Sirli zafaron o'simligi va uning dorivor xususiyatlari ho’sinova Gulasal



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix09.06.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#127671
1   2   3   4
sirli-zafaron-osimligi-va-uning-dorivor-xususiyatlari

TADQIQOT NATIJALARI 
Za’faron tarkibida krotsin karatinoid krosetinning digentibiyoz efiri borligi sababli uni 
xushbo’yligi ta’rifiga til ojiz. Shu sababdan zotiljam kasalligida bemorga za’faron hidlatish 
samarali hisoblanadi. Za’faron hidlagan bemor tinchlanadi va osuda uyquga ketadi. Za’faron 
yog’i yordamida nafas yo’llarini tozalash va ravonlashtirish, nafas olish sistemasi a’zolarini ish 
faoliyatini kuchaytirishga erishish mumkin.
Za’faronning xushbo’yligini ta’minlovchi yana bir muhim modda 2-gidroksi-4,4,6-
trimetil-2,5-siklogeksadien-1-on bo’lib, bu modda yordamida za’faron quritilganda pichanga 
o’xshash hid beradi. Natijada za’farondan o’ziga xos ta’m kelib chiqadi va uning vositasida 
yeguliklarga maza kiritadi. Za’farondan tayyorlangan ziravor ta’mi o’tkirligini achchiq 
glyukozid pikrokrotsin ta’minlaydi. a-krotsin karotenoid pigment va a-krosin yordamida 
qaynatilgan va dimlangan guruchga o’ziga xos ta’m bilan birgalikda yorqin rang ham hosil qilish 
mumkin.
Melanxoliya va ruhiy tushkunlik, qo’rquv holatlarini yengillashtirishda za’faron choyi 
tavsiya qilinadi. Za’faron antisplazmotik, diuretik va yallig’lanishlarga qarshi qo’llanilganda 
samarali foyda beradi. Quruq bronxit, qizamiq, ko’k yo’tal kabi surunkali kasalliklarni 
yengillashtirishda ham za’farondan bemalol foydalanish mumkin. Za’faron tarkibidagi 
antimutagen xususiyat saraton o’smalarini rivojlanishiga to’sqinlik qiladi va bir me’yorda ushlab 
turishga yordamlashadi. Ushbu xususiyatli birikma – kempferol za’faron gulbarglarida 
joylashgan. 
MUHOKAMA 
Za’faron tarkibidagi shafranal aromo-faol birikmalari inson kayfiyatini ko’taradi, xotirani 
yaxshilaydi, o’rganish ishtiyoqini oshiradi, miya hujayralarini oksidlovchi stressdan muhofaza 
qilib turadi. Qadimdan za’faron issiq sut bilan aralashtirilib ichilgan, bu o’z navbatida bosh miya 
to’qimalarining o’sishiga yordam beradi, xotirani kuchaytiradi va ko’rish qobiliyatiga ijobiy 
ta’sir ko’rsatadi. Za’faronni suvda qaynatib iliq holida oz-ozdan boshdan quyish uyquni 
maromiga keltiradi. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
205 
Za’faron tarkibida ketonlar va aldegidlar ustunlik qiladigan 28 ga yaqin uchuvchi va 
xushbo'y birikmalar bo’lib, uning ko’rish sistemasiga ham ijobiy ta’sirlari o’rganilgan. Yoshga 
bog’liq buzilishlarni oldini oladi, ko’rish sistemasidagi yo’qotilgan keskinlikni, shikastlangan 
fotoretseptorlar hujayralarini qayta tiklaydi. Ko’zga tushuvchi nazlalarni to’xtatadi va ko’zga 
tushgan pardaga qarshi foyda beradi. Keksalik yoshidagi insonlar doimiy za’farondan qabul 
qilishi esa kataraktani oldini olib turadi.
XULOSA 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ziravorlar sultoni va dorivor o’simliklar ko’rki 
bo’lgan za’faron crocus sativus asrlar davomida insonlarga turli hastaliklarda yordam berib 
kelgan. Ugungi kunga kelib prezidentimiz tasahbbusi bilan ushbu noyob o’simlik kata 
plantatsiyalarga ko’chirib o’tkazilmoqda va mamlakatimiz aholisi salomatligini tiklashda keng 
qo’llanilmoqda. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin