1. To’liq gaplar. To‘liq gaplarda fikrni ifodalash uchun zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi.
2. To’liqsiz gaplar. To‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi.
Masalan: - Ilgari qayerda ishlagan edilar? (To‘liq gap). – Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.) (To‘liqsiz gap).
SODDA GAPLARNING BO‘LAKLARGA AJRALISH-AJRALMASLIGIGA KO‘RA TURLARI
Bo‘laklarga ajraladigan gaplar.
So‘zlar bog‘lanmasidan yoki yakka so‘zdan tuzilib, gap bo‘laklarini aniqlash (ajratish) mumkin bo‘lgan gaplar bo‘laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: Mashina darvoza oldida to‘xtadi. (O.Y.).
2. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar. Bir so‘zdan tashkil topib, tarkibi bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.). SODDA GAPLARNING BO‘LAKLARGA AJRALISH-AJRALMASLIGIGA KO‘RA TURLARI UYGA VAZIFA 1.“Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami”dagi tegishli mashqlarni bajarish. 2.LTQdagi mavzuga tegishli qoliplarni to’ldirish.