Sizni kuylayman



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/103
tarix01.03.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#53264
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103
iqbol mirzo sizni kuylayman

KUZNI  BELGILAMAS
Kuzni  belgilamas  bittagina  qush, 
Qayg'urmang  bir dona  yaproq  sarg'aysa. 
Hali  bog'ingizda  kurtak otar nish,
Yerning  hovuridek chayqalar maysa.
Tasodif deb  biling  ranjitgan  bo'lsam, 
Payqamasdan  yangi  ko'ylagingizni. 
Ehtimol  xayolga  cho'mganman  bir dam, 
Sog'inib  bahoriy  bo'ylaringizni.
Esingizda  bormi?
Hech  kim  yo'q  edi,
Hech  narsa  yo'q  edi  sevgidan  bo'lak. 
Qornimiz  muhabbat bilan  to'q  edi, 
Sevgimiz  -  boshpana,  sevgimiz -  ko'ylak.
To'pidan  ertaroq  uchar tentakqush, 
Ertaroq  sarg'ayar eng  zaif yaproq.
Fojia  emasdir yolg'iz xo'rsinish,
Ishq  sha'min  o'chirmas  bittagina  oh.
Ammo eslaysizmi?
Qo'qon  shamoli
Sochingizni  hamroh  aylagan  payti 
Yuzingizni  ikki  kaftimga  olib,
Ilk  bor ismingizni  boshqacha  aytdim.
Eslolmaysiz.
Mayli,  kuyunmang  zinhor,
Jovdirab  osmonga,  bog'larga  boqmang. 
Yodimda,  o'shanda  boshlangan  bahor 
Bitta  so'z,  bitta  qush,  bitta  yaproqdan.
1997
YUZ YUVIB
Yuz yuvib, jilg'aga tupurganim  yo'q, 
Ko'zin  berkitmadim  biror buloqning. 
Nega  bunday qarar -  nigohlari  o'q, 
Nima  da'vosi  bor ekan  arvohning.
Har bir muyulishda  uning  sharpasi, 
Ostida  o'ltirar har bir yaproqning. 
Har bitta  qo'shiqda  kelar nafasi, 
Nima  da'vosi  bor ekan  arvohning.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
O'zin  oshkor etmas mendan  o'zgaga, 
Go'yo  men  sohibi  barcha  gunohning. 
Ba'zan  kitob  ichra,  ba'zan  ko'zguda... 
Nima  da'vosi  bor ekan  arvohning.
Ko'zim tomiriga  o'sha  qon  quygan, 
O'sha  sababchisi  qo'lda  titroqning. 
O'sha jigarimni  quzg'undek o'ygan, 
Nima  da'vosi  bor ekan  arvohning.
O'sha  bo'lmasaydi,  yashardim  mangu, 
Tinchirman  yopinib olsam  tuproqni. 
Ko'raman  kim  bilan  o'ynar ekan  u... 
Nima  da'vosi  bor ekan  arvohning?
1997

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin