Beruniy tumani 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Matyakubova Shaxistaning ona tili fanidan 5-“B”sinfida o‘tadigan bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
2022-2023-o‘quv yili
Sinf:
Dars o‘tiladigan sana:
O‘quv fanining nomi:Ona tili
Mavzu nomi: Gap bo‘laklari
Darsning maqsadlari: a) ta’limiy maqsad: “Gap bo‘laklari” mavzusi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga gap bo‘laklari haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, gap bo‘laklariga nisbatan bilim, ko‘nikmalarini boyitish.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: 1. O‘zbek adabiy tilida gap bo‘laklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
2. Gap bo‘laklari tarkibiga ko‘ra bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga bo‘linishini bilib oladilar.
3. Gap bo‘laklarining tilimizdagi o‘rni haqida ma’lumot oladilar.
4. Turli xil amaliy-nazariy topshiriqlar, mashqlar asosida gap bo‘laklarining qo‘llanilish holatlarini amalda ko‘radilar.
Dars tipi: aralashgan dars.