O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO‘LIMI JISMONIY MADANIYAT YO‘NALISHI 207-GURUH TALABASI SALIMOV SHAVKATBEKNING «SUYAKLARNING TUZILISHI» MAVZUSIDA TAYYORLAGAN SLAYDI
Skeletning umumiy ko'rinishi
Suyak — odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda taʼsiri suyak ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda kollagen (ossein) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar suyakning pishiq va mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suya k toʻqimasi kollageni oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar va proteoglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat va kalsiy karbonat kristallaridan iborat. Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi toʻqima — mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) vujudga keladi.
Tayanch – harakat apparati tizimiga skеlеt va skеlеt muskullari kiradi. Skеlеtdagi suyaklar va boylam – bo`g`imlar passiv harakat organlari bo`ladi, muskullar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi.
Skеlеt 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bo`lib, bularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardan iborat.