, “Olmazorga hujum”, “Qahratonda”, “Bulbulning salomnomalari”, ”Hoʻtikning tarjimai holi”, “Kalishning Botinkaga yozgan xati”, “Bogʻchadagi sevgi” kabi asarlari berilgan.
Bola uchun oʻzi yashab turgan zamonadan yaxshiroq zamona boʻlmaganidek, oʻzi tugʻilib oʻsgan uyidek, u qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, dunyoda oʻzga bir koshona yoʻq. Maʼlumki har bir bola uchun oʻz onasi olamda yagona mehribon inson. Shuning uchun ham “maʻshuqasi” Oydinga uning onasidek “zoʻr qaynona”ni topib boʻlmaydi.
Anvar Obidjonning qahramonlari bizning atrofimizda, bolalik yashiringan qalbimizda yashayotgan sirli olamning shirin xotiralari, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Odatda, biz ijodkorni bolalar shoiri sifatida tanisak-da, bu asarlar har bir kitobxonni oʻziga jalb etadi. Bolalikning sirli olamiga, sayohatga yetaklab, zavqli onlarimizni esga soladi.
Shuning uchun boʻlsa kerak, umumtaʻlim maktablari dasturidan oʻrin olgan asarlarni bolalarga oʻrgatish jarayonida oʻqituvchining oʻzi ham olis bolalik onlariga sayohat qilib, undagi ajib goʻzallikdan oʻquvchilarini xabardor etish uchun xilma-xil usul va metodlarni ishga soladi.
Taʻlimiy oʻyinlardan foydalanadi. Rolli oʻyinlar, ifodali oʻqish, rollarga boʻlib oʻqish, mavzu yuzasidan suhbat, oʻquvchilar shunchaki emas, oʻylab javob qiladigan savollarni berish, asar qahramonlari haqida fikr-mulohazalar, asardan olgan taassurotlarini yozma shaklda ifoda etish, asardan hayotiy xulosalar chiqarishga oʻrgatish, oʻquvchilarning ogʻzaki nutqini oʻstirish mustaqil fikrlashini, dunyoqarashini kengaytirishga yordam beradi.
Anvar Obidjon asarlari sahnaviy, tomoshabinlik xarakteriga ega, ularni telefilm, badiiy film qilish, sahnada koʻrsatish mumkin. Ijodkorning “Oltin yurakli Avtobola” qissasi asosida “Tilsimoy – gʻaroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon” nomli bolalarga atalgan filmlar suratga olingan. “Oʻzbekiston askarlari” qoʻshigʻi milliy armiyaning birinchi saf qoʻshigʻiga aylangan. Anvar Obidjon sheʼrlariga oʻnlab qoʻshiqlar bastalangan. Oʻqituvchi bu maʼlumotlardan, audio-video vositalaridan dars jarayonida mavzuga moslab foydalansa, dars samaradorligining oshishiga erishadi. Anvar Obidjon asarlari yuzasidan sinfdan tashqari mashgʻulotlar tashkil etish, mustaqil mutolaa qilishga yoʻnaltirish, oʻqilgan asarlar yuzasidan suhbatlar uyushtirish orqali oʻquvchilarning oʻzidagi yaxshi fazilatlarni shakllantirishga, kamchilik va nuqsonlarni yengishga oʻrgatib boriladi.
Mashgʻulotlarni bunday metodlarda olib borish natijasida bolalar Anvar Obidjon ijodiga xos jozibani ilgʻab, quvnoq kulguga yoʻgʻrilgan asarlarini kuchliroq sevib qoladi. Oqibatda ular oʻzlari sezmagan holda ijodkorning yana boshqa asarlarini oʻqishga ishtiyoqmand boʻladilar, shu tariqa ularda kitobxonlik koʻnikmalari shakllana boradi. Oʻqituvchilar Anvar Obidjon asarlarini tahlil qilishda, oʻquvchilar ongiga singdirishda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish, asarning asil mohiyatini tushunishga yoʻnaltirish, oʻquvchilarning mustaqil fikrlashlariga, taʻlim va tarbiyani uzviylikda olib borish zarurligiga eʻtibor qaratilishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishlarida taʻkidlanganidek, yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish… badiiy, maʼrifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, asarlar orqali yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish” dolzarb boʻlib turgan paytda Anvar Obidjon singari isteʻdodli ijodkorlarning asarlarini taʻlim bosqichlarida oʻrgatish davr talabi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki, bunday ijodkorlarning asarlaridagi voqealar va qahramonlarni oʻquvchilar birpasda yoqtirib qoladilar. Tabiatan bolalarda kattalarga, oʻzlari oʻqigan asarlardagi ijobiy xarakterga ega boʻlgan qahramonlarga taqlid kuchli boʻladi. Garchi ular Anvar Obidjonning koʻpgina asarlaridagi qahramonlar hayvonlar, parrandalar boʻlsa ham, sheʼr yoki hikoyalarda bolalar oʻrnak oladigan fazilatlar mujassamlashganligi tufayli, masalan, “Odobli boʻlish osonmi? asaridagi sichqonchaga taqlid qilib kattalarga salom berishni oʻrganishadi. Shu tarzda qahramonlardagi insoniy xislatlar bevosta bolalarga koʻchib, ular tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi tayin. Koʻrinadiki, Anvar Obidjon asarlarini oʻrganish orqali oʻquvchilarda insoniy fazilatlar yanada mustahkamlanadi, yosh avlodning barkamol shaxs boʻlib kamol topishida muhim vosita boʻladi. Anvar Obidjonning “Oltin yurakli Avtomobil” qissasida inson manaviyati bilan bog’liq muammolarning ochib berilishi.7 O’tgan asrning 80-yillari oxirlarida mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ro’y bergan tub o’zgarishlar bolalar adabiyotiga ham ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. YOzuvchilarimizning diqqat e’tiboridan mutlaqo chetda qolib kelayotgan «o’zlikni anglash» mavzulari o’z aksini topa boshladi. Anvar Obidjonning «Oltin yurakli Avtobola», «Alamozon va uning piyodalari» va nihoyat «Meshpolvonning janglari» doston-qissasi anna shunday asarlar sirasiga kiradi.
Muallif «Oltin yurakli Avtobola» qissasida yaxshidik va yomonlik o’rtasidagi muttasil kurashni o’ziga xos yangi yo’nalishda tasvirlaydi. U yomonlikni shunchaki ko’rsatmaydi, balki uni keltirib chiqargan omillar qidiradi va ularga chuqurroq nazar tashlashga intiladi. SHu maqsadda qissa davomida bir necha marta o’tgan voqealarga murojaat etish usulidan foydalaniladi va qissaning markaziy qahramonlari Bekxo’ja va Kamolning bolalik yillariga nazar tashlaydi. Muallifning mahorati shundaki, u o’tmishda bo’lib o’tgan kichik-kichik voqelarni eslash orqali o’quvchida har ikki bolaning tabiati, o’sha davrdagi maktab tizimi haqida bir qadar kengroq tasavvur paydo qiladi.
Maktabda har ikki bola birday a’lochi bo’lib o’qiydi. Ammo fuqaroning ijtimoiy kelib chiqishlari har xil. Kamol – oddiy fuqaroning o’g’li, Bekxo’ja – paxtachi boyning (boy Bekxo’ja 6 oylik paytida chet elga qochib ketgan) bolasi. Ma’lumki bolalarning ma’naviy shakllanishida kattalarning alohida o’rni bor. Agar kattalar ijtimoiy kelib chiqish haqidagi masalaga siyosiy urg’uberishmasa, kimlargadir sinfiy dushmanlik ko’zi bilan qarashmasa, bola buni qaerdan biladi?
Bolalik yillari voqealar tasvirida muallifning Bekxo’jaga nisbatan iliq mehrini payqash mumkin. U ayniqsa, Bekxo’janing tarixni sevishi, ajdodlarimiz qahramonlaridan faxrlanishi, ularni qadrlash kabi xususiyatlarini ma’qullaydi. Bekxo’ja tarix darsini o’qimagan, uni tushunmagan tengdoshlaridan g’azablanadi. Xususan, Muqannani Tarobiy bilan almashtirgan Kamolni jiddiy tanqid qiladi va uni «kallavaram» deydi. Bunday haqoratga o’zini noloyiq deb bilgan Kamol esa uning eng nozik joyini chimchilab o’tadi: «Og’zingni yumib o’tir, sarqit!».
Muallif bu voqeani bekorga eslamaydi. U bolaning nozik qalbi bunday haqorat, kamsitish va doshnomlardan alamli chandiqlarga to’lib ketganligini, natijada u nihoyatda alamzada bo’lib o’sganligini tasdiqlash uchun keltiradi. Muallif asar tagmatida bolani shaxs sifatida sindirishga xizmat qiluvchi bunday shafqatsizliklar haqida o’ylab ko’rishga, mushohada qilishga undaydi.