Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 420,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix23.12.2022
ölçüsü420,76 Kb.
#77531
1   2   3   4
147 Abdurazzaq Orziyev Abduvali ogli 1021-1024

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1022 
w
www.oriens.uz
June
2022
 
o‘yinlarni chuqur ma’noli so‘zlari va baytlarini sozandalarning bu o‘yinlarga 
moslangan mashqlarini ko‘z-ko‘z qilganlar. Qadim zamonlarda jamoa jismoniy 
tarbiya sohasida o‘z davrlari zimmasiga ma’lum majburiyatlar yuklagan. Yosh qiz va 
yigitlar hayotda kerak bo‘ladigan epchillik, chidamlilik, chaqqonlik, qat’iylik va 
jasurlik kabi qobiliyatlarga ega bo‘lishlari shart bo‘lgan.
“Oynoma”da berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, sosoniylar davrida zodagonlarning 
bolalari 6 yoshgacha ota-onalarining uyida yashagan, 7 yoshga yetgandan keyin 
davlat tarbiyasiga o‘tkazilib, hukmdorlar ixtiyorida bo‘lgan maxsus maktablarga 
joylashtirilgan va 19 yoshga yetgunga qadar ana shu maktabda tahsil ko‘rgan. O‘z 
bilimi va bahodirligi bilan mashhur bo‘lgan kishilar shu maktablarda murabbiylik 
vazifasini o‘taganlar. Eng muhimi ushbu maktablarda bolalarni jismoniy tarbiyalash 
masalasiga alohida e’tibor berilgan [2].
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Qadimiy Sug‘diyona markazi bo‘lgan Samarqandda Navro‘z bayrami har doim 
xalq tomoshalari bilan o‘tgan. Bularda xalq, san’at vakillari, baxshilar, xonandalar, 
hofizlar, dorbozlar, raqqoslar o‘z san’atini namoyon qilishgan. Bu bayramlarda xalq, 
dorbozlarning chiqishi va ayniqsa, poygani zo‘r qiziqish bilan tomosha qilishgan. 
Lekin har bir bayram kurashsiz o‘tmagan. Musobaqalar natijasida har yili 
kurashchilardan biri Sug‘diyona polvoni nomini olgan. Bayramlarda ushbu polvon 
obro‘li joyda o‘tirgan va kurash tushishni istagan har kishini bellashuvga chaqirgan. 
Odatda talabgorlar ko‘p bo‘lgan. Ba’zi vaqtlarda asosiy polvon va kuchiga ko‘ra 
unga munosib raqiblar o‘rtasidagi kurash, hatto, bir necha kun davom etgan. 
Kurashda o‘z raqibini yenggan polvon kelgusi yil g‘olibi hisoblangan. Bundan 
tashqari Samarqandda Qurbon hayit bayrami kunlarida doimo kurash bellashuvlari 
o‘tkazilgan va u ko‘p tomoshabinlarni o‘ziga jalb qilganligi haqida ko‘plab 
ma’lumotlar mavjud.
Xalq og‘zaki ijodida ham kurash sporti to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar 
berilgan. Ushbu turdagi manbalardan o‘tmishda kurashning mavjudligini emas, balki 
uning xususiyatlari, kurash sharti va texnikasi to‘g‘risida ham ma’lumotlarni 
olishimiz mumkin. Milliy kurash ertaklarda ham aks ettirilgan. Masalan, Xirs polvon 
“qoqma” deb nomlangan usulni qo‘llagan. Hozirgi vaqtda ham kurashchilar bu 
usuldan foydalanadilar. Faqatgina bu usul bugungi kunda “supurma” usuli deb 
nomlanadi. Xalq og‘zaki ijodi asarlari orasida “Alpomish” dostoni alohida o‘rin 
egallaydi. Dostonda polvonlarning bellashuvi, ularning kuchlilik, chaqqonlik, 
chidamlilik, botirlik kurashish usullarini qo‘llay bilish sohasida musobaqalashuvi 
badiiy shaklda tasvirlangan. Alpomishda tasvirlangan kurash manzarasidan 



Yüklə 420,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin