Sjif 2022: 947 Advanced Sciences Index Factor asi factor = 7


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix11.06.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#61232
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
o-zbekistonda-yoshlar-bandligini-ta-minlashda-investitsiyalarning-roli

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
533 
w
www.oriens.uz
May
2022
 
mlrd.dan ortig‘i norasmiy iqtisodiyotda ish bilan banddir. Bular, jami ish bilan 
bandlarning 62 %ni tashkil etadi. Norasmiy ish bilan bandlik past rivojlangan 
mamlakatlarda 90,0 %ga yaqinni, o‘rta rivojlangan mamlakatlarda 67,0 % va 
rivojlangan mamlakatlarda 18,0 % atrofida tashkil etadi. Yoshlarni ish bilan 
bandlikni ta’ minlovchilarni rag‘batlantirish inqirozli holatlarni ijtimoiy va 
iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish uchun zarurdir. Bunday choralar samarali 
muloqot asosida inqirozga qarshi choralarni adolatli, samarali bo‘lishi va bevosita 
ishtirokchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga 
oshirilishi lozim. Tahlikali vaziyat ish beruvchilar, xodimlar va hukumat o‘rtasida 
samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy sheriklik jarayoniga norasmiy ish 
bilan bandlarni ham jalb etish imkonini beradi.Xalqaro mehnat meyorlari barchani 
qamrab olishga qaratilib, inson huquqlari, imkoniyatlar tengligi, har kimning sog‘lig‘i 
holatini e’tiborga olgan holda hech kamsitishlarsiz adolatli siyosat olib borishga 
xizmat qiladi. Bu esa asosan inqirozlarga norasmiy iqtisodiyotni inobatga olgan holda 
samarali qarshi kurashish imkonini beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy 
ma’lumot- lariga ko‘ra bugungi kunda O‘zbekiston mehnat bozorida 13,7 mln kishi 
band bo‘lib, ulardan 5,8 mln kishi rasmiy va 7,9 mln kishi norasmiy sektorda, shu 
jumladan, 2,6 mln kishi mehnat migranti sifatida mehnat qilmoqda.Norasmiy 
iqtisodiyotdagi ish bilan bandlar hamda korxonalar pandemiya sharoitida inqirozga 
uchrashi mumkin bo‘lgan eng zaif qatlam hisoblanadi. Ushbu qatlamni qo‘llab- 
quvvatlamaslik mehnat bozori inqirozga yuz tutishi hamda kambag‘allik darajasini 
oshishiga olib kelishi mumkin. Moliyaviy texnologiyalar, kasaba uyushmalari, ish 
beruvchilar, biznes vakillari hamda mahalliy hokimiyatlar hamjihatlikda ishni tashkil 
e tishi orqali norasmiy ish bilan bandlarni qamrab olishi mumkin. Munosib 
rag‘batlantirish imkoniyatlari, texnik ko‘maklashish qisq va uzoq muddatda norasmiy 
korxonalarni rasmiylashtirish imkonini beradi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik va o‘rta korxonalarda norasmiy 
iqtisodiyotni 
qisqartirish 
chora-tadbirlari 
oqibatlarini 
yumshatish 
ushbu 
korxonalarning norasmiy sektorga yana qaytishini oldini olish uchun muhim 
ahamiyat kasb etadi. 2020-yil 8-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni 
soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 
2020-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilish 
bo‘yicha faoliyat turlarining 67 tagacha kengaytirilishi asosida ro‘yxatga olish tartibi 
joriy etilgan edi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020-yil uchun ijtimoiy soliqni 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin