Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning yo’nalishlari



Yüklə 22,27 Kb.
səhifə2/3
tarix03.04.2022
ölçüsü22,27 Kb.
#54637
1   2   3
amaliy

Asosiy qism

Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarning mazmuni juda ham xilma-xildir. Bunga eng avvalo o`quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish va Kengaytirish, bilimlaridan amaliy va mustaqil ravishda foydalana bilishga o`rgatish, o`quvchilarni ijtimoiy foydali Mehnatga tayyorlab borish va shu bilan birga, ularga ijtimoiy-siyosiy tarbiya berish maqsadiga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish kiradi. So`ngra o`quvchilarga badiiy tarbiya berish, ularning turli qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish, o`quvchilarning sog`lig`ini mustahkamlash, jismoniy kuch-quvvatlarini rivojlantirish ishlari va nihoyat o`quvchilarning madaniy dam olishlarini uyushtirish bilan bog`liq bo`lgan mashg`ulotlar kiradi.

Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar har tomonlama kamol topgan inson tarbiyasining maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda hamda o`quvchilarning tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib boriladi.

Bundan tashqari o`quvchilarning yoshi, ularning qiziqish-havaslari ishning u yoki bu turiga tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Buni ayniqsa ishning mazmuni va usulini belgilashda hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarning kuchiga yarasha va ular uchun qiziqarli bo`lishi kerak.

Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilar tashkilotlari hamda ota-onalarjamoasiyordamiga suyangan holda olib boriladi.

Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagilar: to`garak ishlari, ommaviy tadbirlar va o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir.

Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi;

  • Fan to’garaklari;


  • Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar;


  • Sport to’garaklari;


  • San’at yo’nalishidagi to’garaklar.


Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy mudirlar, shuningdek, o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak» tashkilotlari, ota-onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish kerak.

O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni o`qituvchilar jon dillari bilan sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari zarur.

Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq yo`lga qo`yishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab qiladi.

Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining oliy burchidir.Sinfdan tashqari ishlar shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak.

1.Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan «o’zbek modeli» da juda to’g’ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo’lsa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Ta’lim tizimiga ilmiy rahbarlik asoslarini ishlab chiqish pedagogika uchun asosiy yo’nalishdir. Barkamol avlodni o’qitish va tarbiyalash tajribalarini o’rganish, umumlashtirish, bu jarayonning konuniyatlarini ochib berish, pedagogika nazariyasining asosiy masalalarini ta’lim amaliyotiga va fan yutuqlarini nazarda tutgan holda, I.A. Karimov asarlari asosida ijodiy hal qilish pedagogikaning burchidir. I.A. Karimov o’z asarlarida kelajagi buyuk O’zbekiston Respublikasining organlarini tashkil etish va boshqarish va ularning rahbarlik faoliyatiga doir muhim printsiplarini har taraflama mufassal ishlab chiqdi. Ilmiy va pedagogikaviy amaliyoti bilan bog’lanish tamoyili. Bu tamoyil xalq ta’limi organlari va maktabning hamma ishini O’zbekiston Respublikasi davlatining ko’rsatmasi, fan va texnika yutuqlari hamda ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshirishni talab etdi. CHunki idora qilish uchun ishni bilish kerak. Hamma narsadan xabardor bo’lmasdan turib, to’la to’kis bilimga ega bo’lmasdan turib, idora qilish ilmini bilmasdan turib boshqarish mumkin emas. Xalq ta’limi ishlarini maktab ishini kasb-hunar kollejlari ishini va unga rahbarlik qilishda qo’zg’algan maqsadlarga erishish uchun milliy mafkura, milliy goya, pedagogika tarixi, psixologiya, xususiy metodika, mantiq, etika-estetika kabi fanlar erishgan yutuqlarini muntazam o’rganib borish, tahlil qilish hamda bu muvaffaqiyatlarni keng qo’llanishi zarur.

Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo’nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichda o’quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim.

Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishi kerak.

Maktabda bashlang’ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish uni yo’lga qo’yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi tarbiyaviy ishning asosiy yo’nalishlari: o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o’quvchilarda ahloq madaniyatini, ularning o’z xuquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash; o’quvchilarda o’z-o’zini boshqarish malakalarini shakllantirishdir.

Boshlang’ich jamoa ishi shunday quriladiki, undan sinfning boshqa jamolari bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umum maktab an’analari saqlanadi. Boshlang’ich jamoa o’qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o’quvchilar o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.

XULOSA

O’quv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo munosabatlar va muomala ko’lamining kengayishi o’ziga xos topologik aqliy, axloqiy, irodaviy, hissiy xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish, o’z-o’zini anglashini jadallashtiradi. o’spirin o’quvchilarining o’z-o’zini anglashga aloqador o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular dastavval o’zlarining kuchli va zaif jixatlarini, yutuq va kamchiliklarini aniqrok baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar.

O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq yana bir xususiyati - bu, murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissini anglash, o’z qadr-qimmatani e’zozlashi, sezish va fahmlashga ko’proq moyilligidir. O’spirin o’quvchida o’zini anglashi negizida o’zini tarbiyalash istagi tug’iladi. Natijada unda o’z-o’zini tarbiyalash vositalarini saralash, ularni kundalik turmushga tadbiq qilib ko’rish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin, o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni o’spirin ruhiyatidagi mavjud nuqsonlarga barham berish. ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga yetgan kishilarga xos ko’pqirrali umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quvchilar o’zida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, o’quv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning yana bir fazilatlari va xislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o’z-o’zini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy-ruxiy qiyofalash shakllantirishga intiladilar. O’spirin o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni. O’quv muassasa, jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining ta’siri doirasida bo’lmog’i shart. Toki o’z-o’zini tarbiyalashning, takomillashtirishi jamoada munosib o’rin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mehnatga jalb etish ishiga xizmat qilsin. O’z-o’zini tarbiyalash to’g’ri, izga solib yuborish uchun uyg’un birlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora-tadbirlar majmuasi tarzida ta’sir jamoa majburiyati, o’zaro yordam va nazorat qilish, o’zaro va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 22,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin