Slaydlar Oila pedagogikasi fanidan



Yüklə 16,34 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü16,34 Kb.
#163007
1   2   3   4
Slayd (Oila pedagogikasi)

Xalq pedagogikasining toʻrtinchi belgisi uning sinkretik (qorishiq) xususiyatga egaligidir. Xalq hayoti koʻp qirrali ekani holda yaxlit boʻlgani singari uning ped.si ham qorishiqdir. Xalqning turli yoʻnalishdagi pedagogik tadbirlari sinkretik tarzda birvarakaiiga olib borilgani uchun Xalq pedagogikasiga alohidalik emas, umumiylik xosdir.

  • Xalq pedagogikasining toʻrtinchi belgisi uning sinkretik (qorishiq) xususiyatga egaligidir. Xalq hayoti koʻp qirrali ekani holda yaxlit boʻlgani singari uning ped.si ham qorishiqdir. Xalqning turli yoʻnalishdagi pedagogik tadbirlari sinkretik tarzda birvarakaiiga olib borilgani uchun Xalq pedagogikasiga alohidalik emas, umumiylik xosdir.
  • Xalq pedagogikasining beshinchi belgisi uning keng yoyilganligidir. Xalq pedagogikasiga oid amallar muayyan etnik birlikning hammasiga birday tatbiq qilinadi. Muayyan shaxslarning xohishirodasi qandayligidan qatʼi nazar, xalqning har bir vakili uning tarbiya va yashash tarziga doyr talablariga rioya etishga majbur.
  • Xalq pedagogikasi talablarini bajarishda tarbiyalanuvchining istaklari inobatga olinmaydi. Xalq pedagogikasining oltinchi xususiyati bu - muayyan etnik birlikning turmush tarzida namoyon boʻlishidir. Xalq pedagogikasi empirik tabiatga ega boʻlib, jamiyat aʼzolari hayotini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan va uning qoidalari muhokama uchun emas, balki turmush mobaynida amal qilish uchundir.
  • Oʻzbek Xalq pedagogikasi uzoq tarixga ega va millatdagi eng konservativ, sekin oʻzgaradigan, ana shu xususiyati tufayli xalqning oʻziga xos qiyofasi saqlanib qolishini taʼminlaydigan hodisa ekanligiga qaramay, oʻz taraqqiyoti davomida bir qator oʻzgarishlarni boshidan kechirdi. Oʻzbek Xalq pedagogikasining taraqqiyot tarixi islomgacha boʻlgan davr xalq pedagogikasi, islom taʼsiri davri xalq pedagogikasi, tashqi taʼsirlar davri xalq pedagogikasi, mustaqillik davri xalq pedagogikasi singari bosqichlardan iborat.

Oʻzbek Xalq pedagogikasining bu tarzda davrlashtirishda xalq ruhiyati, yashash va fikrlash tarzidagi tub sifat belgilarining oʻziga xosligi hisobga olingan. Koʻp ming yillik tarixga ega oʻzbek xalqi ilmiy va moddiy buyum tarzidagi dalillarga koʻra, islom dini qabul qilingungacha boʻlgan vaqtda tamomila oʻziga xos tarzda hayot kechirgan. Olam hodisalarini oʻzgacha yoʻsinda tushungan va izohlagan, hayotdan boshqacha taʼsirlangan va taʼsir koʻrsatgan, tiriklik va oʻlim, u dunyo va bu dunyo, ezgulik va yovuzlik, goʻzallik va xunuklik, savob va gunoh, halol va harom singari tushunchalar oʻzgacha mazmun anglatgan. "Avesto" asari yuzasidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, shuningdek, Selengur, Xorazm, Bolaliktepa, Issiqqoʻrgʻon, Chust, Rishton va Burchmulladan topilgan obidalar shundan dalolat beradi. Islom dinining qabul qilinishi oʻzbek xalqining turmush tarzini tamomila oʻzgartirib yubordi, uni olamning musulmonlar deb atalmish koʻp sonli qavmi bilan yaqinlashtirdi, xalqning turmush tarzi, madaniyati, maʼnaviyati, ruhiyati, iqtisodi va ijtimoiy turmushiga favqulodda katta taʼsir koʻrsatdi. Ayni vaqtda, xalq oʻzining azaliy milliy qiyofasini ham saqlab qoldi. Chunki u qadimdan puxta shakllangan va qatʼiy amal qilinadigan udumlar, odatlar, anʼanalar tizimiga ega edi. Xalq islomni qabul qilgandan keyin uning yashash, fikrlash, taʼsirlanish tarzida sodir boʻlgan oʻzgarishlar Xalq pedagogikasida aks etdi. Endi xalq halol va harom, gunoh va savob, taqdir, qismat, u dunyo va bu dunyo, hayot, oʻlim hamda qayta tirilish borasida tamomila yangi qadriyatlarni oʻzlashtirdi, ularni hayot tarziga, udumlarga, urf-odatlarga, anʼanalarga, marosimlarga, yaʼni ped.ga aylantirdi.

  • Oʻzbek Xalq pedagogikasining bu tarzda davrlashtirishda xalq ruhiyati, yashash va fikrlash tarzidagi tub sifat belgilarining oʻziga xosligi hisobga olingan. Koʻp ming yillik tarixga ega oʻzbek xalqi ilmiy va moddiy buyum tarzidagi dalillarga koʻra, islom dini qabul qilingungacha boʻlgan vaqtda tamomila oʻziga xos tarzda hayot kechirgan. Olam hodisalarini oʻzgacha yoʻsinda tushungan va izohlagan, hayotdan boshqacha taʼsirlangan va taʼsir koʻrsatgan, tiriklik va oʻlim, u dunyo va bu dunyo, ezgulik va yovuzlik, goʻzallik va xunuklik, savob va gunoh, halol va harom singari tushunchalar oʻzgacha mazmun anglatgan. "Avesto" asari yuzasidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar, shuningdek, Selengur, Xorazm, Bolaliktepa, Issiqqoʻrgʻon, Chust, Rishton va Burchmulladan topilgan obidalar shundan dalolat beradi. Islom dinining qabul qilinishi oʻzbek xalqining turmush tarzini tamomila oʻzgartirib yubordi, uni olamning musulmonlar deb atalmish koʻp sonli qavmi bilan yaqinlashtirdi, xalqning turmush tarzi, madaniyati, maʼnaviyati, ruhiyati, iqtisodi va ijtimoiy turmushiga favqulodda katta taʼsir koʻrsatdi. Ayni vaqtda, xalq oʻzining azaliy milliy qiyofasini ham saqlab qoldi. Chunki u qadimdan puxta shakllangan va qatʼiy amal qilinadigan udumlar, odatlar, anʼanalar tizimiga ega edi. Xalq islomni qabul qilgandan keyin uning yashash, fikrlash, taʼsirlanish tarzida sodir boʻlgan oʻzgarishlar Xalq pedagogikasida aks etdi. Endi xalq halol va harom, gunoh va savob, taqdir, qismat, u dunyo va bu dunyo, hayot, oʻlim hamda qayta tirilish borasida tamomila yangi qadriyatlarni oʻzlashtirdi, ularni hayot tarziga, udumlarga, urf-odatlarga, anʼanalarga, marosimlarga, yaʼni ped.ga aylantirdi.

Yüklə 16,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin