AVS uchburchakda AV = 4, cosB = va sinC = bo‘lsa, AS tomonning uzunligini toping.
AVS uchburchakda AV = 6, BC = 7 va CA = 8 bo‘lsa, V burchakning sinusi toping.
ABC uchburchakda AB = 13, BC = 2 va sinB = . Agar B burchak o‘tmas burchak bo‘lsa, AC tomonning uzunligini toping.
Uchburchakning ikkita burchagi 45° dan, unga tashqi chizilgan aylananing radiusi ga teng. Shu uchburchakning perimetrini toping.
AVS uchburchakda AV = 2, BC = 3 va AS = 4 bo‘lsa, S burchakning sinusini toping.
Uchburchakning tomonlari 4; 5 va 6 sm. 4 sm li tomonning 6 sm li tomondagi proeksiyasi necha sm?
Uchburchakning tmonlari 7; 5 va 6 m. 5 m li tomonning 7 m li tomondagi proeksiyasi necha m?
Uchburchakning tomonlari 4; 5 va 6 m. 5 m li tomonning 6 m li tomondagi proeksiyasi necha sm?
Teng yonli uchburchakning balandligi 15 ga teng. Yon tomoni asosidan 15 ga kam Shu uchburchakning asosini toping.
Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagi β ga, yon tomoniga tushirilgan balandligi h ga teng. Uchburchakning asosini toping.
Teng yonli uchburchakning balandligi 4 ga, asosi 6 ga teng. Uning yon tomonini toping.
Balandligi 6 ga teng bo‘lgan, teng yonli uchburchakning asosi yon tomonidan 6 ga ortiq. Uchburchakning asosini toping.
Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagi β ga, asosiga tushirilgan balandligi m ga teng. Uchburchakning yon tomoniga tushirilgan balandligini aniqlang.
Teng yonli uchburchakning asosi 48 ga, unga tushirilgan balandligi 7 ga teng. Uchburchakning yon tomonini toping.
Teng yonli uchburchakning yon tomoni 25 ga teng. Asosiga tushirilgan balandligi asosidan 25 ga kam. Shu uchburchakning asosini toping.
Teng yonli uchburchakning asosi a ga, uchidagi burchagi α ga teng. Uchburchakning yon tomoniga tushirilgan balandligini toping.
Tomoni ga teng bo‘lgan muntazam uchburchakning ichidagi ixtiyoriy nuqtadan uning tomonlarigacha bo‘lgan masofalar yig‘indisi qanchaga teng bo‘ladi?
ABC uchburchakda A = 60º, C = 45º , BDAC va AD = 3. BC ning qiymatini toping.
Teng yonli uchburchakning asosidagi burchagi 30° ga teng. Shu uchburchakning yon tomonlaridan biri va ikkinchi yon tomonga tushirilgan balandligi orasidagi burchakni toping.
Uchburchakning balandligi 4 ga teng. Bu balandlik uchburchakni perimetrlari mos ravishda 16 va 23 ga teng bo‘lgan ikkita uchburchakka ajratadi. Berilgan uchburchakning perimetrini toping.
Teng yonli uchburchakning yon tomoni 5 ga, uchidagi burchagining kosinusi ga teng bo‘lsa, uning yon tomoniga o‘tkazilgan balandlikni aniqlang.
Teng yonli uchburchak asosining uzunligi yon tomoni uzunligining 40% iga teng. Asosga tushirilgan balandligi 28 ga teng. Shu uchburchakning yon tomoniga tushirilgan balandlikni toping.
Teng yonli uchburchakning yon tomoni 38,6 ga, asosiga tushirilgan balandligi esa 19,3 ga teng. Asosidagi burchaklarining bissektrissalari kesishishidan hosil bo‘lgan o‘tmas burchakni toping.
Uchburchakning tomonlari 6; 9 va 12 ga teng. Eng katta burchak bissektrisasi uchburchakning tomonidan ajratgan kesmalarning kattasini toping.
Uchburchak ikki tomonining nisbati 2:3 kabi. Uchinchi tomonining uzunligi 40 ga teng. Uchinchi tomon qarshisidagi burchak bissektrisasi shu tomondan ajratgan katta qismining uzunligini toping.
AVS uchburchakning bissektrisasi AS, tomonni 28 va 12 ga teng bo‘lgan kesmalarga ajratadi. Agar AVVS=18 bo‘lsa, berilgan uchburchakning perimetrini toping.
Teng yonli uchburchakning asosi 1 ga, yon tomonlari 2 ga teng. Uchburchakning asosidagi burchagidan yon tomoniga tushirilgan mediana va bissektrisaning yon tomon bilan kesishgan nuqtalari orasidagi masofani toping.
Uchburchakning tomonlari 5; 7 va 10 ga teng. Katta burchakning bissektrisasi bissektrisalarning kesishgan nuqtasi orqali uchburchakning uchidan boshlab hisoblanganda qanday nisbatda bo‘linadi?
Teng yonli to‘g‘ri burchakli uchburchakning o‘tkir burchagi bissektrisasi qarshidagi katetni to‘g‘ri burchak uchidan hisoblaganda qanday nisbatda bo‘ladi?
To‘g‘ri burchakli uchburchak o‘tkir burchagining bissektrisasi (qarama-qarshi) katetni uzunliklari 4 va 5 ga teng bo‘lgan qismlarga ajratadi. Shu uchburchakning perimetrini toping.
Gipotenuzasi 10 ga, katetlaridan biri 8 ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchakning kichik burchagi uchidan o‘tkazilgan bissektrisaning uzunligini toping.
ABC uchburchakning A burchagi bissektrissasi BC tomonni uzunliklari 12 va 9 bo‘lgan ikki kesmaga ajratadi. Agar AC–AB=4 bo‘lsa, ABC uchburchakning perimetrini toping.
Teng yonli uchburchakning uchidan asosiga tushirilgan balandligi 26 ga teng. Asosining uzunligi yon tomoni uzunligining 60% iga teng. Shu uchburchak bissektrisalarining kesishgan nuqtasi uning uchidan qanday masofada joylashgan?
Uchburchakning asosi 22 ga, yon tomonlari 13 va 19 ga teng. Asosiga tushirilgan medianasini toping.
Uchburchakning tomonlari 11 va 23 ga. uchinchi tomoniga tushirilgan medianasi 10 ga teng. Uchburchakning uchinchi tomonini toping.
Uchburchakning tomonlari 7 va 11 ga, uchinchi tomonining medianasi 6 ga teng. Uchburchakning uchinchi tomonini toping.
Uchburchakda medianalar kvadratlarining yig‘indisini tomonlari kvadratlari yig‘indisiga nisbati nechaga teng?
Uchburchak tomonlari 7 va 11 ga, uchinchi tomoniga tushirilgan medianasi 6 ga teng. Uchburchakning uchinchi tomonini toping.
AVS uchburchakning AK medianasi AS tomon bilan 30º burchak tashkil qiladi. Agar AK = va bo‘lsa, VS tomonning uzunligini toping.
To‘g‘ri burchakli uchburchak kateti 8 sm, uning gipotenuzadagi proeksiyasi esa 6,4 sm. Shu uchburchakning yuzasi necha sm2 ?
Uchburchakning a va b tomonlari orasidagi burchak α ga teng. Uchburchak yuzasi quyidagi ifodalardan qaysi biriga teng?
ABC uchburchakda AB=5 sm, AC=10 sm va A=45. Shu uchburchakning yuzi necha sm2.
Tomonining uzunligi bo‘lgan muntazam uchburchakning yuzini toping.
Tomonlari 13; 14 va 15 sm bo‘lgan uchburchakning eng kchik balandligi necha sm?
To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlaridan biri 12, gipotenuzasi esa ikkinchi katetdan 6 ga ortiq. Uchburchakning yuzini toping.
To‘g‘ri burchakli uchburchak gipotenuzasi 50 sm, katta katetning gipotenuzadagi proeksiyasi 32 sm. Shu uchburchak yuzini toping.
To‘g‘ri burchakli uchburchak gipotenuzasi 10 sm, kichik katetning gipotenuzaga proeksiyasi esa 3,6 sm. Shu uchburchakning yuzi necha sm2 ?
AVS uchburchakda AV sm, AS sm va A 45. Shu uchburchakning yuzi necha sm?
AVS uchburchakda AV = 3 sm, AS = 6 sm va A = 45º. Shu uchburchakning yuzi necha sm2?
Katetlarining nisbati 2:3 kabi bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi 13 ga teng. Uchburchakning yuzini toping.
Agar uchburchakning asosi 20% uzaytirilib, balandligi 20% qichqartirilsa, uning yuzi qanday o‘zgaradi?
Katetlaridan biri 8 ga teng bo‘lgan to‘g‘ri burchakli uchburchak gipotenuzasining ikkinchi katetiga nisbati 5:3 ga teng. Uchburchakning yuzini toping.
Uchburchakning katetlaridan biri 6 ga teng, ikkinchisi gipotenuzadan 2 ga kam. Uchburchakning yuzini toping.
Uchburchakning yuzi 6 ga teng. Shu uchburchakning 3 va 8 ga teng tomonlari orasidagi burchakni toping.
Teng yonli uchburchakning perimetri 14 ga teng. Asosi yon tomonidan 3 marta kichik. Uchburchakning yuzini toping.
Muntazam uchburchakning yuzi 25 ga teng. Uning tomonini toping.
ABC uchburchakda A=30º, AB= , AC=4. A uchidan tushirilgan balandlik uzunligini toping.
Muntazam uchburchakning ichidagi ixtiyoriy nuqtadan uning tomonlarigacha bo‘lgan masofalar yig‘indisi ga teng. Uchburchakning yuzini toping.
funksiyaning OX o‘qi bilan kesishish nuqtalaridan hamda funksiya grafigining eng quyi nuqtasini tutashtirishdan hosil bo‘lgan uchburchakning yuzini hisoblang.
2x + 3y – 6 = 0 to‘g‘ri chiziq va koordinata o‘qlari bilan chegaralangan uchburchakning yuzini toping.
Teng yonli uchburchakning asosi 18 ga, yuzi 108 ga teng. Shu uchburchakning yon tomonini toping.
parabolaning grafigi OX o‘qini A va B nuqtalarda, OY o‘qini S nuqtada kesib o‘tadi. ABC ning yuzini toping.
AVS ning AV va VS tomonlari orasidagi burchagi 30° ga teng. Agar AV va VS tomonlar orasidagi burchak 120° ga orttirilsa, AVS ning yuzi qanday o‘zgaradi?
ABC uchburchkda A=30º, AB= , AC=6. A uchidan tushirilgan balandlikning uzunligini toping.
Agar teng yonli to‘g‘ri burchakli uchburchakning yuzasi 18 ga teng bo‘lsa, gipotenuzaning uzunligi qanchaga teng bo‘ladi?