Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari



Yüklə 25,88 Kb.
səhifə2/3
tarix25.03.2023
ölçüsü25,88 Kb.
#89860
1   2   3
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari.

Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarning mazmuni juda ham xilma-xildir. Bunga eng avvalo o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va Kengaytirish, bilimlaridan amaliy va mustaqil ravishda foydalana bilishga o`rgatish, o`quvchilarni ijtimoiy foydali Mehnatga tayyorlab borish va shu bilan birga, ularga ijtimoiy-siyosiy tarbiya berish maqsadiga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish kiradi. So`ngra o`quvchilarga badiiy tarbiya berish, ularning turli qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish, o`quvchilarning sog`lig`ini mustahkamlash, jismoniy kuch-quvvatlarini rivojlantirish ishlari va nihoyat o`quvchilarning madaniy dam olishlarini uyushtirish bilan bog`liq bo`lgan mashg`ulotlar kiradi.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar har tomonlama kamol topgan inson tarbiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda hamda o`quvchilarning tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib boriladi.
Bundan tashqari o`quvchilarning yoshi, ularning qiziqish-havaslari ishning u yoki bu turiga tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Buni ayniqsa ishning mazmuni va usulini belgilashda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarning kuchiga yarasha va ular uchun qiziqarli bo`lishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilar tashkilotlari hamda ota-onalarjamoasiyordamiga suyangan holda olib boriladi.
Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagilar: to`garak ishlari, ommaviy tadbirlar va o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir.
Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi;

  • Fan to’garaklari;

  • Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar;

  • Sport to’garaklari;

  • San’at yo’nalishidagi to’garaklar.

Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek, o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak» tashkilotlari, ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish kerak.


O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur.
Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qo`yishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab qiladi.
Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir.Sinfdan tashqari ishlar shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak.
Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan «o’zbek modeli» da juda to’g’ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo’lsa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir.


Yüklə 25,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin