Sinusoidal tok elektr zanjirlari Bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari



Yüklə 298,48 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü298,48 Kb.
#39972
1-мавзу



 

 

 

 

Ma’ruza-1 

Nazariy elektrotexnika faniga kirish. 

 



Hozirgi zamon elektroenergetikasi - mamlakatning 

yetakchi sohasidir. U ilmiy-texnik taraqqiyotda har qanday 

soha ishlab-chiqarishini jadallashtirishda hal qiluvchi rolni 

o'ynaydi. 

Inson o'z faoliyatining barcha sohalarida elektr 

energiyadan foydalanadi. Elektr energiya boshqa energiya 

turlaridan quyidagi ajoyib xossalari bilan ajralib turadi: 

a) boshqa   (mexanik, kimyoviy, issiqlik, yorug'lik, atom) 

energiya turlaridan olinishi nihoyatda sodda; 

b) uzoq masofaga yuqori foydali ish koeffitsiyenti (FIK) 

bilan uzatish va yuklamalarga oson taqsimlash mumkin; 

v) boshqa turdagi energiyaga oson aylantirish mumkin; 

g) turli quvvatga ega yuklamalarni bitta manbaga ulash 

mumkin; 


d) turli fizik tabiatli parametrlarni tok va kuchlanishga 

o'zgartirish sodda; 

e) signallarni uzoq masofalarga bir onda uzatish mumkin 

(telefon, telegrafiya, radioaloqa 




Elektrotexnikaning yuzaga kelishi o'zgarmas tok manbaining 

yaratilishi va  elektr va magnetizm sohasidagi kashfiyotlar 

bilan bog'liq. 

Qadim o'tmishda  dastlab yunonlar kichik Osiyoning Magneziya 

tog' rudalarining parchalari temir jismlarni tortish xususiyatini 

payqadilar va bu hodisani magnetizm deb atadilar. 

Miletlik Fales eramizdan avvalgi VIII-VII asrlardanoq qahrabo 

ishqalanish natijasida elektrlanishi va unda elektr maydon 

paydo bo'lishini ta'kidlagan. Elektr va magnit hodisalar qadim 

dunyodan ma'lum, lekin bu hodisalar to'g'risidagi fan 1600 

yilda ingliz fizigi U. Gilbert elektr va magnit hodisalar 

to'g'risida tadqiqotlarini e'lon qilgandan keyin boshlandi. 

Elektr to'g'risidagi fanni rivojlanish bosqichida elektr 

hodisalarning tabiatini o'rganishga bag'ishlangan M.V. 

Lomonosov, G.V. Rixman, B. Franklino, Sh. Kulonlarning 

amaliy tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. 





Elektr va magnit hodisalarni o'zaro bog'langanligini rus olimi F. 

Epinus 1758 yilda o'z ma'ruzasida aytib o'tgan. 

1785 yilda fransuz olimi Sh.Kulon o'z nomi bilan atalgan 

qonunni kashf etdi. U elektr maydoni kuchlanganligi 

tushunchasini kiritdi. Elektr zanjir tushunchasi 1794 yilda A. 

Volta tomonidan kiritilgan. Volt ustuni esa 1800 yilda 

yaratilgan. Rus akademigi V.V. Petrov 1802 yilda elektroximiya 

bo'yicha birinchi tadqiqotlarini o'tkazgan va u 

elektroximiyaning asoschisi hisoblanadi. 

Magnit strelkaga tokning ta'siri X. Ersted tomonidan 1819 

yilda, toklarning o'zaro ta'siri esa A. Amper tomonidan 1820 

yilda o'rganilgan. Amper birinchi bo'lib elektr toki, tok kuchi, 

elektr kuchlanish atamalarini kiritgan. Magnit maydonining 

dastlabki tadqiqotlari J.B. Bio va M. Savar tomonidan 

o'tkazilgan va Laplas tomonidan matematik ravishda 

umumlashtirilgan (Bio - Savar - Laplas qonuni). 




Elektromagnit o'lchash birligi absolyut tizimini nemis 

olimlari K.F. Gauss va T. Veber 1831-1833 yillari 

yaratdilar. 

Tokning issiqlik ta'siri - Joul-Lens qonunini ingliz 

fizigi D. Joul 1841 yili va rus akademigi E. Lens 1842 

yilda ta'riflab berishgan. 1844 yil E. Lens 

elektromagnit inersiya qonunini bayon qilgan. Nemis 

olimi G. Kirxgof 1845 yilda elektr zanjirlarga oid 

ikkita muhim qonunga ta'rif bergan. 

Vektor potensiali, induktivlik va o'zaro induktivlikni 

birinchi bor 1845 yil nemis olimi F. Neyman 

ifodalagan. Buyuk ingliz olimi D. Maksvell 1873 yili 

siljish toklari tushunchasini kiritdi, hamda hozirda 

uni nomi bilan ataladigan o'zgaruvchan 

elektromagnit maydon tenglamalarini tuzdi. Bundan 

faqat 25 yildan keyingina elektromagnit maydon 

mustaqil tarzdagi materiya deb isbot etildi. 



Cho'g'lanish lampasi 1875 yil A. Lodigin tomonidan kashf etilgan. 

 1884 yil ingliz olimi D. Poyting elektromagnit maydon  

energiyasini uzatishni nazariy jihatdan tadqiq etgan. 

1889-91  yillarda  rus  injeneri  M.O.  Dolivo-Dobrovolskiy  elektr 

energiyaning  uch  fazali  tizimi  qism(generator,  transformator,  motor) 

larini ishlab- 

 chiqqan  va  kuchlanishi  15  kV,  quvvati  150  kVA  bo'lgan  elektr 

energiyani 175 km masofaga uzatishni amalga oshirgan. 

1872  yilda  rus  olimi  A.  Stoletov  fotoeffekt  hodisasini  kashf  etgan. 

Dunyoda birinchi bo'lib A. Popov radio aloqani amalga oshirgan. 

1887-88  yillarda  nemis  olimi  G.  Gers  elektromagnit  to'lqinlarni 

mavjudligini eksprimental ravishda isbot etdi. 

Relyativistik  elektrodinamikaning  rivojlanishi  1905-1908  yillarda  G. 

Lorens va G. Minkovskilarning izlanishlari  bilan bog'liq. 

O'ta  o'tkazuvchanlik  hodisasi  nemis  olimi  G.  Kamerling  Onessom 

tomonidan 1911 yilda kashf etilgan. 



Yüklə 298,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin