Social-pedagogical significance of forming the research activity of primary class students on the basis of concentrism Farzona ollokulova



Yüklə 116,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü116,18 Kb.
#190780
1   2   3   4
Farzona OLLOKULOVA

TAHLIL VA NATIJALAR 
O‘quvchi yoshlarning nufuzli xalqaro baholash dasturida ishtirok etib
muvaffaqiyatli natij
alarga erishishlari uchun nafaqat ularning belgilangan yo‘nalishlar 
bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashni, balki o‘quv jarayoniga ongli munosabatni 
shakllantirish, bilim olish, muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi, faolligini oshirish, ilmiy, 
ijodiy, o‘z ustlarida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, tadqiqotchilik 
faoliyatini tashkil 
etish, bilishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, hayotiy 
faoliyatda yuzaga keluvchi turli muammolarni qiyosiy tahlil qilish, mushohada yuritib 
maqbul yec
himlarni tanlay olish, qat’iy qaror va pozitsiyaga ega bo‘lish kabilarni 
o‘quvchilar faoliyatida konsentrizm asosida shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Konsentrizm bu mavjud muammoni bir necha marta, lekin murakkablik 
elementlari bilan, kengaytirilg
an holda, ta’lim mazmunini yangi komponentlar bilan 
boyitgan holda, ular o‘rtasidagi bog‘liqlik va uzviylikni chuqurroq hisobga olgan holda 
taqdim etilishiga imkon beradi. 
Konsentr soʻzi lotincha kon
-
(birlashma, jamoa, moslik maʼnosini bildiruvchi 
prefiks) 
va centrum (markaz, konsentratsiya) soʻzlaridan hosil boʻlgan. 
Konsentrik usul 
biron-
bir muammoni o‘rganish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi. So‘ngra ushbu muammo 
diqqat (tadqiqot) markaziga qo‘yiladi va unga bog‘liq, yaqin, masalalar, savollar, 
hodisala
r, faktlar va hokazolarga oid mavzular atrofida davralarda to‘planadi, so‘ngra 
muammo yechimini ko‘rsatuvchi keyingi savollar orqali yechimga keltiriladi.


Жамият
ва
инновациялар

Общество
и
инновации

Society and innovations 
Special Issue 

10 (2022) / ISSN 2181-1415 
130 
Kuzatishlarimiz 
shuni ko‘rsatadiki, kishining ma’lum yosh davrida bilimni 
egallashga bo‘lgan ehtiyojning kuchliligi, tevarak atrofda ro‘y berayotgan voqea 
hodisalarga tanqidiy tahliliy yondashish, uni o‘zlashtirishga nisbatan faol harakatning 
namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanuvchi sinzetiv davr mavjud. Aynan kichik yosh davrida 
ayniqsa 6-10 yosh bolaning b
ilishga bo‘lagan motivi kuchli bo‘lib, tevarak atrofni idrok 
etish, hodisalarning mohiyatini anglashga bo‘lgan harakat ayni faollashgan jarayon 
hisoblanadi. “Bu nima?, “Nima uchun bunaqa?”, “Nimalardan tarkib topgan?” kabi 
savollar orqali atrof olamni o‘rganishga uni o‘zlashtirishga
harakat kichik yosh davriga 
xos xususiyatdir. Har bir shaxs mavhum, shakllanmagan, unversal izlanuvchanlik, 
ijodkorlik, tadqiqotchilik layoqatiga ega. Bolaning kichik yosh davridan boshlab, ayniqsa 
2-3 yosh davrida atrofdagi bar
cha narsalarni ushlab ko‘rishga, rangini farqlashga, 
tishlashga, buzib, tuzib k
o‘rishga ko‘rinishini o‘rganishga qaratilgan faoliyat yuzaga 
keladi. Soat sayin qiziqishlari oshib 
fantaziyalar yaratish, yana ham ko‘proq narsalarga 
egalik qilish, uni buzish q
ayta tuzish, nimalardan yasalganligini o‘rganish, anglangan 
hatti-
harakatlarini takror bajarib ko‘rish, oyoq qo‘l harakatlari orqali yuzaga kelgan 
tovushlarni qayta-qayta bajarib ritmliligini anglashga harakat qiladi. Bolada 
tadqiqotchilik, yangiliklar yaratishga qiziqishini rivojlantirish maqsadida ulardagi 
motivni qo‘llab quvvatlash, rag‘batlantirish, yangi narsalarga intilish, atrof
-muhitni 
o‘zlashtirishga ko‘maklashish lozim. Tadqiqotchilik faoliyatini ro‘yobga chiqarish, 
qobiliyatga aylantirish esa tiz
imli ravishda avvalo oilada, so‘ng ta’lim muassasasida 
uzluksiz ta’lim
-
tarbiya orqali amalga oshiriladi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim va tarbiya 
va uning davomi sifatida boshlang‘ich ta’lim va tarbiya jarayoni bola aqliy intellektual 
faoliyati rivojlanishid
a yetakchi sanaladi. Bunda berilayotgan ta’lim mazmuni, o‘quv 
materialining murakkablik darajasi, uni tashkil etish va amalga oshirish shakli 
o‘quvchilarda yuzaga keladigan bir muncha murakkab aqliy faoliyatini tizimli, tartibli, 
izchil shakllantirishga asos hisoblanadi. L.V. 
Zankov o‘quv materialining yuqori 
qiyinchilik darajasida o‘qitish lozimligini “ rivojlanish ta’lim tamoyillari”
konsepsiyasida, 

“Agar o‘quv materiali va uni o‘rganish usullari shunday bo‘lsa, maktab o‘quvchilari 
uchun hech qanday to‘siqlarni yengib o‘tish kerak emas, demak, bolalarning rivojlanishi 
sust va zaifdir



deb ta’kidlaydi. 
Tadqiqotchilik faoliyati yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati 
turlaridan biri. Unga intellektual qobiliyat, obʼyektivlik, ishonch
lilik, kreativlik, 
inovatsionlilik, ijodkorlik, tizimlilik, nostandart yondashuv, farazlarni ilgari surish, 
mushohadalilik, aniqlik xos. Tadqiqotchilik amaliyot va nazariyadan iborat. 
Tadqiqotchilik faoliyatiga konsentrik yondashuv ilmiy farazlarni oldindan tahlil etish, 
tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni tahlil etish, mavjud echimlarni murakkablashgan 
savollar orqali farazga olib borish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan 
dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat 
yuritish. Mazkur vazifalarni amalga 
oshirish konsentrizm asosida tashkil etilishi, ta’lim
-
tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, 
ta’lim
sifat ko‘rsatkichi
bo‘yicha
yuqori darajani 
egallash maqsadida 
o‘qituvchining va o‘quvchilarning
pedagogik o‘quv
-bilish faoliyatini 
uygunlashtirish va o‘quv faoliyatini to‘g ‘ri tashkil qilishni talab etadi.
Tadqiqotchilik 
o‘
quv faoliyatini t
o‘g‘
ri tashkil qilishning 
o‘
zi yetarli emas. Kichik maktab yoshidagi 
o‘
quvchilarda tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishning eng muhim jihati eng avvalo 
ularni tadqiqotchilik ruhida tarbiyalashdir. Bunda 
o‘
quvchi ushbu faoliyatga nisbatan 
qalbida paydo bo‘lgan munosabatni bilishi muhim. Har qanday ishni amalga oshirish eng 


Жамият
ва
инновациялар

Общество
и
инновации

Society and innovations 
Special Issue 

10 (2022) / ISSN 2181-1415 
131 
avvalo ehtiyojga aylanishi, bola uni beixtiyor qiziqib ijodiy faoliyatga aylantirishi muhim. 
Shunda bola tevarak atrofdagi oddiy elementlarni ham o‘zi uchun kashf eti,b tadqiq eta 
boshlaydi, uni o‘rganishga harakat qiladi, nostandart yechimlarini ko‘
rsata oladi, tadqiq 
eta boshlaydi. 
Tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etishda shaxsdagi mavjud aqliy imkoniyatlarni 
harakatga keltirib muammoni aniqlay olish, tanlangan muammo yuzasidan mavjud 
nazariyalarni tahlil qilish, farazni ilgari surish, yechimga sabab bo‘luvchi metod va 
vasit
alarni tanlash, o‘zlashtirish material to‘plash, ularni saralash va umumlashtirish, 
shaxsiy xulosalar chiqarish konsentrizmga asoslangan holda amalga oshiriladi. Shu 
o‘rinda tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish ma’lum bir tuzilishga ega emas. 
Uni har 
bir shaxs 
o‘
zining bilish, 
o‘
zlashtirish imkoniyatidan kelib chiqib, amalga oshiradi. Shu 
boisdan tadqiqot faqatgina kundalik darslarda olib boriladigan ko‘rsatmalardan iborat 
ta’lim jarayoni bo‘
lib qolmasligi, kundalik har qaysi jarayonda yuzaga keluvchi 
muammolarni tahliliy, tanqidiy yechimlarni ko‘rsatuvchi xarakter xususiyat sifatida 
namoyon b
o‘
lishi lozim. Bunda ayniqsa pedagog faqatgina tadqiqotni tashkillashtiruvchi, 
uni amalga oshishini nazorat qiluvchi b
o‘
lib qolmasdan, ilmiy qoidalarga mos 
kelmaydigan tadqiqotchi pozitsiyasini egallashi, yangi yechimlardan hayratlanishi va 
muhim, qiziqarli jihatlarini tahlil qilishi zarur. Bu 
o‘
quvchilarda 
o‘
ziga b
o‘
lgan ishonchni 
ortishiga yangi 
g‘
oya va fikrlarning namoyon b
o‘
lishiga, 
o‘
z ustida k
o‘
proq ishlash va 
yangi yechimlarni k
o‘
rsatishga b
o‘
lgan motivni kuchayishiga xizmat qiladi. 
O‘quvchilarda tadqiqotchilik faoliyatini konsentrik uslubda shakallantirish bu 
masalaga tanqidiy tahliliy yondashuvni, mulohaza, fikr va xulosaga tayanishni, har 
qanday m
asalaga ongli yondashuvni to‘g‘ri, asosli yechimni taklif eta olish malakasini 
egallashning muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa bugungi fan va texnika rivojlangan bir 
davrda o‘z qat’iy qaror va g‘oyaga ega bo‘lgan, tadqiqotchilik faoliyati rivojlangan ijodkor,
istedodli, novator o‘quvchilarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Xo‘
sh, bunday 
o‘quvchilarni qanday tarbiyalash mumkin? Qachonki bajarilayotgan har qaysi ish ijodga 
aylansa, ya’ni motivatsion, ijodiy yondashilsa, samarali natijaga erishiladi. Shu jihatdan, 
o‘
quvchilarda tadqiqotchilik faoliyatini tarkib toptirish murakkab ijtimoiy-pedagogik 
jarayon b
o‘
lib, bu faoliyatni amalga oshirish tizimli, uzluksiz pedagogik faoliyatni talab 
etadi. Eng avvalo shaxsda qiziqish motivini shakllantirish, ehtiyojlarni aniqlash 
ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Shunda bajarilayotgan ish ijodiy ahamiyat kasb etib 
samarali natijaga erishiladi. O‘quvchilar
mustaqil ishlarga, tadqiqot loyihalarida faol jalb 
etishga o‘rgatish
ularda qiziqish, yangi g‘oyalar yaratish, o‘rganish va o‘zlashtirish, 
ixtirolar qilish, ularni tahlil qilish amaliy ahamiyatini aniqlash, taqqoslash, fikrlarni 
hurmat qilishni o‘rgatadi. 
Boshlang'ich sinf 
o‘
quvchilarida konsentrizm asosida tadqiqotchilik faoliyatini 
shakllantirishning pedagogik shartlari: 
1. Yosh va individual xususiyatlarni hisobga olish. 
Bolaning yosh xususiyati uning aqliy faoliyat darajasini aniqlashda, beriladigan 
ma’lumotlar sig‘
imi va 
o‘
zlashtirish imkoniyatlarini aniqlashga imkon beradi. Induvidial 
yondashuv esa har bir bolaning 
o‘
ziga xos layoqat va qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga 
olgan holda tadqiqot jarayonini tizimlashtishidir. 
2. 
O‘
quvchilarning tadqiqot jarayonini faollashtirish. 
Dars va darsdan tashqari jarayonlarda tadqiqotchilik faoliyatini ra
g‘
batlantirish, 
o‘
quv faoliyati mazmunini muammoli izlanuvchan vaziyatlar orqali murakkablashtirish, 


Жамият
ва
инновациялар

Общество
и
инновации

Society and innovations 
Special Issue 

10 (2022) / ISSN 2181-1415 
132 
o‘
quvchilarning yangi 
g‘
oya va firlarini q
o‘
llab quvvatlash, samarali yechimlarni k
o‘
rsata 
olishga ishontirish, motivatsiya berish va qiziqish chegarasini kengaytirish orqali amalga 
oshiriladi. 
3. 
O‘
quvchilarda tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirishning konsentrizm asosida 
qurishni ta’minlash.
O‘
quvchi yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlarni tahlil qila olish, farazni ol
g‘
a sura 
olish, yechim variantlarini k
o‘
rsatish va 
qaytar aloqani ta’minlash ya’ni yechimlarni 
muammoga bo
g‘
lash va maqbul yechimlarni k
o‘
rsata olishni nazarda tutadi. 
4. Boshlan
g‘
ich sinf 
o‘
quvchilarida tadqiqotchilik faoliyatini konsentrizm asosida 
shakllantirishning maqsadliligi va 
tizimliligini ta’minlash.
O‘
quv jarayoni 
o‘
quvchining kundalik faoliyatini tadqiqotchilik xarakterda amalga 
oshirish uchun dastlabki bilim k
o‘
nikmalar bilan qurollantiradiva boyitib boradi. Bunda 
butun 
o‘
quv jarayonini maqsadli va tizimli tashkil etishni o

quv vazifalarini 
murakkablashtirib, doimiy muammoli vaziyatlar yaratish, izlanuvchan xarakterli, ijodiy, 
tanqidiy yondashish asosida qurishni va kundalim faoliyatga aylantirishni nazarda tutadi. 
5. 
Samarali ta’lim muhitini yaratish.
O‘
quvchilarda tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish avvalo 
o‘
qituvchining 
ta’limni insonparvarlashtirishi va yuksak kasbiy mahoratni egallaganligi orqali 
tavsiflanadi. Bunda 
o‘
qituvchi tadqiqotchilik faoliyatini har bir dars mazmunida singdirib 
borishi ya’ni turli muammoli 
vaziyatlarni keltirishi, 
o‘
quvchilarni fikrlashga undashi, 
bildirilayotgan fikrlarni q
o‘llab quvvatlashi va ba’zi yechimlardan hayratlana olishi, 
tadqiqotchi pozitsiyasini egallashi va mavjud yechimlarni umumlashtirish va maqbul 
yechimni k
o‘
rsata olishidir. 
6. Boshlan
g‘
ich sinf 
o‘
quvchilari xarakter xususiyatida tadqiqotchilik faoliyatini 
singdirish. 
O‘quvchilarda ta’lim samaradorligi bu kundalik faoliyatni tizimli va to‘g‘
ri tashkil 
etish va uning odat tusiga aylanishga bo
g‘liq. Bunda ta’lim mazmunini muam
moli 
izlanuvchan xarakterda tashkillashtirish bola faoliyatida adabtatsiya hosil b
o‘
lishiga, 
mavjud muammoga tanqidiy tahliliy yondashuvchanlik paydo b
o‘
lishiga olib keladi. 
XULOSA 
Boshlan
g‘
ich sinf 
o‘
quvchilarida konsentrik usulda tadqiqotchilik faoliyatini tashkil 
etish bosqichlari: 
1.
O‘
quvchilarda muayyan muammoga qiziqish motivini shakllantirish. Bunda 
o‘
qituvchining faoliyati yetakchi jarayon hisoblanib, 
o‘
quvchilarda k
o‘
rsatmalar orqali 
y
o‘
l y
o‘
riq berish, tadqiqot natijasini k
o‘
rsatish va uning ahamiyatini ochish orqali 
tavsiflanadi. 
2.
O‘
quvchilarda ijtimoiy ehtiyojni aniqlash k
o‘
nikmalarini shakllantirish. 
O‘
quvchilar tadqiqotning ijtimoiy hayotdagi amaliy ahamiyatini, zaruriyatini aniqlash 
orqali tadqiqotning ijobiy salmo
g‘
ini belgilash. 
3.
Bir qancha 
g‘
oya va farazlarni yaratish va ol
g‘
a surish.
4.
Muammoni bir qancha yechimlarini aniqlash va tahlil qilish; 
Muammo yuzasidan bir qancha nazariy, amaliy yechimlarni k
o‘
rsatish, tahlil qilish, 
umumlashtirish va 
o‘
z nuqtai nazarini himoya qila olish. 
5.
Yechimlarni murakkablashgan savollar orqali muammoga bo
g‘
lash. 
6.
Maqbul yechimlarni tanlay olish va umumlashtirish. 
7.
Xulosalar chiqarish, ixtirolar qilish. 


Жамият
ва
инновациялар

Общество
и
инновации

Society and innovations 
Special Issue 

10 (2022) / ISSN 2181-1415 
133 
Ilmiy izlanishlarimiz shuni k
o‘
rsatmoqdaki, boshlan
g‘
ich sinf 
o‘
quv jarayonlarini 
doimiy murakkablashtirib, tizimli, dinamik tashkil etish va darsdan tashqari 
mash
g‘
ulotlarni tez-tez uyushtirish, tashkil etish shakllarining xilma-xilligiga erishish 
o‘quvchilarning ma’naviy kuchining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningde
k, har bir fan 
doirasida mavzuga oid muammolarni q
o‘
yilishi va yechimlarni izlab topishga b
o‘
lgan 
ishtiyoqni kuchaytirish, 
o‘
qituvchining k
o‘
rsatmalari asosida turli yechimlarni k
o‘
rsata 
olish va umumlashtirish ham 
o‘
quvchi yoshlarda tevarak atrofni bilishda har bir narsa, 
voqea, hodisa, jarayonga nisbatan savol nazari bilan qarash nomalum b
o‘
lgan yangi 
xususiyatlarini izlashga, kashf etishga 
o‘
rgatadi. 
Shunday qilib, boshlan
g‘ich ta’limda o‘
quvchilar tadqiqotchilik faoliyatini 
shakllantirish shaxsning rivojlanishi bilan bo
g‘
liq b
o‘
lib, 
o‘
quv faoliyati jarayonida 
mukammalashib, boyib boradi va bu jarayon konsentrik usulda doimiy amalga oshirilib 
ta’lim mazmunida o‘
z aksini topsa, maqsadga muvofiq b
o‘
ladi. 
Boshlan
g‘
ich sinf 
o‘
quvchilarida konsentrik usulda tadqiqotchilik faoliyatini tashkil 
etishda aynan bir andoza mavjud emas. Shu boisdan, 
o‘
quvchilarda tadqiqotchilik 
faoliyatini konsentrik yondashuv asosida tashkil etishning ahamiyatli jihati shundaki, 
bunda eng avvalo bolada tadqiqotchilik faoliyatiga nisbatan motiv berish, qiziqish 
k
o‘
lamini kengaytirish, kundalik faoliyatga aylantirish, kreativlilik, ijodiy, tanqidiy, 
tahliliy yondashuv, novatorlik kabi fazilatlar ham yetakchi faoliyat hisoblanadi va 
umumiy yaxlit tarzda namoyon b
o‘
ladi. 

Yüklə 116,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin