Page 1468 boshqaruv tizimiga yuboradi. Huddi ushbu sensorlar bir vaqtning o’zida avtomobilning
g’ildiraklarini tormozlanish vatida qulflanib qolishini oldini olish (ABS – Anti-lock
braking system) tizimi uchun ham ishlatiladi [1].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Bu sensorlar yetaklanuvchi g’ildiraklarining shataksirash jarayoni boshlanganligi
haqidagi axborot signalini tizimning boshqaruv blokiga yuboradi. Elektron boshqaruv
bloki esa dvigatel quvvatini kamaytirish va gaz pedalini bosilish darajasini
kamaytirishda qo’llaniladigan jarayonga o’xshash vzifani avtomatik tarzda bajaradi.
Ya’ni shataksirayotgan g’ildiraklar vaqti – vaqti bilan avtomatik tarzda tormozlanadi.
Natijada avtomobil og’ir yo’l sharoitidan asta–sekin chiqib ketishi tizim elementlari
tomonidan ta’minlanadi. Bu jarayon avtomobil g’ildirak sensorlaridan kelayotgan
axborot signallarining o’zgarishi bilan bog’liq bo’ladi. Ushbu tizimni ishga
tushganligini haydovchi nazorat o’lchov–asboblari panelidagi miltillovchi ESP, ABS va
ASR chiroqlari orqali ko’rishi mumkin. Bundan tashqari haydovchi ESP va ASR
tizimlarini tugmalari orqali o’z xohishiga ko’ra (manual tarzda) yoqib, o’chirishlari
mumkin. Agar ob–havo yaxshi, yo’llar quruq bo’lsa, haydovchi tizimni o’chirib
qo’yishi, zarurat tug’ilganda esa, tizimni yoqishi ham mumkin bo’ladi [2].
1–rasm. ABS/ASR tizimining yengil avtomobildagi kompleks sxemasi.
1-g`ildirak tezligi datchigi, 2-ABS modulyatori, 3-ASR modulyatori, 4-ABS ning
elektron boshqaruv bloki, 5- ASR ning elektron boshqaruv bloki.
Ushbu tizim quyidagi komponentlardan tashkil topgan:
G`ildirak tezligi datchigi. Bu g`ildirak datchiklari harakatlanuvchi har bir
g`ildiraklarda o`rnatilib, avtomobil harakat paytida g`ildiraklarning aylanishlar tezligi
haqidagi quyidagi ma`lumotlarni har bir soniyaning 0,025 ulushida tizimning elektron
blokiga yuborib turadi, masalan:
Aylanish tezligi va g`ildirak burchak tezlashtirish;
Avtomobil tezligi;
Yetakchi g`ildiraklarning shataksirashi;
Avtomobil harakatining holati.