Sodda masalalarni yechish haqida tushuncha. Integrativ mashg‘ulotlar yordamida bolalarni ijodiy rivojlantirish



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə4/7
tarix16.04.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#98772
1   2   3   4   5   6   7
maktabgacha ta\'lim

Mashg’ulot tashkil etish tartibi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitish o‘ziga xos xususiyatga ega. Maktabgacha ta’lim yoshida echilishi kerak bo‘lgan vazifalar hal qilinmasa, maktabda o‘qitish muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Bu vazifalardan biri konkret bilimlar va tafakkur usullaridan abstrakt bilim va usullarga o‘tishdan iborat. Bu xil o‘tish saviyasi, ayniqsa, matematika o‘qitish uchun zarurdir. Bunday saviyaning bo‘lmasligi yoki etarli bo‘lmasligi ikki tomonlama qiyinchilikka olib keladi. Bir tomondan, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ko‘pincha maktabga mavhum matematik usullarni egallagan holda keladilar, bo‘larni bartaraf qilish juda qiyin bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bolalar maktabda abstakt bilimlarni egallar ekanlar, ko‘pincha ularni formal, asl mazmunini tushunib etmagan holda o‘zlashtiradilar. SHuning uchun ham konkret shart- sharoitlarda matematik bilimlarni qo‘llanish
imkoniyati juda cheklangan bo‘ladi. SHu sababli Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni o‘qitishning muhim vazifasi matematik abstraktlashlar bilan konkret borliq orasidagi bog‘lanishni ta`minlaydigan bilim va harakatlarning oraliq saviyasini shakllantirishdan iborat bo‘lishi kerak. 1
Tekshirishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalarga matematika o‘qitishda o‘tish saviyasi mazmuni quyidagilardan iborat:
Birinchidan, shunday faoliyat va masalalarni o‘zlashtirish kerakkki, ularda matematik operatsiyalarni qo‘llashning zarurligi bolalarga yaqqol ko‘rinib turadi.
Bu, bir tomondan, bolaning amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liq (tenglashtirish, taqqoslashga oid) masalalar, ikkinchi tomondan, ularga shunday shartlar kiritiladiki, bunda mazkur masalalarni matematik vositalardan foydalanmay turib (masalan, fazoda ajratib qo‘yilgan ikki to‘plamni amalda tenglashtirish) amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, muhitning shunday munosabatlarini ajratish kiradiki, bu munosabatlarni qo‘llanishi bolaga konkret buyumlarni matematik ob`ektlarga o‘tish
(masalan, buyumlarni ma`lum belgilari bo‘yicha guruhga kiritish va shu asosda to‘plam munosabatlarini, qism- butun munosabatlarni hosil qilish) imkonini beradi.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin