Makroiqtisodiyot fanidan 138-20 guruh talabasi Egamnazarov Nodirbekning tayyorlagan mustaqil ishi
Singapur haqida ma'lumotlar
Singapurning iqtisodiy o‘sishi eng qiziqarli fakt hisoblanib, u aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi 100000 dollarga yaqin va dunyoda 5-o‘rinda turadi. Bu o‘z-o‘zidan aql bovar qilmaydigan ma’lumot hisoblanadi, chunki bu mamlakat 1965-yilgacha mavjud bo‘lmagan.
Bundan tashqari Singapur yaxshi haq to‘laydigan davlat hisoblanib aholining yillik daromadi 1,7 million dollardan oshadi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda Shveysariya va AQShdan keyin 3-o‘rinda turadi. Shuningdek ushbu davlat korrupsiyasiz zona sifatida ham mashhur.
Singapur nisbatan tinch davlat hisoblanadi, chunki Britaniya hukumati ta’kidlaganidek, bu yerda jinoyatlar deyarli sodir etilmaydi va zo‘ravonliklar ham kam uchraydi.
Buning dalili sifatida BMTning Jinoyat va Giyohvand moddalar bo‘yicha Boshqarmasi 2017 yilda Yaponiya bilan birgalikda dunyoda jinoyatchilik darajasi eng past bo‘lgan mamlakat sifatida Singapurni ro‘yxatga oldi.
1. Singapur ham Shahar ham alohida bir davlat hisoblanadi.
1. Singapur ham Shahar ham alohida bir davlat hisoblanadi.
2. Singapur shahrining amzi orxideya guli hisoblanadi.
3. Singapur tarkibiga 65 tadan ziyod kichik orolchalar mavjud.
4. Singapur aholisining umumiy soni 4,5 million kishini tashkil etadi.
5. Singapurda milliy til malayya tili hisoblanib, ammo birvarakayiga malayya, ingliz, xitoy va tamil tili rasmiy til maqomiga ega.
6. Singapur Monakodan keyin aholisining zichligi bo‘yicha 2-o‘rinni egallaydi.
7. Singapurda yil boyi issiq va nam havo hukum suradi.
8. Singapur porti bir vaqtning o‘zida birdaniga mingtagacha kemalarni sig‘dira oladi.
9. Singapurda dunyo bo‘yicha jinoyatchilik darajasi juda past ko‘rsatgichni tashkil qiladi.
10. Singapurda hech qanday tabiiy resurslar mavjud emas.
11. Singapurni hazillashib ba’zida “jarimalar mamlakati” ham deb atashadi. Haqiqatan ham bu yerda jarima juda ko‘p, ammo ularning miqdori juda katta emas.
11. Singapurni hazillashib ba’zida “jarimalar mamlakati” ham deb atashadi. Haqiqatan ham bu yerda jarima juda ko‘p, ammo ularning miqdori juda katta emas.
12. Singapur ko‘chalarida juda kam politsiyachilarni ko‘rish mumkin bo‘lsa-da, biroq deyarli shahar-mamlakatning har bir burchagida hoziru-nozir kameralar kuzatib turadi.
13. Chuchuk suv Singapurga Malayziyadan import qilinadi.
14. Singapurda hamma narsaning narxi baland.
15. Singapurda hamma yoq juda toza va ozoda, xarob kulbalar va ifloslikni umuman uchratmaysiz.
16. Aynan Singapurda dunyoda yagona Formula-1 tungi poygasi o‘tkaziladi.
17. Singapurda avtomobilga egalik huquqi 60 ming singapur dollarini tashkil etadi va 10 yil muddatga beriladi.
18. Singapurliklar – jahondagi eng sog‘lom kishilar hisoblanadi.
19. Singapurning 3 foizga yaqin aholisi – dollar millionerlari.
19. Singapurning 3 foizga yaqin aholisi – dollar millionerlari.
20. Singapurda firmani o‘n minut ichida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
21. Singapurda ommaviy axborot vositalari hukumatning nazorati ostidadir.
22. Bu mamlakatda erkaklarga kalta shim (shorti) kiyib yurish taqiqlanadi.
23. Sovutgichlar nafaqat binolarda balki ayrim ko‘chalarda ham mavjud.
24. Har bir avtomobil salonida sirenalarni ko‘rish mumkin, mashina agar soatiga 80 kilometrdan yuqori harakatlangan taqdirda avtomatik tarzda o‘chib qoladi.
25. Singapurda saylovda ovoz berish yashirin tarzda emas.
QO”SHIMCHA. Yana bir qiziq narsa shuki, Singapurda saqich chaynash 1992-yildan beri taqiqlangan. Ammo saqich chaynash jinoyat emas, balki uni import qilish jinoyatdir. Chet eldan saqich olib kelishingiz sizni saqich kontrabandasiga aylantirishi mumkin. Bu uchun jarimalar juda katta bo‘lib, 100000 AQSh dollarigacha jarima va 2 yillik qamoq jazosi bilan jazolanadi.