Sirdaryo tumani 6-umumiy o’rta ta’lim maktabi tomonidan
Guliston davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo yo’nalishi amaliyotchi talabasi
____________ ga berilgan
TAVSIFNOMA
Amaliyotchi talaba _______ 2022 yil 5 sentyabr kuni Sirdaryo tumani 6-umumiy o’rta ta’lim maktabiga pedagogik amaliyotni o’tash uchun kelib, dars beruvchi amaliyotchi sifatida o’z faoliyatini boshladi. U amaliyotning dastlabki kunlaridan boshlab, maktabning ish faoliyati va tartib-intizom qoidalari bilan yaqindan tanishdi. Amaliyot davrida o’zining yaxshi xulqi, odobi va pedagogik mahorati bilan boshqa amaliyotchilardan ajralib turdi.
Pedagogik amaliyot davrida o’zining tashkilotchilik qobiliyatini namoyon eta oldi. Amaliyot 2023 yil 10 aprelga qadar davom etib, shu davr mobaynida amaliyotchi o’zining olgan nazariy bilimlarini asoslab, amaliyotda qo’llay oldi. Hujjatlarini tartib asosida yuritganligi va o’z oldiga qo’ygan maqsadiga tirishqoqlik bilan harakat qilishini kuzatdik. Tashkilotchilik qobiliyati, bilim saviyasi va dunyoqarashi yuqoriligi o’tkazgan sinov darslari va tadbirlarida namoyon bo’ldi. ____________ o’ziga biriktirilgan 8a-sinf rahbari Radjabova Muhayyo bilan hamkorlikda samarali ishlay oldi, jamoat ishlarida faol qatnashdi.
_____________ 12 oktabr kuni 8a-sinf bilan “Davriy qonun va D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali” mavzusida ochiq sinov darsini o’tkazdi. Mazkur darsda amaliyotchi zamonaviy pedagogic va axborot texnologiyalaridan foydalandi. Taqdimot va tarqatma materiallar asosida o’quvchilarning fanga qiziqishini yanada orttirdi. O’zining pedagogik qirralarini namoyon qildi.
Amaliyotchi 2022 yil 18 oktabrda 8a-sinf bilan “O’zbekiston Respublikasi ramzlari” mavzusida o’tkazgan ochiq tarbiyaviy sinov darsini o’tkazib, o’zining serqirra talaba ekanligini yana bir bor isbotladi. Mazkur darsga amaliyotchi noan’anaviy yondashib, o’qitishning “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Zinama-zina” kabi interfaol usullaridan hamda ko’rgazmali materiallardan to’liq foydalana oldi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki, amaliyotchi talaba _________boshqa talabalardan har tomonlama ajiralib turdi, Sirdaryo tumani 6-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazgan pedagogik amaliyotini “yaxshi” baho bilan baholandi. Uning kelajakda yuksak malakali mutaxassis bo’lib yetishishiga ishonch bildiramiz.
Maktab direktori: Ashirov M K
O’IBDO‘ Ashurov A R
Sinf rahbari: Radjabova M A
Fan o’qituvchisi: Radjabova M A
Amaliyotchi: Turlibekov O A
Metodist: Toshboyeva Sh K
Dostları ilə paylaş: |