Sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish



Yüklə 31 Kb.
tarix15.01.2020
ölçüsü31 Kb.
#30172
Sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish

"Sinov laboratoriyasini akkreditatsiya qilish" – sinov laboratoriyasining (markazining) muayyan mahsulot sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshirishga doir va holatlarining rasmiy e'tirofi.

Sertifikatlashtirish:

-odamlarning hayoti, sog`ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo`lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;

-mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta'minlash;

-mamlakat korxonalari, qo`shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;

-iste'molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;

-mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta'kidlagan sifat ko`rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.

Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo`ladi.

Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo`ladi.

Sertifikatlashtirilishi shart bo`lgan mahsulotlarning ro`yxatini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.

Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, nazorat yo`sinidagi tekshiruvni va sertifikatlangan mahsulot ustidan nazoratni o`z ichiga oladi.

Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar bo`lmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab chiqqan usullarda amalga oshiriladi.

Arizachi o`z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o`tkazishga sarflagan mablag`lar summasi shu mahsulot tannarxiga qo`shiladi.

Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo`lgan, ammo muvofiqlik sertifikatiga ega bo`lmagan mahsulotni targ`ib qilish man etiladi.

Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo`lgan mahsulotlar quyidagi hollarda:

-sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan bo`lsa;

-sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan o`tmagan bo`lsa;

-agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi to`xtatib qo`yilgan (bekor qilingan) bo`lsa, O`zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas.

Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjati bo`lmagan taqdirda bojxona nazorati organlari bu xususda "O`zstandart" agentligini xabardor etadilar hamda mahsulotni sertifikatlashtirishdan o`tkazish yoki chet el sertifikatini e'tirof etish to`g`risidagi masala sertifikatlashtirish milliy tizimi qoidalariga muvofiq hal etilgunga qadar bu mahsulotni chetdan olib kirishni ta’qiqlab qo`yadilar.

Sertifikatlashtirish organi:

-muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun;

-arizachiga nisbatan qonunga xilof hatti-harakatlar qilganlik uchun;

-arizachining tijorat siri hisoblangan ma'lumotlarni oshkor etganlik uchun javobgar bo`ladi.

Sertifiklashtirish turli shakllarda bo`lib, uni tayyorlash va o`tkazish uchun ayrim vazifalarni bajralish tartibi o`z navbatida mahsulot turiga, qonunlar majmuining milliy xususiyatlariga va boshqa qator omillarga bog`liq bo`ladi.

Sertifikatlashtirishni tayyorlash va uni o`tkazishda asosiy ishlar qatoriga:

-sertifikatlashtiriluvchi mahsulotni tanlash;

-mahsulotga sertifikatlashtirishda belgilanadigan talablarni, tavsiflarni tanlash;

-sertifikatlashtiriluvchi mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini tekshirish;

-sinov laboratoriyalarini akkreditlash;

-setrifikatlashtirish sinovlarini o`tkazish;

-muvofiqlik sertifikatini berish va muvofiqlik belgisi bilan mahsulotni belgilash (tamg`alash)lar kiradi.

Tabiiyki, "Sertifikatlashtirish uchun nimalar kerak" degan o`rinli savol tug`ilishi mumkin. Sertifikatlashtirish milliy tizimining me'yoriy hujjatlarida sertifikatlashtirishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish tartiblari aniqlangan bo`lib, ular quyidagi bosqichlardan iborat:

- sertifikatlashtirish o`tkazishga talabnoma berish;

- deklaratsiya – talabnoma bo`yicha qaror qabul qilish;

- namunalarni belgilash, ajratib olish va sinovlarni o`tkazish;

- korxona yoki sifat tizimini sertifikatlashtirish (agar qabul qilingan sertifikatlashtirish tartibida ko`rsatilgan bo`lsa yoki so`rovchining xohishiga ko`ra);

- olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish lozimligi haqida qaror qabul qilish;

- muvofiqlik sertifikatini berish va sertifikatlashtirilgan mahsulotni Tizimlar Davlat Ro`yxatiga kiritish;

- chet el yoki xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish;

- sertifikatlashtirilgan mahsulotning tavsiflarini turg`unligi uchun tekshiruv nazoratini amalga oshirish;



- sertifikatlashtirish natijalari haqida ma'lumot;

- shikoyatlarni ko`rish (agar da’volashuv masalalari chiqadigan bo`lsa).
Yüklə 31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin