Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

O'G'LIMGA
Umr bersin  xudoyim, 
G'urur bersin,  iloyim. 
Dagarim,  erkatoyim 
Botir yigit  bo'ladi.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Hali  qarab turasiz,
Siz  bir taraf turasiz,
Bu  dunyoga  bergusiz 
Nodir yigit  bo'ladi.
Bo'y  bermaydi tashvishga, 
G'iybatlarga,  mish-mishga. 
Men  qilolmagan  ishga 
Qodir yigit bo'ladi.
Ko'zim tegmasin, tuf-tuf! 
So'zim  tegmasin, tuf-tuf! 
Xudo xohlasa,  o'sib,
Og'ir yigit  bo'ladi.
Agar taqdir tashlab to'r, 
Bo'shang  bo'lsa,  epsiz g'o'r, 
O'shanda  ham  mendan  zo'r 
Shoir yigit bo'ladi.
1994
MEN
Men  na  qilay,  harna  qilsa,  qildi  taqdir,
Ikki  nuqta  aro jismim  muallaqdir.
Ikki  yoqqa  boqar bo'ldim  lolu  hayron:
Birisining  ismi  -  zamin,  biri  -  osmon.
Qay  bir kecha  hilolga  may quyib  ichdim,
Ko'zim  yumib,  ikki  qizdan  birin  quchdim.
Endi,  kimni  tanladim,  deb jonim  halak:
Birisining  ismi  -  shayton,  biri  -  malak.
Qaldirg'ochdek  ikki joyda  manzilim  bor,
Yo'l  qaragan  otam,  onam  va  singlim  bor.
Bu  kuzdayam  qaytolmadim,  qandoq  qushman?.. 
Birisining  ismi  -  Bag'dod,  biri  - Toshkan.
Garchi  umrim  chizgilari  oddiy emas,
Lekin  do'stu  dushmanlarim jiddiy emas.
Bir do'stu  bir dushmanim  bor -  o'zim  tengi: 
Birisining  ismi  she'rdir,  biri  -  sevgi.
Ne qilaylik,  harna  qilsa  qilar taqdir,
Bu  dayr aro sayrimiz  ham  muvaqqatdir.
Ikki  qayiq  boshin  tutgan  bo'lar nobud:
Birisining  ismi  -  beshik,  biri  - tobut.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
1994
KUZ
Uch  kunda  kuz  keldi.
Dunyo qaridi.
Teraklar bosh  chayqab qoldilar ma'yus. 
Toshlar o'rmalaydi anhor qa'rida,
Anhor qaylargadir shoshadi  hanuz.
Ko'pirib  boradi  qo'ng'ir bulutlar, 
Hademay yomg'irzor bo'ladi  paydo. 
Yerga  quloq  bosib yotadi o'tlar, 
Yerdanmi  keladi  bu  mungli  navo?
Mana,  ustunlarga  o'ralar shamol,
Mana,  suv yuziga toshadi  sepkil. 
Zerikkan,  asabiy qariqiz  misol 
Ko'ylaklarin  yirtib tashlar atirgul.
Peshayvonda  namli  patlarin  tarab, 
Zag'chalar o'ziga  beradi  oro.
Bulut kelayotgan  tomonga  qarab 
Dunyo suzib  borar ohista,  dunyo...
1994
OQSHOM
Oqshom  yulduzlarni  hilol  uyg'otar,
Daryo to'lqinlarin  shamol  uyg'otar. 
Qaydasan,  ey shamol olib  ketgan  gul? 
Meni  shu  alamli savol  uyg'otar.
Oqshom  yulduzlarga  boqib yig'ladim, 
Daryo to'lqinida  oqib yig'ladim.
Menam  daryo  bo'ldim,  sel-selob  bo'ldim, 
Yuragim  olmaday qalqib yig'ladim.
Taqdirga  tan  berdim,  shukrona  aytdim, 
Tuproqqa  aylanib,  tuproqqa  qaytdim. 
Ammo oqaverdi  asov yuragim 
Oqshom  yulduzlari  chaqnagan  payti!
Oqshom  yulduzlarni  hilol  uyg'otar,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Daryo to'lqinlarin  shamol  uyg'otar. 
Seni tushlarimda  ko'rib,  chaqirsam, 
Meni  bir begona  ayol  uyg'otar.
1994

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin