Sodda gap turlari reja: Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari


Kesimsiz gaplar: Cho‘l! ... Cho‘lning ham o‘z gashti bor, zavqi bor! (Sh. Xolmirzayev)



Yüklə 129,71 Kb.
səhifə2/5
tarix15.12.2022
ölçüsü129,71 Kb.
#74994
1   2   3   4   5
7-TAQDIMOT.Gaplarning tuzilish jihatdan turlari

2. Kesimsiz gaplar: Cho‘l! ... Cho‘lning ham o‘z gashti bor, zavqi bor! (Sh. Xolmirzayev).

EGASIZ GAPLARNING TURLARI

1. Egasi topiladigan gaplar egasini kesim orqali beriladigan so‘roq bilan topish mumkin bo‘lgan gaplardir: Qayoqqa borishni, nima qilishni bilmas edim.(X.T.)

2. Egasi topilmaydigan (shaxssiz) gaplar kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega)ni topish mumkin bo‘lmagan bir bosh bo‘lakli gaplardir: Shu tor yo‘ldan Afg‘onistonga o‘tsa bo‘ladi. (K.Yashin.)

EGASI TOPILADIGAN GAPLAR

1. Shaxsi aniq gap kesimi, asosan, fe’l bilan, ba’zan fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli gapdir: Ikki marta ilonlar galasiga ham uchrab qoldim. (X.T.)

2. Shaxsi noaniq gap kesimi, odatda, fe’l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir bosh bo‘lakli gapdir: Xuddi shu kunning ertasiga kimdir uni qidirib yurganini aytdilar. (J.Abdullaxonov).

EGASI TOPILADIGAN GAPLAR(davomi)

3.Shaxsi umumlashgan gap kesimi fe’l bilan ifodalanib, umumga qaratilgan bir bosh bo‘lakli gapdir:

Tilingni botir qilma, o‘zingni botir qil. (Maqol)

Salobatli bo‘lma, sabotli bo‘l. (Maqol).

shaxsi aniq va shaxsi noaniq gaplarning farqini toping:

1. O‘qishni chidaganga chiqargan.

2. Ikkita she’rlar to‘plami chiqargan.

EGASI TOPILMAYDIGAN (SHAXSSIZ) GAPLAR

1. Momaqaldiroqning gumburiga chidab bo‘lmaydi. (J.Abdullaxonov).

2. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»)

3. Unga pastdan ikki yuz ellik uchta tosh zinani bosib chiqiladi. (K.Yashin).

4. Mashina kabinasidan chiqishga to‘g‘ri keldi. (Ch.Aytmatov).


Yüklə 129,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin