Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
608
w
www.oriens.uz
February
2022
SOTSIAL INTELLEKT VA UNING INSON HAYOTIDAGI О‘RNI
Majidov Jasur Baxtiyarovich
Jizzax davlat pedagogika instituti - Umumiy psixologiya kafedrasi о‘qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sotsial intellekt tushunchasi, uning inson hayotidagi о‘rni,
vazifalari hamda ijtimoiy adaptasiya jarayonidagi о‘rni haqida mulohazalar
yuritilgan.
Kalit sо‘zlar: sotsial intellekt, xulq-atvor, emosional holatlar, ijtimoiy
adaptatsiya, verbal qobiliyat,noverbal qobiliyat.
SOCIAL INTELLIGENCE AND ITS PLACE IN HUMAN LIFE
ABSTRACT
This article discusses the concept of social intelligence, its role in human life, its
functions and its role in the process of social adaptation.
Keywords: social intelligence, behavior, emotional states, social adaptation,
verbal ability, nonverbal ability.
СОЦИАЛЬНЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ И ЕГО МЕСТО В ЖИЗНИ
ЧЕЛОВЕКА
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается понятие социального интеллекта, его
роль в жизни человека, его функции и роль в процессе социальной адаптации.
Ключевые слова: социальный интеллект, поведение, эмоциональные
состояния, социальная адаптация, вербальные способности, невербальные
способности.
KIRISH
Bugungi globallashuv jarayonida informatsiya oqimining haddan tashqari
ortib borishi, urbanizatsiya jarayonlarining
tobora jadallashishi, integratsiyaning
kuchayib borishi har bir insondan mavjud sharoitlarga moslashishda ruhiy
egiluvchanlikni talab qilmoqda. Inson jamiyatda yashar ekan jamiyat ichiga singib
boraveradi. Bu uzoq davom
etadigan jarayon hisoblanib, insonning psixologik
pozitsiyasi ham ayni jarayon bilan muvofiqlashadi. Bunda shaxs intellektining
rivojlanish darajasi, uning aqliy imkoniyatlari regulyatori, ahloqiy jihatlari alohida
ahamiyat kasb etadi.
Psixologiyada intellektga berilgan ta’rif xilma-xil. Eng kо‘p
tarqalgani bu
fransuz olimi Jan Piaje ta’rifi. U kо‘p yillik tadqiqotlardan kelib chiqib, intellektni