Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

2001
DARD
Qaydan  kelayotir uyur-uyur g'am,
Qaydan  ko'chayotir palaxsa  hasrat?
Qaydan  yog'ayotir shirg'oqdek alam,
Qaydan  sizayotir laxta-laxta  dard?
«Milt»  etgan  shu'la  yo'q,  «yilt»  etgan  uchqun, 
Vahima  suzadi  bahri  muhitda.
Og'rigan  chol  kabi  ruhiyat tushkun,
O'limni  kutgandek og'ir sukutda.
Bunday chog'  do'st bekor, janona  bekor,
Faqat g'ussalarni toshiradi  may.
Tuyg'ularni  ermak qilgan  kabi tor,
Suyagingni teshib o'yin  qilar nay.
Vaqtiki,  yorishar charxpalak olam,
Jilva  qilar ruhing  -  yog'du  tushgan  gard. 
Ammo qayga  ketar uyur-uyur g'am,
Ammo qayga  singar laxta-laxta  dard.
2002
KO'RINADI
Men  muhit tomonga  yuzimni  bursam, 
To'rt fasl  bir joyda jam  ko'rinadi. 
Bunda  baxti  qaro  kuylaydi  hurram, 
Baxti  raso  dilda  g'am  ko'rinadi.
Qarasam,  beshikdan  tobutga  qadar, 
Birov  umr so'rar,  yana  birov  -  zar.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Berganga  bittasi  ko'pdir,  birodar, 
Olganga  mingtasi  kam  ko'rinadi.
Uzoqni  ko'zlagan  otliqni  ko'rdim, 
Qismati  eshakka  bog'liqni  ko'rdim, 
Muhabbatdan  dili  dog'liqni  ko'rdim, 
Kulsa  ham  ko'zida  nam  ko'rinadi.
Atirgulim  manim,  nozlik atirgul, 
Tikonlari yumshoq,  nozik atirgul,
Umri  yarim  bahor - yozlik atirgul,
O'z  husnidan  boshi  xam  ko'rinadi.
Besamar arzlarda  umri  hazonlar, 
Befoyda  bahslarda  umri  hazonlar, 
Behuda  darslarda  umri  hazonlar 
Qoshida  ming  yillik sham  ko'rinadi.
Quyoshing  shundadir,  oying  shundadir, 
Zuvalang  -  qorilgan  loying  shundadir, 
Shunda  qolajaksan  - joying  shundadir, 
Yonginangda  Iqbol  ham  ko'rinadi.
2000
TILLA UZUK
Ey qaldirg'och  qoshligim,
Kel,  ahdimiz  bir bo'lsin.
Uchta  odam  bilgan  gap 
Qanday qilib  sir bo'lsin?
Tilla  uzukka  tilla
Ko'z  bo'lmaydi  hech  qachon.
Qiz  bolaga  qiz  bola
Do'st bo'lmaydi  hech  qachon.
Bordir saroy qurganlar,
Bordir davron  surganlar. 
Bormi  bizdek  bir tushni 
Birgalashib  ko'rganlar?
Bitta  qizga  bir yigit 
Tilla  uzuk taqibdi.
Bitta  dushman  yigitga,
Qizga  qirqta  raqibdir.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Tilla  uzukka  tilla
Ko'z  bo'lmaydi  hech  qachon.
Qiz  bolaga  qiz  bola
Do'st bo'lmaydi  hech  qachon.
Xayolingni  dugonang 
Buzganini  bilmaysan. 
Yonginangdan  menga  ko'z 
Suzganini  bilmaysan.
2002

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin