Sirliyev B. N., Beknazarov A. A., Arziqulov D. N. Psixologiya: Ma’ruzalar to‘plami



Yüklə 161,83 Kb.
səhifə2/4
tarix01.12.2022
ölçüsü161,83 Kb.
#71628
1   2   3   4
Umumiy psixologiya (shaxs)

PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI
1. Psixologiya fani haqida tushuncha.
2. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy prinsiplari, kategoriyalari va ilmiy tadqiqot usullari.
3. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
1. Psixologiya fani haqida tushuncha
Hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg‘un rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomillashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi bo‘lmish insonning o‘zini yanada kamol toptirish manfaatlari yosh avlodlarga ta’lim-tarbiya berishga, shuningdek huquqiy madaniyatga yangicha, yana ham keng ko‘lamda yondashishni talab qiladi. Shu maqsadda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalari va
dasturlari qayta ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan, umumiy psixologiya, bir tomondan, o‘ziga xos ravishda psixologiya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarni avvalo shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va jamiyatga munosabati haqida, uni tadqiq etish usullari, asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida tegishli bilimlardan xabardor etgan holda, ularni o‘z kasbiga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani zimmasiga oladi. Bu bilimlarni egallamasdan turib, tinglovchilarning o‘qishi va mehnat faoliyatiga, profilaktik ta’lim va tarbiya berish, unga rahbarlik qilishga layoqatli professional mutaxassisni muvaffaqiyatli tarzda voyaga yetkazib bo‘lmaydi.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining faoliyatida psixologiya yoki psixologik bilimlar doimo zarur bo‘lgan, chunki ular bevosita va bilvosita odamlar bilan ishlaydi.
Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak atrofdagi odamlarning psixik xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o‘z xatti-harakatlarida hisobga olishga majbur etib kelgan.
Dastlab bu xususiyatlarga jonning ta’siri deb izoh berilgan. «Jon» tushunchasining paydo bo‘lishi ibtidoiy odamlarning antimistik qarashlari bilan bog‘liqdir.
Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari rejalashtirish va ijroning, jismoniy mehnat va ishlab chiqarishning, ma’naviy kuchlarning tabaqalashuvi, sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi va kishining mavhumlashtirish qobiliyati rivojlana borishi munosabati bilan jonning oddiylikdan xoli tabiati haqida g‘oyalar paydo bo‘ldi. Shu bilan birga, avvalgi antimistik, afsonaviy tasavvurlar o‘rnini ruhni borliqning tabiatni falsafiy tushunish manzarasi nuqtai nazardan tushuntirishga urinishlar egallay boshladi.
Tabiatni falsafiy tushunuvchi allomalar – Fales (miloddan avvalgi VII–VI acrlar), Anaksimen (miloddan avvalgi V asr) va Geraklit (miloddan avvalgi VI–V asrlar) ruhni olamning ibtidosini tashkil etuvchi narsaning (suv, havo, olov) odamlar va hayvonlarga jon ato etuvchi shakli tarzida talqin qilishgan. Qadimgi yunon faylasuflarining bu g‘oyani izchillik bilan ilgari surishlari materializmning o‘ziga xos shakli – materiyaning jonliligi (gilozoizm) to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi.
Bunday materialistik g‘oyalarni Demokrit (miloddan avvalgi V–IV asrlar), Epikur (miloddan avvalgi IV–III asrlar) va Lukresiy (miloddan avvalgi I asr) kabi atomistlarning rivojlantira borishi oqibati o‘laroq, ruh tanaga jon bag‘ishlovchi moddiy jism, shuningdek moddiy asos hisoblanmish aql, ya’ni boshqacha qilib aytganda, hayotning butun jarayonini boshqarish vazifasini bajaruvchi idrok bilan idora etiladigan a’zo sifatida talqin etila boshladi. Ruh bilan aqlning o‘zi tananing a’zolari bo‘lgani uchun ularning o‘zi ham tana hisoblanadi va atomistlarning fikriga ko‘ra, sharsimon kichik va ancha harakatchan atomlardan tarkib topadi. Bu fikrning soddaligiga qaramay, unda jonli narsa tananing eng sodda funksiyalardan tortib to psixikaga xos xususiyat ekanligining tasdiqlanishi progressiv hol edi.
Shunday qilib, psixik faoliyatni ilmiy tushunish yo‘lidagi dastlabki yirik muvaffaqiyatlar uning tabiiy olam qonunlariga bo‘ysunishini isbot qilish va uning ko‘rinishlari organizmning anatomik-fiziologik tuzilishiga bog‘liqligini kashf etish bilan uzviy aloqadordir.
Shu bilan birga, o‘sha davr materializm namoyandalari ega bo‘lgan ma’lumotlar yordamida kishiga xos mavhum mantiqiy tafakkur qanday bo‘lishini, shaxsning ma’naviy fazilatlari qay tariqa tarkib topishini, kishining o‘z oldiga maqsad qo‘yishi va gavdani o‘z izmiga bo‘ysundira bilish qobiliyati qay yo‘sinda amalga oshirilishini va shu kabilarni tushuntirib berish qiyin edi.
Insonga xos xulq-atvorga oid ushbu alomatlarni atomlar harakati doirasidan tashqariga olib chiqish, «sharbatlar» aralashmasi yoki miyaning tashqi tuzilishi bilan tushuntirish mumkin emas edi. Bu esa quldorlik jamiyati manfaatlarini himoya qiladigan faylasuflarga psixika haqidagi idealistik qarashlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratib berdi. Bu faylasuflar orasida Aflotun (miloddan avvalgi 428 yoki 427–337 yillar) alohida ajralib turadi. U jonning qismlari to‘g‘risidagi tushunchani yaratdi hamda ulardan aql-idrok, jasorat va orzu-istakni alohida ajratib ko‘rsatdi. Aflotun ular tananing turli qismlari (bosh, ko‘krak, qorin bo‘shlig‘i)da joylashgan bo‘ladi, degan fikrni ilgari surdi. Faylasufning fikricha, jonning qismlari odamlarda bir xil
taqsimlangan bo‘lib, ulardan birining boshqalariga qaraganda ustun bo‘lishi individning u yoki bu ijtimoiy guruhga mansubligini belgilaydi.
Aflotun psixologiyada dualizmning, ya’ni moddiy va ruhiy olamni
tana bilan psixikani ikki mustaqil va antogonistik ibtidolar tarzida
tushuntiradigan ta’limotning asoschisidir. Aflotunning dualizmiga
qaraganda uning shogirdi Arastu (miloddan avvalgi 384–322 yil-
lar)ning ta’limoti ancha muvaffaqiyatli ravishda ilgarilab ketdi. U
psixologik fikrlarni tabiiy va ilmiy asosda qayta ko‘rib, uni biologiya
va tibbiyot bilan bog‘ladi. Arastuning «Jon to‘g‘risidagi» asari psixo-
logiyaning bu davrga kelib o‘ziga xos bilimlar sohasi sifatida ajralib
chiqqanligidan dalolat beradi.
Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo‘lib ruh va jonni
tananing ajralmas qismi ekanligi g‘oyasini ilgari surdi. Shu bilan
Arastu ilmiy psixologiya faniga asos soldi.
Sharq allomalaridan Ibn Sino, Forobiy, Beruniy, Navoiy o‘z asar-
larida psixika va shaxs psixologiyasi muammolari yuzasidan turlicha
yondashuvlar bilan chiqishdi.
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning mahsuli
bo‘lib, u obyektiv olamni subyektiv aks ettiradi.
7
Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr ong maxsus tarzda
tashkil topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organizmning psixik
faoliyati tananing ko‘p sonli maxsus a’zolari vositasida amalga
oshiriladi.
Organik dunyoning amyobalardan to odamga qadar uzoq davom
etgan evolutsiyasi davomida xulq-atvor va xatti-harakatlarning fiziolo-
gik mexanizmlari to‘xtovsiz murakkablashib, tabaqalanib va shular
tufayli organizm muhit o‘zgarishlariga tez reaksiya qila oladigan va
moslashuvchan bo‘la bordi.
I. M. Sechenov «Bosh miya reflekslari» (1863) asarida ongli va
ongsiz hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra refleks-
lardan iboratdir, degan xulosaga kelgan edi.
Psixik hodisa yaxlit reflektor harakatda yuz bergan va uning
mahsuli bo‘lgan holda, ayni paytda, hali yuzaga kelmagan natija
(ta’sir o‘tkazish, harakat qilish)dan darak beruvchi omil vazifasini
bajaradi.
Psixik jarayonlarning ahamiyati nimalardan iborat? Bu organiz-
mning signal yoki boshqaruv funksiyasi bo‘lib, u harakatni o‘zgaruv-
chan shart-sharoitlarga moslashtiradi va shu bilan foydali, moslashuv-
chan samaraga erishishini ta’minlaydi. Psixik jarayon miyaning
mohiyati, uning tegishli bo‘linmalari funksiyasi sifatida tashqi olam
haqidagi axborotning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta
ishlanishini ko‘rsatuvchi javob faoliyatining boshqaruvchisidir.
Shunday qilib, kishining bilimlari, tevarak atrof haqidagi ta-
savvurlari, ya’ni individual tajribaning butun boyliklari reflektor
harakatga kiradi. Psixik hodisalar tashqi (tevarak atrofdagi muhit) va
ichki (fiziologik tizim sifatidagi organizmning holati) ta’sirlarga
berilgan javobdir.
Psixik hodisalar faoliyatning hozir ta’sir etayotgan (sezgilar,
idrok) yoki qachonlardir, ya’ni o‘tmish tajribada (xotira yuz bergan
qo‘zg‘atuvchiga javob tarzida ro‘y beradigan, ana shu ta’sirni umum-
lashtiradigan, ularning natijalarini (tafakkur, xayol) oldindan ko‘ra
bilishga yordam beradigan, bir xil taassurotlar natijasida faoliyat (his-
tuyg‘u, iroda)ni kuchaytiradigan yoki susaytiradigan, umuman faol-
lashtirib yuboradigan va boshqa xildagi taassurotlar oqibatida uni
tormozlashtiradigan, odamlar xulq-atvori (temperament, xarakter va
boshqalar)dagi tafovutlarni aniqlaydigan doimiy boshqaruvchilardir.
8
I. M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik
jihatdan boshqarilishi g‘oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariya va
qoidalarni I. P. Pavlov (1849–1936) tajriba yo‘li bilan aniqlashtirdi va
tasdiqladi. U hayvonlarning, shuningdek odamlarning tashqi muhit bi-
lan o‘zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini
kashf etgan edi. I. P. Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami
qarashlari odatda ikki xil signal tizimi haqidagi ta’limot deyiladi.
Narsaning timsoli (ko‘rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu ka-
bilar hayvonlar uchun biron-bir shartsiz qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lib
xizmat qiladi. Bu ular xatti-harakatining shartli refleks tarzida o‘zgari-
shiga olib keladi.
Hayvonlar o‘z xatti-harakatlarida I. P. Pavlov birinchi signal tizi-
mining signallari («birinchi signallar») deb atagan signallarga amal
qiladi. Hayvonlarning butun psixik faoliyati birinchi signallar tizimi
darajasida yuz beradi. Odamda ham birinchi signal tizimining signal-
lari (aniq timsollar, tasavvurlar) uning xulq-atvorini boshqarish va
yo‘naltirishda juda muhim o‘rin tutadi.
Masalan, svetoforning qizil chirog‘i haydovchi uchun signal qo‘z-
g‘atuvchi bo‘lib, qator harakatlantiruvchi jarayonlarni hosil qiladi.
Natijada haydovchi tormozni bosib, mashinani to‘xtatadi. Yuqorida
ta’kidlanganlarning hammasi psixikani obyektiv olamning subyektiv
tarzi, voqelikning miyadagi aksi, deb hisoblash imkonini beradi.
Psixologiya psixikani o‘rganishning muayyan ilmiy vazifalariga,
o‘zining aniq tadqiqot mavzuiga egadir. Psixologiya ta’sir ko‘rsatuv-
chi obyektlari bo‘lgan subyektning ichki, psixik holatiga tashqi ta’sir-
lar natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar jarayoni qanday kechishini
o‘rganadi.
Psixika faolligi bilan ajralib turadi. Uning zarur jihati mayllar, eng
maqbul yechimni faol izlash, ehtimoli tutilgan xatti-harakatlar variant-
larini xayoldan o‘tkazishdan iboratdir. Psixik in’ikos aynan o‘zini aks
ettiradigan, sust narsa emas, balki u harakatlarning turli variantlarini
izlash, tanlash, solishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs faoliyatining
zarur jihati hisoblanadi.
Psixikaning mavjudligi izchil harakat dasturini tuzish, oldiniga
ichki rejada ish bajarish (masalan, xulq-atvorning ehtimoliy variantla-
rini tanlash) va shundan keyingina harakat qilish imkonini beradi.
9
Biologik evolutsiya jarayonida kishi psixikasi xulq-atvorni bosh-
qarishning alohida apparati sifatida paydo bo‘lib, sifat jihatdan o‘zga-
rib ketadi. Odamlar ijtimoiy hayot qonunlarining ta’siri ostida shaxslar
bo‘lib yetishadi, ularning har birida ularni voyaga yetkazgan tarixiy
sharoitning izlari saqlanib qolgan bo‘ladi. Aslini olganda, kishining
xulq-atvori, xatti-harakatlari ham shaxsiy xususiyat kasb etadi.
Ta’kidlanganlarning hammasi endilikda psixologiya faniga yuqo-
rida berilgan ta’rifni bir qadar aniqlashtirish imkonini beradi: psixo-
logiya voqelikning miyadagi obrazi sifatida sodir bo‘luvchi psixik
faktlar, qonuniyatlar va faoliyat mexanizmlari to‘g‘risidagi fandir.
Psixikaning odamga xos bo‘lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi.
Ong psixikaning oliy darajasi, uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli
bo‘lib, kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan (til yordamida)
doimiy muloqot qilish jarayonida shakllanishining ijtimoiy-tarixiy
shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi.
Ongning tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday?
Ongning tuzilishiga berilgan birinchi ta’rif uning nomidan kelib
chiqqan, ya’ni ong anglash deganidir. Ikkinchi ta’rif – «Men» va
«Men emas» degan tushunchalarni anglash. Uchinchi ta’rifi: odam-
ning maqsadni ko‘zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. To‘rtinchi ta’rifi:
uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir.
Ongning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha o‘ziga xos jihatlari
shakllanishi va namoyon bo‘lishining muqarrar sharti til hisoblanadi.
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik kishining o‘zini
tuta olmaydigan qilib qo‘yadigan ta’sirlar bilan bog‘liq psixik jarayon-
lar, harakatlar va holatlar yig‘indisidir. Ongsizlikda anglanishdan farq-
li o‘laroq, kishi o‘zi bajarayotgan harakatlarni maqsadga muvofiq
tarzda nazorat qila olmaydi, ularning natijasini baholay olishi ham
amri mahol.
Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu
paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko‘rish); sezilmaydigan,
lekin haqiqatan ham ta’sir ko‘rsatadigan qo‘zg‘atuvchilarga «subsen-
sor» va «subretseptiv» javob reaksiyalari; oldinlari ongli harakat
bo‘lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko‘ra
endilikda anglanilmaydigan bo‘lib qolgan harakatlar; faoliyatga un-
dovchi, ammo maqsad hissidan anglanilmaydigan ayrim mayllar va
hokazo.
10
Ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro‘y beradigan
ba’zi bir patologik hodisalarni – alahlash, yo‘q narsalarning ko‘zga
ko‘rinishi va shu kabilarni ham kiritish mumkin. Shularga asoslanib,
ongsizlikni ancha qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixik-
siga tenglashtirish noto‘g‘ri bo‘lar edi.
Ongsizlik – kishining xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik ko‘rinishi.
U kishi miyasida borliqning yetarli darajada bir xil bo‘lmagan, qisman
aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq
holda paydo bo‘lgan.
Xulosa qilib aytganda, psixik aks ettirish qanday paydo bo‘lgani,
rivojlangani, evolutsiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday
o‘zgarib borgani, kishi ongi qanday paydo bo‘lgani va shakllanganini
tushunib olgandan keyingina psixikaning eng muhim qonuniyatlarini
ochib berish va jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, psixologiya fani psixikaning paydo bo‘lishi, psixik
jarayonlarning taraqqiyot qonuniyatlari va inson bilan tashqi muhit
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi.
2. Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy prinsiplari,
kategoriyalari va ilmiy tadqiqot usullari
1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi syezdida K. N. Kornilov
(1879–1957) psixologiyani dialektika negizida tuzish masalasini ilgari
surdi. Psixologlarning psixologiyani dialektik materializm negizida tu-
zish uchun olib borgan kurashining natijasi hisoblangan g‘oyaviy-na-
zariy kurash jarayonida psixologiya predmeti va uning metodlari ha-
qidagi ilmiy tushunchalar tarkib topdi, psixologik tadqiqotlarning eng
muhim prinsiplari va asosiy muammolari aniqlab olindi, bilimning
turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi.
Psixologiya fanining taraqqiyotida buyuk o‘rin tutgan
B. G. Ananyev, P. P. Blonskiy, L. S. Vigotskiy, A. V. Zaporojes,
K. N. Kornilov, G. S. Kostyuk, A. N. Leontyev, A. R. Luriya,
S. A. Rubinshteyn, A. A. Smirnov, B. M. Teplov, D. N. Uznadze va
boshqa olimlar yetishib chiqdi.
Psixologiya fanining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
– determinizm prinsipi;
– ong va faoliyat birligi prinsipi;
11
– psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi prinsipi.
Determinizm prinsipi psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishi-
ni va turmush tarzi o‘zgarishiga qarab o‘zgarishini anglatadi. Agar
hayvonlar psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda bu psixika-
ning rivojlanishi biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash bilan belgi-
lanadi. Agar odamning psixikasi haqida gapiriladigan bo‘lsa, u holda
kishida ong shakllarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi pirovard na-
tijada tirikchilikning moddiy vositalarini ishlab chiqarish usullarini ri-
vojlantirish qonunlari bilan belgilanadi. Kishi ongining ijtimoiy-ta-
rixiy xususiyatga ega ekanligini tushuntirish kishi ongining ijtimoiy
borliqqa bog‘liqligi haqidagi umumiy materialistik prinsipdan kelib
chiqadigan eng muhim xulosadir.
Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan prinsipi
ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan o‘xshash ham
emas, ammo birlikni tashkil etishini bildiradi. Ong faoliyatning ichki
rejasini, uning dasturini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan mo-
deli aynan ongda hosil bo‘ladi, odam o‘zini qurshab turgan muhitda
uning yordamida mo‘ljal oladi.
Ong va faoliyatning birligi prinsipi psixologlarga xulq-atvorni,
faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadiga erishishning muvaf-
faqiyatini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, ya’ni
psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi. Psixika
va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi shuni anglatadiki, psixika
agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli sifatida qaraladigan
bo‘lsagina, u to‘g‘ri ta’riflangan bo‘ladi. Aynan shunday nuqtai nazar
P. P. Blonskiy, L. S. Vigotskiy, A. N. Leontyev, S. L. Rubinshteyn,
B. M. Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida ham o‘z aksini topgan.
Psixikaning taraqqiyotini dialektik-materialistik nuqtai nazardan
tushunish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’limga,
o‘yin faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ijtimoiy
tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan xos bo‘lgan
psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. S. L. Rubinshteyn
ong faoliyatda paydo bo‘lib, ana shu faoliyatda shakllanadi, deb
ta’kidlagan edi.
Psixologiyaning kategoriyalari quyidagilardan iborat:
– bilish jarayonlari;
– emotsional-irodaviy holatlar;
12
– individual-psixologik xususiyatlar.
Bilish jarayonlari – diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol.
Emotsional-irodaviy holatlar – kayfiyat, affekt, stress, frustra-
tsiya, chidamlilik, bardoshlilik, qat’iyatlilik.
Individual-psixologik xususiyatlar – temperament, xarakter,
qobiliyat, iste’dod, yo‘nalganlik.
Psixologik tadqiqot metodlari psixologiya amal qiladigan nazariy
prinsiplarga va psixologiya hal etayotgan aniq vazifalarga bog‘liq
ekanligini ko‘rsatib beradi. Psixologiyaning nazariy negizini dialektik
materializm tashkil etadi, shuning uchun ham psixologik tadqiqotga
prinsipial yondashuv dialektik metod talablaridan kelib chiqadi.
Dialektik metod predmeti uning barcha aloqalari va bevosita ifodalari
orqali o‘rganish, eng avvalo, hodisa va qonuniyatlarning muhim alo-
qalari va munosabatlarini aniqlashni, o‘rganilayotgan narsani rivojla-
nish jarayonida deb qarashni, ziddiyatlar hamda qarama-qarshiliklar
birligi va kurashining, miqdorni sifatga o‘zgarishining ochib berili-
shini taqozo qiladi.
Psixologiya metodlariga tarixiy jihatdan yondashmoq lozim. Shu
jihatdan psixologiya metodlari uning predmeti kabi tarixan anchagina
o‘zgarishlarga duch keldi. Psixologik tadqiqotlar predmetining alohida
xususiyatga egaligi uning alohida tadqiqot metodlariga ega bo‘lishi
zarurligi haqidagi fikrni ilgari surmasdan qo‘ymasdi.
Idealistik psixologiya yagona bir metodni tavsiya eta olgan va shu
metod yordamida kishi «ruhiga» kirib borishga uringan. O‘zini o‘zi
kuzatish (introspeksiya, ya’ni ichkaridan ko‘rish) ana shunday metod
edi.
Ilmiy psixologiyada qabul qilingan ong bilan faoliyatning birligi
prinsipi psixologik tadqiqotda obyektiv metodning negizini tashkil
etadi.
Psixologiyada tadqiqotning subyektiv va obyektiv metodlari bir-
birini inkor etadi. Haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani o‘rganishning
obyektiv metodlaridan foydalanish va fanda bundan boshqa metodlar-
ning bo‘lishi mumkin emasligini tushuntirishi kerak.
Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga yana bir mu-
him talabi psixik faktlarni genetik (tarixiy) jihatdan o‘rganish prinsi-
piga amal qilishni taqozo etadi. Genetik prinsipning mohiyati shundan
iboratki, o‘rganilayotgan psixik hodisaga jarayon deb qaraladi va
13
tadqiqotchi dialektik rivojlanishning barcha holatlarini tiklashga, ular
bir-birlarini qay yo‘sinda almashtirishlarini ko‘rish va tushunib yetish-
ga harakat qiladi, o‘rganilayotgan psixik faktni uning muayyan tarixi
jihatdan tasavvur etishga urinadi. Psixologiyada genetik prinsipdan
foydalanish zaruriyati P. P. Blonskiy, A. S. Vigotskiy, S. L. Rubin-
shteyn, A. N. Leontyevlarning asarlari tufayli kelib chiqdi.
Tadqiqotlarni amalga oshirishning genetik prinsipi keyingi yillar-
da bolalar psixologiyasida bola shaxsini bo‘ylama kesimi bo‘yicha
o‘rganish metodi (longityud) deb ataladigan metod sifatida ancha keng
qo‘llanilmoqda. Bu metod yordamida psixik rivojlanish davrlarga
bo‘lish yo‘li bilan (ya’ni rivojlanishning alohida yosh bosqichlarini
ta’riflash va ularni o‘zaro bir-biriga taqqoslash) emas, balki bola
shaxsini unga ta’lim berishning maxsus tashkil etilgan sharoitlarida
qator yillar mobaynida uzoq vaqt o‘rganish natijasida aniqlanadi.
Psixologiyaning asosiy metodlari quyidagilar hisoblanadi:
tashqi;
1) kuzatish
ichki;
laboratoriya;
2) eksperiment
tabiiy;
3) suhbat;
4) anketa;
5) sotsiometriya;
6) faoliyat natijalarini o‘rganish;
7) test;
8) biografik.
Kuzatuv, agar tashqi hodisalarni tasvirlash bilan cheklanib qol-
masdan, ushbu hodisalarning psixologik tabiatini izohlab berish dara-
jasiga ko‘tarilsa, psixik tadqiqot metodi bo‘la oladi. Ilmiy psixologik
kuzatuv turmushdagi kuzatuvdan farqli o‘laroq, xulq-atvor va faoliyat-
ning kuzatilgan faktini tasvirlashdan uning ichki psixologik mohiyati-
ni tushuntirib berishga muqarrar o‘tilishini taqozo etadi. Psixologik
kuzatuvlarning jiddiy muhim talablari aniq rejaning bo‘lishi va
shuningdek olingan natijalarning maxsus kundalikda qayd etilishidan
iborat.
14
Yangi psixologik faktlarga ega bo‘lishning va obyektiv tarzda
ilmiy bilishning asosiy vositasi eksperiment metodidir. Eksperiment
metodining ikkita asosiy turi farqlanadi: laboratoriya eksperimenti va
tabiiy eksperiment.
Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning labo-
ratoriya sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida
o‘tkazishi va sinaluvchilarning xatti-harakatlari yo‘l-yo‘riqqa binoan
sodir bo‘lishi bilangina emas, balki sinalayotganini biladigan sinaluv-
chi (garchi odatda sinalayotgan kishi eksperimentning mohiyati nima-
lardan iboratligini, nimani va nima maqsadda tadqiq qilishayotganini
aniq bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi. Labo-
ratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok va xoti-
ra, sezgi chegaralarini va boshqalarning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq
qilish mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910 yilda A. F. Lazurskiy
taklif etgan) mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini
biladigan sinaluvchida hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi
va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlar (dars, suhbat, o‘yin, uy vazifa-
larini bajarish va boshqalar)ga ko‘chirishi lozim.
Suhbat metodi yordamida shaxsni o‘rganishda suhbat maqsadi va
vazifasini belgilash, suhbat mavzusining obyekti va subyektini tan-
lash, muddati va vaqtini aniqlash, uni individual, guruhiy va jamoa
shaklida o‘tkazish, mavzuga bog‘liq savol-javob tizimini tayyorlash
kabilar ko‘zda tutiladi.
Test metodi orqali psixologiya fanida taxminan 1905 yildan bosh-
lab A. Bine insonning aqliy o‘sish darajalarini o‘rgangan. «Test»
inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish ma’nosini anglatadi. Shaxs-
ning aqliy taraqqiyotini va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda
qo‘llaniladigan standart masalalar va topshiriqlar test deb qabul
qilingan.
«Psixologiya tadqiqot metodi» muayyan ilmiy-psixologik
muammoni hal etishning maxsus metodikasi ma’nosida ham ish-
latiladi.
Tadqiqot to‘rt bosqichga ajratiladi:
1) tayyorgarlik bosqichi;
2) eksperimental bosqich;
3) tadqiqot ma’lumotlarini sifat jihatdan qayta ishlash;
15
4) olingan ma’lumotlarni sharhlab berish.
Tayyorgarlik bosqichida har xil vositalar yordamida materiallar
o‘rganiladi va dastlabki ma’lumotlar to‘planadi. Eksperimental bos-
qichda tadqiqotning muayyan metodikasi amal qiladi, o‘z navbatida,
bu bosqich birin-ketin qo‘llaniladigan qator bo‘g‘inlarga – eksperi-
ment seriyalariga bo‘linadi.
Tadqiqotning uchinchi bosqichi tadqiqot ma’lumotlarini sifat ji-
hatdan qayta ishlashda psixologiyaning matematik apparatini – dastlab
ilgari surilgan farazlarning tasdig‘i tarzida olingan xulosalarning haq-
qoniyligi haqida hukm chiqarish imkonini beradigan turli statistik
usullarni va ehtimollik nazariyasi asosiy qoidalarining qo‘llanishini
taqozo etadi.
Tadqiqotning to‘rtinchi bosqichi olingan ma’lumotlarni izohlab
berish, ularni psixologik nazariya asosida talqin qilish, farazning
to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini uzil-kesil aniqlashdan iboratdir.
Shunday xulosa qilish mumkinki, psixologik muammolarning il-
miy jihatdan hal etilishi, zarurat tug‘ilganda, tegishli muayyan psixo-
logik metodikani qo‘llay bilishni talab qiladi (ana shunday bir qator
kategoriyalar, prinsiplar va metodikalar umumiy psixologiya kursi-
ning asosiy bo‘limlarini bayon qilish jarayonida ko‘rib chiqiladi).
Psixologik tadqiqotning obyektiv metodlaridan keng foydalanish, turli
muayyan metodikalarning qo‘llanilishi hozirgi zamon psixologiyasida
tadqiqotlarning yuksak darajada olib borilishini ta’minlaydi.
Psixologiya fanining metodologik va nazariy muammolari haddan
tashqari ko‘p bo‘lib, ularni muvaqqat ilmiy jamoalar tuzish orqali
hamkorlikdagi ilmiy faoliyat negizida hal qilish mumkin. Muayyan
darajada empirik, materiallar to‘plash, ularni psixologik nuqtai nazar-
dan tahlil qilish, ma’lum ilmiy mezon asosida amaliy ma’lumotlarni
tartibga keltirish, aniq xulosalarga kelish fan oldida turgan ulkan
vazifalarni muvaffaqiyat bilan bajarish imkoniyatini yaratadi.
3. Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va
boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Hozirgi zamon psixologiya fani shakllanishning turli bosqichlari-
da bo‘lgan amaliyotning har xil sohalari bilan bog‘liq ilmiy fanlarning
juda ham keng tarmoqli tizimini tashkil etadi. Psixologiyaning ko‘p
16
sonli tarmoqlarini qay tarzda tasniflash mumkin? Tasniflash imko-
niyatlaridan biri yuqorida bayon qilingan psixika va ongning faoliyat-
da rivojlanish prinsipida mujassamlashgan.
Shunga tayangan holda, psixologiya tarmoqlarini tasniflash uchun
quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinishi mumkin:
– muayyan faoliyat;
– rivojlanish;
– jamiyatga nisbatan munosabat.
Inson faoliyatiga ko‘ra, hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi
quyidagi ko‘rinishda aks etadi:
– mehnat psixologiyasi;
– injenerlik psixologiyasi;
– pedagogik psixologiya;
– tibbiyot psixologiyasi;
– yuridik psixologiya;
– harbiy psixologiya;
– sport psixologiyasi;
– savdo psixologiyasi.
Agar psixologiyaning shaxobchalarini tasnif qilishda rivojlanish-
ning psixologik jihatlari asos qilib olinadigan bo‘lsa, u holda, biz
uning rivojlanish prinsipi amal qiladigan quyidagi sohalariga duch
kelamiz:
a) yosh psixologiyasi;
b) anomal (noto‘g‘ri) taraqqiyot psixologiyasi;
c) qiyosiy psixologiya.
Shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihat-
lariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
– ijtimoiy psixologiya;
– mehnat psixologiyasi.
Mehnat psixologiyasi, ijtimoiy psixologiyadan farqli o‘laroq,
mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asos-
da tashkil qilish (MIT)ning psixologik jihatlarini o‘rganadi.
Asosan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, operatorlarning
faoliyatini o‘rganadigan, odam bilan mashina o‘rtasida vazifalarni
taqsimlash va muvofiqlashtirish hamda shu kabi boshqa muammolarni
injenerlik psixologiyasi hal etadi.
17
Kishining uchishini o‘rganish va uchish jarayonidagi faoliyatning
psixologik qonuniyatlarini tadqiq qilish aviatsiya psixologiyasining
obyekti hisoblanadi.
Vaznsizlik va bo‘shliqda aniq mo‘ljal ola bilmaslik sharoitida, or-
ganizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda ro‘y beradigan
asab-psixik zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilgan-
da kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qilishni kosmik
psixologiya o‘rganadi.
Pedagogik psixologiyaning predmeti kishiga ta’lim va tarbiya be-
rishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish predmeti hisoblanadi.
Pedagogik psixologiya bir necha guruhga bo‘linadi:
ta’lim psixologiyasi (didaktikaning, xususiy metodikaning,
dasturlashtirilgan o‘qitishning, aqliy harakatlarini shakllantirishning
psixologik asoslari va boshqalar)ni o‘rganadi;
tarbiya psixologiyasi tarbiyaning psixologik asoslarini (o‘quv-
chilar jamoasi psixologiyasi, axloq tuzatish – mehnat pedagogikasi-
ning psixologik asoslarini) o‘rganadi.
Shuningdek, o‘qituvchi psixologiyasi, aqli zaif bolalarni o‘qitish
va tarbiyalash psixologiyasi pedagogik psixologiyasining bo‘limlari
yoki tor sohalari hisoblanadi.
Tibbiyot psixologiyasi vrach faoliyati va bemor xulq-atvorining
psixologik jihatlarini o‘rganadi. U psixik hodisalar bilan miyadagi
fiziologik tuzilishlar o‘rtasidagi nisbatni o‘rganadigan neyropsixolo-
giyaga, dorivor moddalarning kishining psixik faoliyatiga ta’sirini
o‘rganadigan psixoformakoliyaga, bemorni davolash uchun psixik
ta’sir ko‘rsatish vositalarini o‘rganuvchi va qo‘llanuvchi psixotera-
piyaga, odamlarning psixik jihatdan salomatligini ta’minlash chora-
tadbirlarining tizimini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi psixoprofi-
laktika va psixogigiyenaga bo‘linadi.
Yuridik psixologiya huquq tizimining amal qilishi bilan bog‘liq
psixologik masalalarni o‘rganadi. U jinoyat protsessi ishtirokchilari
xulq-atvorining psixik xususiyatlarini (guvohlik ko‘rsatmalarining psi-
xologiyasi, ayblanuvchi xulq-atvorining xususiyatlari, tergovga qo‘yi-
ladigan psixologik talablar va shu kabilarni) tadqiq qiluvchi sud
psixologiyasi; jinoyatchining xulq-atvori, shaxsning shakllanishiga
doir psixologik muammolar, jinoyatning motivlari va shu kabilar bilan
shug‘ullanuvchi kriminal psixologiyaga; axloq tuzatish-mehnat kolo-
18
niyasida ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning psixologiyasini,
ishontirish va majburlash usullari bilan to‘g‘ri yo‘lga solishning psi-
xologik muammolarini va shu kabi masalalarni o‘rganadigan pe-
nitensiar yoki axloq tuzatish-mehnat psixologiyasiga bo‘linadi.
Harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-
atvorini, boshliqlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
psixologik jihatlarini, psixologik tashviqot va tashviqotga qarshi
metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolari-
ni va shu kabi boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Sport psixologiyasi sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik
xususiyatlarini, ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-
sharoitlari va vositalarini, sportchining jismoniy chiniqqanligi va
safarbarlikka tayyorligining psixologik mezonlarini, musobaqalarni
tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq psixologik omillarni o‘rganadi.
Savdo psixologiyasi asosan tijorat ta’sirining psixologik shart-
sharoitlarini, ehtiyojning individual, yoshga oid va boshqa xususiyat-
larini, xaridorlarga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniq-
laydi, modalar psixologiyasi va boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Keyingi vaqtlarda ilmiy ijodiyot psixologiyasi masalalari (ijodkor
shaxsning xususiyatlari, ijodiy faollikni rag‘batlantiruvchi omillar, il-
miy kashfiyotlar qilishda ichki sezgi hissining o‘rni va boshqala)ni
o‘rganish boshlandi. Ilmiy ijodiyot psixologiyasining o‘ziga xos bo‘li-
mini evristika tashkil etadi. Uning vazifasi faqat ijodiy (evristik)
faoliyatning qonuniyatlarini tadqiq qilishdan emas, balki evristika
jarayonlarini boshqarish metodlarini ishlab chiqishdan ham iboratdir.
Nihoyat, badiiy ijodiyot (adabiyot va san’at sohasida) va estetik
idrok (shubhasiz ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin hali sust o‘rganilgan
soha) psixologiyasi ham mavjud.
Yosh psixologiyasi turli psixologik jarayonlarning ontogenezini
va rivojlanayotgan kishi shaxsining psixologik fazilatlarini o‘rganadi.
U bolalar psixologiyasiga, o‘smirlar psixologiyasiga, yoshlar psixolo-
giyasiga, katta yoshdagilar psixologiyasiga, gerantopsixologiyaga bo‘-
linadi. Yosh psixologiyasi psixik jarayonlarning yoshga oid xususiyat-
larini, bilimlarni o‘zlashtirishning yoshga bog‘liq imkoniyatlarini,
shaxs kamolotining omillari va boshqa masalalarni tadqiq qiladi.
Yosh psixologiyasi o‘rganadigan asosiy masalalardan biri o‘qitish
va aqliy jihatdan kamol toptirish hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi
19
muammosi bo‘lib, u psixologlar tomonidan keng muhokama qilinib
kelinayotir. Psixologlar aqliy kamolotning ishonchli mezonlarini
qidirib topish va o‘qitish jarayonida aqliy rivojlanish samaradorligiga
erishish imkonini beradigan shart-sharoitlarni aniqlashga harakat
qilishmoqda.
Anomal (noto‘g‘ri) taraqqiyot psixologiyasi yoki «maxsus psixo-
logiya» rivojlanish jarayonida psixikaning aynishi, miyadagi kasallik-
ning turli xilda kechishi jarayonida psixikaning tamomila izdan
chiqishi kabi hollarni o‘rganadigan patopsixologiyaga, psixik rivojla-
nishning miyadagi tug‘ma asoratlar bilan bog‘liq patologiyasi to‘g‘ri-
sidagi fan bo‘lgan oligofrenopsixologiyaga, quloq eshitishning butun-
lay kar bo‘lib qolishga qadar jiddiy kamchiliklari bo‘lgan bolani
voyaga yetkazish psixologiyasi bo‘lmish surdopsixlogiyaga, yaxshi
ko‘rmaydiganlar va ko‘rlar rivojlanishi psixologiyasi tiflopsixolo-
giyaga bo‘linadi.
Qiyosiy psixologiya psixik hayotning filogenitik shakllarini tadqiq
qiladigan sohadir. Qiyosiy psixologiyada hayvonlar va odam psixikasi
qiyoslanadi, ularning o‘ziga xosliklari, fe’l-atvoridagi mavjud o‘x-
shashlik va farqlarning sabablari aniqlanadi.
Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning bo‘limi bo‘lib, u turli xil
tizimli guruhlar (turlar, turkumlar va oilalar)ga mansub hayvonlar
psixikasini, xatti-harakatining eng muhim shakllari va mexanizmlarini
o‘rganadi.
Agar psixologiyaning shaxobchalari shaxs bilan jamiyat o‘rta-
sidagi munosabatlarning psixologik jihatlari nuqtai nazaridan tasnif
qilinsa, u holda ijtimoiy psixologiya fanining «ijtimoiy psixologiya»
tushunchasi zamirida birlashadigan yana bir qator sohalari ajralib
chiqadi.
Ijtimoiy psixologiya odamlarning turli xildagi uyushgan va uyush-
magan ijtimoiy guruhlardagi o‘zaro birgalikdagi harakati jarayonida
vujudga keladigan psixik hodisalarni o‘rganadi. Hozirgi vaqtda ijti-
moiy psixologiya tuzilishiga quyidagi uchta sohaga oid muammolar
kiradi:
– katta guruhlar (makromuhit)dagi ijtimoiy-psixologik hodisalar.
Ularga ommaviy kommunikatsiya (radio, televideniye, matbuot va
boshqalar) muammolari, ommaviy kommunikatsiya vositalarining
odamlarning turli xildagi jamoalarga ta’sir qilish mexanizmlari va
20
samaradorligi, modalarning, mish-mishlarning, umumiy qabul qilin-
gan did, rasm-rusumlar, soxta fikrlar, ijtimoiy kayfiyatlarning tarqa-
lish qonuniyatlari, sinflar va millatlar psixologiyasi muammolari, din
psixologiyasi kiradi.
Kichik guruhlar (mikromuhit)dagi ijtimoiy-psixologik hodisalarga
tor doira guruhlaridagi psixologik sig‘ishuvchanlik, shaxslararo muno-
sabat, vaziyat, guruhdagi vaziyat, lider va yetakchilar mavqei, guruh
turlari (assotsiatsiya, korporatsiya, jamoalar)ning muammolari, rasmiy
va norasmiy guruhlarning nisbati, kichik guruhlarning mikdoriy
chegaralanganligi, guruhlar jipsligining darajasi va sabablari, guruhda-
gi kishilarning bir-birini tushuna bilishi, undagi qadriyatlar va shu
kabi ko‘pgina masalalar kiradi.
Psixologiya fani bir qancha fanlar bilan yaqin aloqada, jumladan
falsafa, pedagogika, tabiatshunoslik, shuningdek barcha tabiiy-ijti-
moiy fanlar bilan ham bog‘liq psixologiya, bir tomondan, falsafa,
ikkinchi tomondan, tabiiy fanlar, uchinchi tomondan esa ijtimoiy
fanlar o‘rtasida joylashgan oraliq mavqega ega bo‘lgan fandir.
Xulosa qilib aytganda, psixologiya o‘zining barcha sohalarida o‘z
tadqiqot predmetini, nazariy prinsiplarini, saqlab kelayotir. Hozirgi
davrda psixologiya sohalarining kengayishi psixologik bilimlardan
ijtimoiy turmushda, ishlab chiqarishda, tibbiyotda, ta’lim-tarbiya
jarayonida foydalanish fanimiz mavqei va nufuzini yanada
oshirmoqda.
21
2-ma’ruza
PSIXOLOGIYANING TABIIY-ILMIY ASOSLARI
1. Miya va psixika.
2. Psixika va ongning rivojlanishi.
3. Oliy asab faoliyati haqida tushuncha.
1. Miya va psixika
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan
boshlab, jamiyatimizning barcha sohalari qatori, ma’naviy-mafkuraviy
hayotimizda ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Mustaqil taraq-
qiyot yillarida to‘plangan tajriba, dunyo jamoatchiligi «o‘zbek
modeli» deya e’tirof etgan o‘zimizga mos va o‘ziga xos rivojlanish
yo‘li, kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayot-
gan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimiz qalbi va
ongiga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg‘un
rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy ustqurmani takomil-
lashtirish, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi
bo‘lmish insonning o‘zini yanada kamol toptirish manfaatlari yosh
avlodlarga ta’lim va tarbiya berishga yangicha, yanada keng ko‘lamda
yondashishni talab qiladi.
Psixologiya fani uchun eng murakkab muammolar qatoriga uning
asosiy kategoriyalari bo‘lgan shaxs, motivatsiya, faoliyat, muomala,
ongning tavsifi, ularning takomillashuv bosqichlari, xususiyatlari, aks
ettirish imkoniyatlari, hukm surish qonuniyatlari va mexanizmlari
bo‘yicha aniq, mezoniy, tatbiqiy fikrlarni bildirish masalalari va
vazifalari kiradi. Shu munosabat bilan psixologiya umumiy psixolo-
giya faniga kirish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchi-
larni, avvalo, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va jamoadagi muno-
sabati haqida, uni tadqiq qilish metodlari to‘g‘risida, ong va psixika,
asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida tegishli bilimlardan
xabardor etgan holda, ularni professional ishga nazariy va amaliy
jihatdan tayyorlashdan iborat aniq vazifani o‘z zimmasiga oladi.
22
Psixika miyaning xususiyatidir. Sezgi, fikr, ong maxsus tarzda
tashkil topgan materiyaning oliy mahsulidir. Organik dunyoning
amyobalardan to odamga qadar uzoq davom etgan evolyusiyasi
davomida xulq-atvor va xatti-harakatning fiziologik mexanizmlari
to‘xtovsiz murakkablashib, tabaqalanib va shular tufayli organizm
muhit o‘zgarishlariga tez javob qila oladigan va moslashuvchan bo‘la
bordi.
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda a’zolarining ixtisoslashuvi
ozuqani farqlash, xavf-xatarni juda tez va aniq sezish imkoniyatini
beradi. Ixtisoslashuvning yakkayu-yagona funksiyasi signallarni idrok
etishdan iborat hujayralarning paydo bo‘lishida o‘z ifodasini topadi.
Bu hujayralar ritseptorlar (tashqi muhitning ta’sirini qabul qiluvchi
apparat) deb atalmish hujayralar guruhini tashkil etadi.
Boshqa hujayralar mushak to‘qimalari ishini yoki turli bezlarning
shira chiqarishini o‘z zimmasiga oladi. Bunday hujayralar effektorlar
deyiladi. Organizmning asosiy «boshqaruv pulti» – markaziy asab
tizimi hisoblanadi.
Asab tizimi tuzilishining umumiy rejasi barcha umurtqalilarda bir
xildir. Uning asosiy elementlari asab hujayralari yoki neyronlar bo‘lib,
ularning vazifasi qo‘zg‘atishdan iborat. Neyron hujayra tana va tana-
chaning shoxlab ketgan o‘simtalari – qo‘zg‘alishni qabul qiluvchi
dendritlardan va qo‘zg‘atishni boshqa neyronlarga o‘tkazadigan
tolalar –aksonlardan tarkib topadi. Aksonning dendritlar bilan yoki
boshqa neyronlarning hujayra tanasi bilan bog‘laydigan nuqta sinaps
deb ataladi.
Markaziy asab tizimi ikki qismdan – bosh miya va orqa miyadan
tashkil topgan. Bosh miyaning yuqori qismi olti qavat (10 milliardga
yaqin) neyronlar bilan qoplangan hamda po‘stloq deb ataladigan katta
yarim sharlarni hosil qiladi. Po‘stloq – psixik faoliyatning eng muhim
(lekin yakkayu-yagona emas) organi. U yarim sharlardan pastroqda,
ensa qismida miyada joylashgan bo‘lib, uning funksiyalari hali yetar-
licha o‘rganilmagan. Po‘stloqning mushaklar harakatini uyg‘unlashti-
rishda muhim o‘rin tutishi ma’lum.
Katta yarim sharlar miya naychasiga kelib taqaladi. Naychaning
yuqori qismi – talamus orqa miyadan yarim sharlarga boradigan bar-
cha asab yo‘llari uchun «oraliq stansiya» vazifasini bajaradi. Naycha-
ning pastki qismi – gipotalamus suv almashuvi, ovqatlanish ehtiyojini
23
va organizmning boshqa funksiyalarini boshqarib turadigan markaz-
lardan tarkib topgan.
Hozirgi zamon fanidagi mavjud tasavvurlarga qaraganda, orqa
miya va miya naychasi reflektor faoliyatining asosan tug‘ma (shartsiz
reflekslar) hisoblangan shakllarini amalga oshiradi, katta yarim shar-
larning qobig‘i esa hayot kechirish jarayonida orttiriladigan va psixika
tomonidan boshqariladigan xulq-atvor shakllari organi hisoblanadi.
Tananing har bir sezuvchi a’zosi (teri, ko‘zning to‘r pardasi va
shu kabilar) va har bir harakat a’zosi miyada o‘zining xususiy
markazlariga egadir.
Insondagi katta yarim sharlar qobig‘ining anchagina qismini qo‘l
barmoqlari, ayniqsa bosh barmoq faoliyati bilan bog‘liq hujayralar,
shuningdek nutq organlari va til mushaklari funksiyasi bilan bog‘liq
hujayralar egallaydi. Shunday qilib, odamning katta yarim shari
qobig‘ida mehnatda va muomalada asosiy funksiyani bajaradigan
harakat a’zolari ancha ko‘p joylashgan.
Miya katta yarim sharlari ishining umumiy qonunlarini
I. P. Pavlov aniqlab bergan.
Psixikaning organi – bosh miya ham o‘zgardi. Uning hayvonlar
miyasidan sifat jihatdan farqi yuksak bilish jarayonlari, avvlo,
tafakkur mexanizmlarini o‘rganish paytida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bu jarayonlar sezgi va idrok jarayonlari singari miyaning muayyan
qismlari doirasida cheklanib qolmaydi. Agar odamda qobiqning ensa
qismi shikastlangan bo‘lsa, u ko‘rish sezgilarini yo‘qotishi turgan gap.
Odamning psixik hayotida katta yarim sharlar qobig‘i sirtining
30 % ni egallaydigan peshana qismlari alohida o‘rin tutadi. Peshana
qismlarining (kasallik, yaralanish va shu kabilar oqibatida) shikastla-
nishi xulq-atvorning oddiy ko‘rinishlariga emas, balki yuksak ko‘ri-
nishlariga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, peshana qismlari shikastlangan
bemorlar ko‘rish, nutq, yozish qobiliyatlarini saqlab qolib, arifmetika
masalalarini yechgan holda, uning shartlarini tahlil etishga urinmaydi.
Masalani yechish rejasini tuzganlarida oxirgi savolni tushirib qoldira-
dilar. Ular masalaning yechimini uning sharti bilan solishtirib chiq-
maydilar, o‘z xatolarini sezmaydilar va hokazo.
Ko‘pgina klinik faktlar shuni ko‘rsatadiki, miyaning peshana
qismlari shikastlanishi aqliy qobiliyatni susaytirish bilan birga, kishi-
ning shaxsiyati, uning xarakterida ham qator buzilishlarga sababchi
24
bo‘ladi. Oldin xushmuomalaligi, vazminligi bilan ajralib turgan
bemorlar yengiltak, qiziqqon, qo‘rs bo‘lib qoladilar.
Psixik funksiyalar muayyan tarzda chap va o‘ng yarim sharlar
o‘rtasida taqsimlangan bo‘lishi aniqlangan. Har ikkala yarim shar ax-
borotni obrazlar tarzida ham, so‘zlar tarzida ham qabul qilish va qayta
ishlash qobiliyatiga ega, ammo chap va o‘ng yarim sharlar u yoki bu
funksiyalarning turlicha darajada ifodalanishi – bosh miyaning
funksional assimetriyasi ham yuz beradi. Chap yarim sharning
funksiyasi o‘qish va hisoblashdan ko‘ra ko‘proq belgilarga asoslangan
axborot (so‘zlar, belgilar, raqamlar va shu kabilar)ga tayanishdan
iborat.
Chap yarim shar mantiqiy tuzilishlar imkoniyatini ta’minlaydi,
busiz izchil analitik tafakkur bo‘lishi mumkin emas. Chap yarim shar
faoliyatining izdan chiqishi, odatda nutqning buzilishiga (so‘zlash
qobiliyatining yo‘qolishiga) olib keladi, normal muomala imkoniyati-
ni yo‘qqa chiqaradi, asab to‘qimalari og‘irroq shikastlanganda, fikr-
lash faoliyatida jiddiyroq nuqsonlar sodir bo‘ladi. O‘ng yarim shar
obrazi axborotni ishga solib, bo‘shliqda mo‘ljal olish, musiqani idrok
etilayotgan va tushunilayotgan obyektlariga nisbatan his-hayajonli
munosabatda bo‘lishga imkon beradi.
Bosh miya yuksak taraqqiy etgan hayvonlar va odam psixikasini
belgilaydigan darajada faoliyat ko‘rsatadigan organ yoki, to‘g‘rirog‘i,
organlarning murakkab tizimidir.
Psixik va asab-fiziologik jarayonlarning o‘zaro munosabati ancha
murakkab masalalardandir. O‘rganish jarayonida psixikaning o‘ziga
xos jihatlari asab-fiziologik xususiyatlardan qaysi muhim belgilari
bilan farq qilishini aniqlash mumkin.
Psixik jarayonlar o‘zida ichki, fiziologik jarayonlarning emas,
balki tashqi obyektlarning tavsifini (narsalarning shaklini, katta-
kichikligi, o‘zaro munosabatlarini) mujassamlashtiradi.
Psixik jarayonlarning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etish psixika-
ning mazmuni va tuzilishida neyrofiziologik jarayonlar mavjud
bo‘lmagani yoki sezilmasligi sababli jiddiy qiyinchilik tug‘diradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, psixikani fiziologik hodisa bilan va
psixologiyani fiziologiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘ymasligimiz
kerak.
25
2. Psixika va ongning rivojlanishi
Kishi psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi eng murakkab
muammolardan biri bo‘lib, tabiat qonunlarining mohiyatini tushunib
yetishga harakat qiladigan tadqiqotchilarni bu muammo hamma vaqt
qiziqtirib kelgan. Materialistik yo‘nalishdagi olimlar psixikaning
paydo bo‘lishi uzoq davom etgan materiya rivojlanishining natijasi
deb izohlaydilar. Ular materiyaning tabiatini tadqiq qilishar ekan,
harakat materiyaning hayot kechirish usuli, uning tarkiban o‘ziga xos
ajralmas xususiyati ekanligi uchun ham materiya harakatining turli
shakllarini o‘rganadilar.
Harakatsiz, mutlaqo harakatlanmaydigan materiya umuman bo‘l-
maydi. Olamdagi butun materiya, jami noorganik va organik tabiat
harakatlanish, o‘zgarish va rivojlanish holatida bo‘ladi.
Jonsiz tabiatda harakat jism va moddalarning mexanik, fizikaviy
va kimyoviy ta’siri tarzida yuz berishi mumkin. Jonli materiyaga
in’ikosning biologik shakllari xos bo‘lib, jonli materiyaning ma’lum
bir bosqichida in’ikosning yangi shakli sifatida psixika paydo bo‘ladi.
Har qanday jonli organizm barcha tashqi qo‘zg‘atuvchilarga
nisbatan tanlangan holda munosabatda bo‘ladi va bu bilan jonli
materiyaning sifat jihatidan yangi xususiyatini – o‘zini o‘zi tartibga
solish xususiyatini namoyon qiladi.
Uzoq vaqt davom etgan evolutsiya natijasida hozirgi organizm-
larda in’ikosning qo‘zg‘aluvchanlikdan tortib, to uning ancha yuksak
darajadagi shakllari bo‘lmish sezgilar, idrok, xotira, tafakkurga qadar
turli shakllarini ko‘ramiz.
Agar jonli mavjudotlarning hayot kechirish muhiti hamma joyda
mutlaqo bir xil bo‘lganida, ehtimol, yer yuzi bir xil turdagi hayvonlar
bilan to‘lib ketgan bo‘lardi. Haqiqatda esa muhit iqlim jihatidan ham,
yashash sharoiti jihatidan ham g‘oyat rang-barang bo‘lib, bu
organizmlarning tabaqalanishini taqozo etadi. Aks ettirish usullari
yuksalgan sari hayvonlarning mazkur turi muhitning bevosita
ta’siridan shunchalik ozod bo‘la boradi.
Yashash sharoitlarining keskin o‘zgarishi hayvonlarning joyini
o‘zgartirishga majbur etishi azaldan ma’lum. Hayvonlarning bunday
xatti-harakatlari sharoitga ko‘proq yoki kamroq darajada mos bo‘lishi
mumkin. Cho‘l toshbaqasi va mayda kemiruvchilar issiq kunlar
26
boshlanishi va qishki sovuq tushishi oldidan o‘zlarining normal hayot
kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarga ancha mos keladigan
harorat saqlanadigan chuqur in qazib, yer tagiga kirib ketadi. Bu
o‘rinda instinktlar harakat qiladi. Fil o‘ziga suv sepa boshlaydi, qalin
soyaga yashirinadi, maymun ham issiqdan saqlanishi uchun imkon
beradigan joyni tanlashga va tayyorlashga urinadi. Bu o‘rinda
instinktlardan ko‘ra hayvonlar individual hayot kechirishida orttirgan
tajriba – shartli bog‘lanishlar ta’sir qiladi.
O‘simlik va hayvonlarga mansub shakllar evolutsiyasining barcha
bosqichlarida jamiki jonli organizmlar in’ikosning alohida, biologik
shakli – ta’sirlanuvchanlikka ega bo‘ladi. Ta’sirlanuvchanlik tirik
organizmning biologik ahamiyatiga ega bo‘lgan (biotik) ta’sirga javob
berish qobiliyati demakdir.
Oddiy ta’sirlanuvchanlik sodda, bir hujayrali tirik organizmdayoq
seziladi. Ular muhitning ta’siriga harakatlanish bilan javob beradi.
Muhit biotik ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lib, buning natijasida jonli
organizmda protoplazmaning xossasi o‘zgaradi. Qo‘zg‘atish ta’siriga
uchraydigan o‘zini tartibga soluvchi tizim sifatida tirik hujayrada
qidiruv harakatlari hosil bo‘ladi.
Biotik omillarga nisbatan o‘ziga xos harakatlar bilan javob berish
usullari tropizmlar yoki taksislar deb ataladi. Uning fototropizm –
jonli organizmning yorug‘lik ta’siri ostida harakatlanish tendensiyasi;
termotropizm – issiqlik ta’siri ostida harakatlanish tendensiyasi; xe-
motropizm – muayyan fizikaviy-kimyoviy muhitni tanlash tendensiya-
si; topotropizm – mexanik usul bilan qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida
harakatlanish tendensiyasi kabi turlari va boshqa bir qancha tropizmlar
mavjuddir. O‘simliklarning biologik in’ikos etish shakli o‘zini tartibga
solishga yordam beradigan tropizmlarning mavjudligi bilan mukam-
mallik kasb etadi.
Hayvonlarga mansub shakllarda ta’sirlanuvchanlikning yangi turi
– sezuvchanlik paydo bo‘ladi. A. N. Leontyevning faraziga ko‘ra, se-
zuvchanlik ginetik jihatdan qaraganda, muhitning organizmni boshqa
ta’sirlar bilan bog‘lovchi, singallik vazifasini o‘tovchi ta’sirlarga ja-
vob ta’siridan bo‘lak narsa emas.
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda sezuvchanlik oshib, sezgi
organlari shakllanadi. Narsalarning o‘ziga (biron-bir organik ehtiyojli,
ular yordamida qoldirib bo‘lmasligi ma’nosida) ahamiyatsiz belgilari
27
(hidi, shakli, rangi) signallik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun
ham ma’lum bir sharoitlarda hatto oddiy hayvonlar ham biotik ta’sir-
lardan emas, balki mazkur muayyan vaziyatda turli xildagi biotik
ta’sirlar ro‘y berayotgani haqida signal berishi mumkin bo‘lgan biotik,
indeferent ta’sirlardan ham ta’sirlana boshlashi mumkin.
Onadan tug‘ma ravishda qolgan xatti-harakatlarga instinktiv xatti-
harakatlar deyiladi. Instinktiv reaksiyalar xatti-harakatlarning tug‘ma
shakllarini ishga tushirishga olib keladigan oddiy omillar tufayli sodir
bo‘ladi.
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda, ayniqsa sut emizuvchilarda,
xatti-harakatning yangi, ancha nafis shakllari birinchi darajali aha-
miyat kasb etmoqda. Soddaroq hayvonga qaraganda umurtqali hay-
vonlarda shartli bog‘lanishlar mislsiz ko‘p hosil bo‘ladi. Hayvon
evolyutsion taraqqiyotning yuqori bosqichiga ko‘tarilgan sari hosil
bo‘ladigan shartli bog‘lanishlar ham shuncha murakkabroq va yana
ham nafisroq bo‘lishi mumkin.
Jonli materiyani aks ettirishning rivojlanishida navbatdagi bosqich
xatti-harakatning yangi belgilarini mustaqil hosil qilishga asoslangan
nafis individual xatti-harakatning yanada murakkabroq shakllarini chi-
niqtirishdir. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarda xatti-harakatning
instinktiv shakllari bilan bir qatorda, o‘zgaruvchan-individual shaklla-
ri, malakalar va intellektual xatti-harakatlar ham mavjud.
Malakalar deyilganda hayvonlarning shartli bog‘lanishlarga aso-
san bajaradigan va avtomatik tarzda takrorlanadigan xatti-harakati tu-
shuniladi. Malakalar xuddi instinktlarga o‘xshab rivojlanishning
nisbatan quyi bosqichlarida ham bo‘ladi, lekin aniq ifoda etilgan mala-
kalar faqat bosh miya qobig‘i bo‘lgan hayvonlardagina namoyon
bo‘ladi.
Shunday qilib, malakalar bir-biridan jiddiy ravishda farq qilishi
mumkin: bir xil holatda ular avtomatik takrorlanishiga ko‘ra instinkt-
larga yaqin tursa, boshqa bir holda intellektual xatti-harakatlarga
yaqinlashib ketadi. Ayrim narsalar o‘rtasida murakkab munosabatlar-
ning aks ettirilishi intellektual xatti-harakatlar negizini tashkil etadi.
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o‘rtasidagi munosabatlarni
payqash qobiliyatiga va mazkur vaziyatning natijasini oldindan bilish,
ya’ni o‘sha narsa agar u harakat qilayotgan bo‘lsa, qayerda paydo bo‘-
28
lishini hisobga olish qobiliyatiga egadir. Bunday xatti-harakatni aqliy
xatti-harakat deb ayta olamiz.
Hayvonlarning ayrim turlarida instinktlar ustun bo‘lsa, boshqalari-
da shaxsiy tajriba jarayonida orttirilgan bog‘lanishlar ustunroq bo‘ladi.
Munosabat bildirishning ayrim usuli sifatida instinktlar va mala-
kalar hayvon organizmini ortiqcha zo‘riqishdan saqlaydi. Hayvon qa-
torasiga bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda, keyincha-
lik masalani hal qilishning yuksakroq darajadagi usuliga, ya’ni intel-
lekt (aql-idrok) bilan ish ko‘rish usuliga murojaat qiladi. Biroq vujud-
ga kelgan vaziyat hayvonlar uchun kamdan-kam holda muammoga
aylanadi va binobarin, ancha yuksak idrok ishlatiladigan darajada aks
ettirish alohida zaruriyat sifatida namoyon bo‘ladi. Intellektual xatti-
harakat hayvonlarning ko‘pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib
ketadi.
Hayvonlarning o‘zaro munosabatlari ba’zan juda ham murakkab-
lashib ketadi. Ganglioz asab tizimiga ega bo‘lgan va katta-katta to‘da-
larga birlashib hayot kechiradigan hayvonlardayoq faqat murakkab
individual instinktiv xatti-harakatlarnigina emas, balki o‘sha to‘daning
alohida bir vakili «tili»ga nisbatan instinktiv reaksiyalari ham rivojlan-
ganligini ko‘rish mumkin.
Ganglioz asab tizimiga ega bo‘lgan hayvonlardagi «til» gavdasini
ma’lum bir ko‘rinishda tutish bilan akustik signallar, kimyoviy (hid
bilish) axborotlar, turli suykalishlar orqali ifoda etiladi.
Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar (qushlar, sut emizuvchilar)ning
to‘dasida ham o‘zaro munosabatlarning muayyan shakllari mavjuddir.
Hayvonlarning har qanday tarzda biron-bir to‘daga birlashuvi bilan
aloqa qilishlari uchun zarur bo‘lgan «til»ning paydo bo‘lishiga olib
keladi.
Hayvonlarda qiyofa, suykalish «til»idan tashqari, eshitiladigan
signallar «til»i ham bor. Sayroqi qushlarda, delfinlarda, maymunlarda
murakkab tovush signali borligi bayon qilib o‘tildi. Chiqariladigan
tovush hayvonning emotsional holatini aks ettiradi.
Bitta to‘dadagi hayvonlar bir-birining tovush reaksiyalariga qarab
mo‘ljal olishadi. Tovush reaksiyalari to‘daning vakillariga o‘z sherik-
larining qanday holatdaligi haqida qo‘shimcha axborot yetkazadi va
shu yo‘sinda to‘daning ichida xatti-harakatni yo‘naltirib turadi.
29
Hayvonlarning «tili»da faqat bitta narsa yetishmaydi –hayvonlar-
ning «tili» odamlarning tilidan farqli o‘laroq, tajribani ifoda etish
vositasi bo‘lib xizmat qila olmaydi. Shuning uchun ham biron-bir
alohida buyuk jonzod vakili o‘zining individual tajribasida anchagina
oson ovqat topishning bir qator usullarini topadi deb taxmin qilgani-
mizda ham, u o‘z tajribasini hayvonlar ixtiyoridagi «tilda» mavjud
bo‘lgan vositalar bilan ifodalashga qodir emas.
Odam psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi
o‘rtasida juda katta tafovut mavjud. Masalan, hayvonlarning «tili»
bilan odamning tilini bir-biriga taqqoslab bo‘lmaydi. Hayvon o‘z
to‘dadoshlariga muayyan, bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar
haqida faqat xabar berishigina mumkin bo‘lgan bir paytda kishi til
vositasida boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi payt va kelajak haqida
axborot berishi, ularga ijtimoiy tajribani yetkazishi mumkin.
Insoniyat tarixida til tufayli aks ettirish imkoniyatlarining qayta
qurilishi yuz berdi: borliq kishi miyasida yanada ravshan aks etadi.
Hayvonlarning «tili» bilan odamlarning tili o‘rtasidagi farq
tafakkurdagi tafovutni ham belgilaydi.
Shunday qilib, hayvonlarning aniq, amaliy tafakkuri ularni muay-
yan vaziyatdan bevosita ta’sirga bo‘ysundiradi, odamning mavhum-
lashgan tarzda tafakkur yuritishiga bo‘lgan qobiliyati uning ushbu
muayyan vaziyatga bevosita bog‘liqligini bartaraf etadi. Kishi, xusu-
san, o‘zi anglagan zaruratga ko‘ra ongli xatti-harakat qilish qobiliyati-
ga ega. Bu inson psixikasining hayvon psixikasidan eng birinchi mu-
him farqidir.
Odamning hayvondan ikkinchi farqi uning qurollarni yaratishga
va saqlashga layoqatli ekanligidir. Odam hayvondan farqli o‘laroq, ol-
dindan o‘ylangan rejaga binoan, qurol yaratadi, uni belgilangan maq-
sadda foydalanadi va saqlaydi. Inson psixik faoliyatining ajralib tura-
digan uchinchi belgisi ijtimoiy tajribani biridan ikkinchisiga o‘tkazib
turishidir.
Inson psixikasining hayvon psixikasidan eng muhim farqi ular-
ning rivojlanish shart-sharoitlarida ko‘rinadi. Agar hayvonot dunyosi-
ning rivojlanishi davomida psixikaning taraqqiyoti biologik evolutsiya
qonunlariga binoan ro‘y bergan bo‘lsa, inson psixikasining, kishi on-
gining rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlariga bo‘ysunadi.
30
Ongni bevosita hayvonlarning evolutsiyasidan keltirib chiqarish
mumkin emas: inson ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. To‘daning ja-
miyatga aylanishiga ta’sir ko‘rsatgan omil mehnat faoliyati, ya’ni
qurollarni birgalikda yaratish va qo‘llash jarayonida odamlar amalga
oshiradigan faoliyat bo‘ldi.
Shuni xulosa qilish mumkinki, faqat odamgina ijtimoiy tajribani
o‘zlashtiradi. Kishi psixikasini u egallab oladigan ijtimoiy tajriba
rivojlantiradi. Inson psixikasining hayvon psixikasidan eng muhim
farqi ularning rivojlanish shart-sharoitlarida ko‘rinadi.
3. Oliy asab faoliyati haqida tushuncha
I. M. Sechenov «Bosh miya reflekslari» asarida ongli va ongsiz
hayotning barcha harakatlari ro‘y berish usuliga ko‘ra reflekslardan
iboratdir degan xulosaga kelgan edi.
Shunday qilib, ongning harakati (psixik hodisa) ruhning tanasiz
mohiyat xususiyati emas, balki I. M. Sechenov ta’biri bilan aytganda,
ro‘y berish usuliga ko‘ra refleksga o‘xshash jarayondir.
Ma’lumki, psixik jarayon o‘zicha emas, balki miyaning mohiyati,
uning tegishli bo‘limlari funksiyasi sifatida tashqi olam haqidagi
axborotning qayoqqa ketishi, qayerda saqlanishi va qayta ishlanishini
ko‘rsatuvchi javob faoliyatining boshqaruvchisidir. Shunday qilib,
kishining bilimlari, tevarak atrof haqidagi tasavvurlari, ya’ni indivi-
dual tajribaning butun boyliklari reflektor harakatga kiradi. Psixik
hodisalar miyaning tashqi (tevarak atrofdagi muhit) va ichki (fiziolo-
gik tizimi sifatida organizmning holati) ta’sirlarga javobidir.
Psixik hodisalar faoliyatning hozir ta’sir etayotgan (sezgilar, id-
rok) yoki qachonlardir, ya’ni o‘tmish tajribada (xotira) yuz bergan
qo‘zg‘atuvchiga javob tarzida ro‘y beradigan, ana shu ta’sirni umum-
lashtiradigan, ular pirovardida olib keladigan natijalarni (tafakkur, xa-
yol) oldindan ko‘ra bilishga yordam beradigan, ba’zi bir ta’sirlar nati-
jasida faoliyatni (his-tuyg‘u, iroda) kuchaytiradigan yoki susaytiradi-
gan, umuman faollashtirib yuboradigan va boshqa xildagi ta’sirlar oqi-
batida uni tormozlashtiradigan, odamlar xulq-atvoridagi (tempera-
ment, xarakter va boshqalar) tafovutlarni aniqlaydigan doimiy bosh-
qaruvchilardir.
31
I .M. Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik
jihatdan boshqarilishi g‘oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoida-
larni I. P. Pavlov tajriba yo‘li bilan tasdiqladi va aniqlashtirdi. U hay-
vonlarning, shuningdek odamning tashqi muhit bilan o‘zaro harakati,
miya tomonidan boshqarilishi qonuniyatlarini kashf etgan edi.
I. P. Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan jami qarashlari odatda
ikki xil signal tizimi haqidagi ta’limot deb ataladi.
Narsaning timsoli (ko‘rinishi, eshitilishi, hid tarqatishi va shu
kabilar) hayvonlar uchun biron-bir shartsiz qo‘zg‘atuvchi signal bo‘lib
xizmat qiladi. Bu esa ular xatti-harakatining shartli refleks tarzida
o‘zgarishiga olib keladi.
Hozirgi zamon fanida mavjud tasavvurlarga qaraganda, orqa miya
va miya naychasi reflektor faoliyatining asosan tug‘ma (shartsiz
refleksi) hisoblangan shakllarni amalga oshiradi, katta yarim sharlar-
ning qobig‘i esa hayot kechirish jarayonida orttiriladigan va psixika
tomonidan boshqariladigan xulq-atvor shakllari organi hisoblanadi.
Miya katta yarim sharlari ishining umumiy qonuniyatlarini
I. P. Pavlov aniqlab bergan. Olim o‘tkazgan klassik tajribalarda itlarda
oldinlari faqat tegishli shartsiz qo‘zg‘atuvchi (masalan, ovqat)ning
bevosita ta’siri ostida yuz beradigan fiziologik reaksiyaga (masalan,
so‘lak oqishiga) olib kela boshlaydigan juda ham xilma-xil signallar
beradigan shartli reflekslar hosil qilingan edi.
Lekin uning ta’limotini shuning o‘zi bilangina cheklab qo‘yish
noto‘g‘ri bo‘ladi. Real tarzda (laboratoriya sharoitida emas) hayvonlar
ozuqa qachon og‘ziga tushishini kutib turmaydi, balki uni izlashga
urinadi, harakat qiladi, harakatining samaradorligini tekshiradi, xullas
sharoitga faol muvofiqlashadi.
Shunday qilib, bosh miya yuksak taraqqiy etgan hayvonlar va
odam psixikasini belgilaydigan darajada faoliyat ko‘rsatadigan organ
yoki, to‘g‘rirog‘i, organlarning murakkab tizimidir. Psixikaning maz-
muni tirik mavjudot o‘zaro munosabatda bo‘ladigan tashqi olam bilan
belgilanadi. Tashqi olam kishi miyasi uchun shunchaki oddiy biologik
muhit (hayvon miyasi uchun bo‘lgani kabi) emas, balki odamlar
o‘zlarining ijtimoiy tarixi davomida yaratgan hodisalar va narsalar
omilidir. Har bir alohida odam hayotining dastlabki qadamlaridan
boshlangan psixik rivojlanishning ildizlari tarixan tarkib topadigan
madaniyatning eng qadimiy, eng chuqur davriga borib taqaladi.
Psixologiya fani tarixida I. M. Sechenov va I. P. Pavlovlarning
ta’limotlari chuqur iz qoldirdi. Hozirgi kunda ham o‘z qadr-qimmatini
yo‘qotmagan, aksincha, yanada takomillashib bormoqda.
32
3-ma’ruza



Yüklə 161,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin