Media va axborot savodxonligi.
2015 yili har bir amerikalik internetda kuniga 8,4 soat o‘tirib,
mediakontent bilan tanishgan bo‘lsa, filippinliklar bunga 10,6
soat,
rossiyaliklar
4,6
soat,
yurtimizda
1,6
soatni
ajratishmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda internet
foydalanuvchilarining soni 2,6 milliardni tashkil etgan bo‘lsa,
O‘zbekistonda mazkur raqam 19 milliondan oshdi va shundan
7 million nafari mobil foydalanuvchilardir.
Har oyda o‘zgarib turgan mazkur raqamlar bugungi kunda zarur
axborotni kerak emasidan ajratish, media orqali savodxonlikka ega
bo‘lish zaruratini qo‘ydi.
Xo‘sh, mediasavodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati
tobora ortib bormoqda?
So‘nggi yillarda axborot oqimining bir
necha barobar tezlashishi, ijobiy
ma’lumotlar bilan bir qatorda
salbiy xarakterdagi axborotning
ko‘payishi mediasavodxonlikka
ega
bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda mediasavodxonlik
shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni
yaratishidan iborat
bo‘lgan. Bugun mediasavodxonlik –
axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish
demakdir. Mediasavodxon inson
o‘ziga bu axborotni kim va
nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi?
degan savolni bera olishi va
to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga
nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim.
Xo‘sh, mediasavodxonlik nima uchun kerak? Avvalo:
Huquqiy demokratik jamiyatimizning
to‘laqonli, faol fuqarosi sifatida amalga
oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushunish;
OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash
ko‘nikmalarini shakllantirish;
Axborot orqali inson ongini boshqarishga
yo‘l qo‘ymaslik va har qanday vaziyatda
to‘g‘ri qaror qabul qilish;
Insonning vizual obrazlar
ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga o‘zgarishlarini tahlil eta
olish va vizual xabarlar ostida beriladigan
ko‘rinmas ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;
OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etish;
Axborot qaerdan, kim tomonidan va nima
maqsadlarda uzatilyapti, kimning manfaatlarini
o‘zida aks etayapti, degan savollarga javob topa
olish uchun zarurdir.
Mediasavodxonlik tushunchasi borasida turli xil
fikrlar mavjud
bo‘lib, AQShning Jamiyat
xususidagi xalqaro entsiklopediyasida qayd
etilishicha,
«Mediasavodxonlik» (media
literacy)
inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi
mas’uliyatini his qilgan holda faol va savodli
bo‘lishi, mediamatnlarni qabul qila olishi,
yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy
mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini
tushuna olishi demakdir.
Londonning Qirollik universiteti
professori S.Fayrstounning fikriga ko‘ra
esa, mediasavodxonlik harakat bo‘lib, uning
asosiy vazifasi insonlarni audiovizual va bosma
matnlarning madaniy ahamiyatini tushunish,
yaratish va baholashga undashdan iborat.
Ingliz siyosatshunosi R.Kibey
esa mediasavodxonlikni turli xil
shakllarda ma’lumotlarni uzatish,
ularni tahlil etish va baholash deb
tushunadi. M.Guetterz
esa multimediasavodxonligi o‘z
ichiga multimedia hujjatlarini
shakllantirishga qaratilgan tillarni
bilish, axborotni qayta ishlashga
qaratilgan qurilma va usullardan
foydalana olish, yangi multimedia
texnologiyalarini bilish va ularni
baholay olish, mediamatnlarni
tanqidiy qabul qilishni oladi, deydi.
Medisavodxonlikning maqsadi har bir
medianing ustuvorliklari va
kamchiliklarini tushungan holda ular
tomonidan tarqatilayotgan axborotni
saralay bilish va zarurini qabul qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa,
asosiy vazifasi insonlar tomonidan
iste’mol qilinadigan har qanday
axborotning manipulyativ kuchini
anglagan holda undan chegaralanishdir.
Shuningdek, odamlarga OAV hamda
fuqarolik jurnalistika rolini tushunishga
yordam berishdir.
Bugungi kunda media, ya’ni ommaviy axborot
vositalari, kino, teatr, san’atning turlari, madaniyat
sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har
qanday ma’lumot inson ongiga o‘zining ma’lum
bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini
o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga
olingan tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi
kunda mediata’lim, mediasavodxonlik,
mediatanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan
intilishning asosiy maqsadi ham axborotning
yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib
yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va
madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning
mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.
__
• medianing shaxs va jamiyatga ta’sirini tushunish;
__
• ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash; mediamatnlarni
tushunish va tahlil eta olish;
__
• mediamatnlarni tushunish va tahlil eta olish;
__
• media kontekstini tushunish;
__
• mediamatnlarni yaratish va ularni tahlil etish;
__
• mediamatnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi.
Media savodxonlik
(media literacy) mediani o‘rganish bo‘lib, mediata’limning
quyidagi natijalariga asoslanadi va o‘z oldiga:
Ayni paytda mediata’lim asoslarini har
bir ta’lim muassasasiga o‘quv dasturiga
kiritish, bolalarga maktabgacha ta’lim
jarayonida uning asoslarini interaktiv, turli
o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib
kelayotgan avlod tomonidan shiddatli
axborot oqimida zarurini tanlash va unga
tanqidiy yondoshgan holda baholay olish
imkonini beradi. Bu esa o‘z
navbatida yoshlarning kelajakdagi
fuqarolik pozitsiyasini yanada
mustahkamlanishiga, jahonda yuz
berayotgan voqea-hodisalarni xolis
baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga
asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |