To’lovchilar
|
Me’yoriy qiymatga foizlardagi stavka*
|
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
|
2,8
|
*) Bunda jamoat binolari va hovlilari band etgan yerlar bo’yicha baholash 2,0 koeffitsientini qo’llash orqali amalga oshiriladi.
Izoh:
Qishloq xo’jaligi yerlarining har bir xo’jalik bo’yicha me’yoriy qiymati O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan belgilanadi.
Egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida vujudga kelgan yer uchastkalari uchun soliq solinadigan baza yer uchastkalariga bo’lgan huquq vujudga kelgan oydan keyingi oydan boshlab hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq solinadigan baza yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan boshlab kamaytiriladi.
Yuridik shaxslarda yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozga bo’lgan huquqlar vujudga kelganda soliq solinadigan baza bu huquq vujudga kelgan oydan boshlab kamaytiriladi. Yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozga bo’lgan huquq tugatilgan taqdirda, soliq solinadigan baza bu huquq tugatilgan oydan keyingi oydan boshlab ko’paytiriladi.
Yagona yer solig’ini to’lashdan quyidagilar ozod qilinadi:
soliq Kodeksi 362-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelgan taqdirda, yangi tashkil etilgan qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oydan boshlab ikki yil muddatga. Mazkur imtiyoz tugatilgan fermer xo’jaliklari bazasida tashkil etilgan fermer xo’jaliklariga tatbiq etilmaydi;
ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda ushbu imtiyoz qo’llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo’llanilgan butun davr uchun to’liq miqdorda undiriladi.
Qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar – yagona yer solig’i to’lovchilarga soliq Kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan yer solig’i bo’yicha imtiyozlar ham tatbiq etiladi.
Kalendarь yil soliq davridir.
Yagona yer solig’i summasi soliq solinadigan bazaga qarab:
er uchastkalarining normativ qiymati va yagona yer solig’ining belgilangan stavkasidan;
er uchastkalarining maydonidan, yer uchastkasi joylashgan yer va yer uchastkasining sifat tavsifini (bonitet ballini) nazarda tutadigan tuzatish koeffitsienti e’tiborga olingan holda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yagona yer solig’ining hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi.
Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig’i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to’lanadi. Yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig’ini to’lash yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to’xtatiladi (kamaytiriladi).
Er uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o’zgargan, shuningdek yagona yer solig’i bo’yicha imtiyozlarga bo’lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to’lovchilar davlat soliq xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer solig’ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart.
Yagona yer solig’ini to’lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: |