Page 1469 Shuni ta`kidlash lozimki, bu datchiklar faqat g`ildiraklarining burchak tezligini
o`lchash bilan bog`liq bo`lmay balki, aylanish tezligini va yetakchi g`ildiraklarning
harakatlari kabi qolgan ma`lumotlarni taqqoslab turish uchun ham foydalaniladi.
Elektron boshqaruv bloki. Bugungi kunga kelib, ABS va ASR tizimlari uchun
bitta elektron boshqaruv bloki qo`llanilib, uning yordamida har bir ishlab
chiqarilayotgan o`zgaruvchan ma`lumotlar, favqulotda holatlarda tizim bloki ish
bajaruvchi mexanizmlarini ya`ni aktorlarni ishga tushiradi va tizimning elektron
boshqaruv bloki differentsial bilan o`zaro bog’liq holda ishlay boshlaydi.
Ijrochi mexanizmlar. Ish bajaruvchi (ijrochi) mexanizmlar avtomobil o’z
yo’nalishini favqulotda keskin o’zgartirganda va qaysidir g`ildiraklarning sirpanish
jarayonida ABS tizimidagi gidromodulyatorlar bilan bog`langan bir guruh qo`shimcha
elektromagnitli klapanlar orqali dvigatel boshqarilishi hamda tormoz tizimini
faollashuvi hisobiga ishlaydi.
2–rasm. Katta tezlikda harakatlanayotgan ASR tizimiga ega bo’lgan (ko’k rangda) va
ega bo’lmagan (oq rangda) avtomobilning ehtimoliy harakatlanishi.
ASR tizimining ishlash tamoyili juda oddiy bo’lib, avtomobil harakatlanishi
davomida halokatni oldini olish uchun g`ildirak datchiklari yordami bilan g`ildirak
aylanishining tezligi to’g’risidagi axborotni tizimning elektron boshqaruv blokiga
uzluksiz yuborib turadi va elektron blok yordamida kerakli chora-tadbirlar ko`riladi.
Odatda g`ildirak tezligini keskin ko`tarilishi tufayli g`ildirakni shataksirash xususiyati
ortib ketishi, shuningdek, avvtomobilning harakat yo’nalishini o’zgartirib yuborishi
mumkin.