56
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
qutblanish
deganda molekuladagi
zaryadlarning notekis
taqsimlanishi tushuniladi. Suv molekulasining bir chekkasi kuch-
siz musbat zaryadga ega bo‘lsa, ikkinchisi manfiy bo‘ladi. Bun
-
day molekula
dipol
deb ataladi. Kislorodning
elektromanfiy atomi
vodorod atomining elektronlarini o‘ziga tortishi tufayli elektrosta-
tik o‘zaro ta’sir vujudga keladi va suv molekulalari “yopishganday”
bo‘ladi (20- rasm).
Bu o‘zaro ta’sir ion bog‘lariga nisbatan odatda ancha kuchsiz
bo‘lib,
vodorod bog‘lar
deb ataladi.
Suv qutblangan moddalar
uchun juda yaxshi erituvchi hisoblanadi.
Suv erituvchi sifatida hujayra moddalarining parchalanishi-
ni ta’minlaydi. Suv toza kimyoviy modda sifatida ham o‘ta muhim
ahamiyatga ega. Bir qator katalizatorlar ta’sirida suv gidroliz reak-
siyalarini amalga oshiradi. Bu
reaksiyalarda suvning oh
-
va h
+
guruhlari turli xil molekulalarning erkin valentligiga birikadi. Natija-
da yangi xususiyatga ega bo‘lgan yangi modda hosil bo‘ladi.
mineral tuzlar.
hujayradagi anorganik moddalarning kat-
ta qismi tuzlar sifatida uchraydi. ular ion holatida yoki qattiq eri-
maydigan tuz ko‘rinishida bo‘ladi. Ion holda uchraydiganlar orasi-
da k
+
, Na
+
, Ca
2+
tuzlari muhim ahamiyatga ega.
Chunki ular tirik
organizmlarga xos bo‘lgan xususiyat qo‘zg‘aluvchanlikni amalga
oshirishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: