Sodda gap qolipi va uning turlari


Gapning shakllanishida leksik omil



Yüklə 347,61 Kb.
səhifə15/18
tarix04.07.2023
ölçüsü347,61 Kb.
#135648
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Sоddа va qo\'shma gap

Gapning shakllanishida leksik omil. Fikr tushunchalarsiz bo‘lmagani kabi gapning ham asosida, avvalo, so‘z yotadi. Zero, gapning asosidagi atov birligi voqelangan leksemalardir. Leksemalarning guruhlanishida ham yetakchi omillardan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyatlari yotishi bejiz emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap bo‘laklari va so‘z tushunchalari munosabati ustuvor masalalardan biri sifatida qaraladi. Gap bo‘laklari turli mustaqil so‘z turkumlari bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo‘lagi uchun ma’lum bir so‘z turkumi ko‘proq xoslangan bo‘ladi – semantik va grammatik xossalari bilan ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasiga mos so‘zlar bor. Masalan, «kesim vazifasida kelish uchun ko‘proq fe’l xoslangan» (I.Meshchaninov.) Ega, to‘ldiruvchi vazifasida, asosan, ot va ot vazifasidagi so‘zlar keladi. Bu so‘z turkumlarining umumiy ma’noviy tabiati va grammatik xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko‘proq tobe bo‘lak (ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelovchi vosita bo‘lgan kelishik qo‘shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko‘proq fe’l kelganligi bois kesimlik shakllari faqat unga xosdek tasavvur uyg‘otadi. Bu turkumlarning qaysidir vazifaga ko‘proq xoslanganligi bilan belgilanadigan «aldamchi» tasavvurlardir.
Aytilganlar asosida shunday pirovard xulosaga kelish mumkin: har bir so‘z turkumi muayyan gap bo‘lagi vazifasiga ko‘proq xoslangan bo‘lsa-da, bu vazifada boshqa turkum so‘zlari ham kelaverganligi kabi, ma’lum vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. Shu boisdan so‘zning qaysi turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror bo‘lmagan asos vazifasini o‘taydi.
Gapning shakllanishida morfologik omil. Gapni so‘z, so‘z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko‘rsatgich – kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllanganligidir. Zero, eng «kichik» gap morfologik shakllangan atov birligidir. Misollar: O‘qituvchiman. Ishladim. Bu «kichik» gaplar atov birligi (o‘qituvchi, ishla)dan mahrum etilsa, bu o‘z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl – [-dim] qoladi. So‘z birikmasida shu hol yuz beradi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so‘z, SB)dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli bamisoli qaratqich va tushum kelishiklari qo‘shimchalari kabi gapda asosiy sintaktik vazifa – kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakldir. Vositasiz to‘ldiruvchi vazifasidagina kelish tushum kelishigi shakli uchun qanchalik qat’iy va xususiy bo‘lsa, «Kelay», «O‘qituvchiman» kabi nutqiy birliklaridagi morfologik shakllar uchun kesimni shakllantirish shunchalik qat’iy va xususiydir.



Yüklə 347,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin