Soft skills for engineers – lecture 6-mavzu. Amaliy muammolarni yechish va qaror qabul qilish reja


Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish



Yüklə 47,1 Kb.
səhifə11/11
tarix03.03.2023
ölçüsü47,1 Kb.
#86336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
SOFT SKILLS FOE ENGINEERS. LECTURE -6

Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi xodimlarning shaxsiy manfaatlarini umummanfaatlari bilan muvofiqlashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriqlarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini ham talab qiladi.
Erishilgan yutuqlarni rahbar faqat o’zining xizmatlari etib ko’rsatmasligi lozim. Qaror ijro etilmay qolganda aybdorni jazolashdan oldin buning sabablarini diqqat bilan o’rganish zarur.
Ko’pchilik rahbarlar yaxshi qaror qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas, balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli o’z lavozimlariga mos kelmay qoladilar. Ba'zida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qiladilar. Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari ham mana shundadir.
Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish muayyan me'yoriy hujjatga tayanadi. Korxona, firma to’g’risidagi qonun yoki Nizom ana shunday me'yoriy hujjatlardan hisoblanadi. Bu hujjatda mazkur korxona (bo’linma)ning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan tashqari uning shtat jadvali va ma'muriy rahbar (boshliq, mudir) ko’rsatilgan bo’ladi. Nizomda ko’pincha ushbu bo’linmaning boshqa xizmatlar bilan funktsional aloqalari tartibga solinadi.
Nizomga binoan odatdagi sharoitlarda rahbar faqat bevosita bo’ysinuvchilargagina farmoyish beradi. Boshqa bo’ysinuvchilarga farmoyish faqat ularning bevosita rahbarlari orqali beriladi. Masalan, tsex boshlig’i formal jihatdan xizmat bo’yicha o’zidan past turgan barcha xodimlarga buyruq berish huquqiga ega. Biroq, u bevosita rahbarlarni chetlab buyruq berganda bu hol:

  • tashkiliy parokandalikka olib keladi;

  • intizomga salbiy ta'sir ko’rsatadi;

  • ko’ngilsiz ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Ba'zan rahbarlar o’rtasida bir-birining ishiga aralashish xollari ro’y beradi. Bunday harakat ham rahbarlar orasida ma'lum norozilikni keltirib chiqaradi.


Boshqarish jarayonidagi oxirgi bosqich - bu qabul qilingan qaror ijrosini nazorat qilishdir.



Nazorat - bu qayta (javob) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va belgilangan rejalarning joylarda bajarilish darajasi to’g’risidagi ma'lumotni aniqlash usulidir.

Nazorat funktsiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo’lganligi sababli u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo’lishi kerak. Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar o’zi ishlayotgan ishlab chiqarishga emas, balki boshqa korxonalarga ham zarar yetkazishi, ya'ni ularning ishida kechikishlar, uzilishlar paydo bo’lishiga sababachi bo’lishi mumkin.

O’z qarorining ijrosini tekshirmagan rahbar, intizomsiz, ijrochilarni noto’g’ri tarbiyalagan rahbar hisoblanadi.

Xulosa
Qaror bu bajarilishi lozim bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir.
Qaror qabul qilish bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun o’z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir.
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi.
Nazorat funktsiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo’lganligi sababli u shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo’lishi kerak.

Foydalanikgan adabiyotlar.



  1. Raxmonov Sh. Ilmiy-texnik muammo (masala), uni aniqlash, o’rganish va birlamchi gipotezani surish. Mma’ruza.[electron hujjat] http://staff.tiiame.uz/ storage/users/489/presentations.pdf

  2. Бьерн Андерсен Том Фагерхоуд Анализ основной причины. http://www.inventech.ru/pub/methods

  3. Қосимов Ғ.М.. Менежмент. 2002 254 b.

  4. Литвак Б. Г. Разработка управленческого решения: Учебник. — 3-е изд., испр. — М.: Дело, 2002. — 392 с.

  5. Мескон М.,Альберт М.Хедоури Ф.Основы менеджмента. - М.,Дело, 2016г.

  6. Набор методов поиска идей http://www.inventech.ru/pub/methods /

  7. Фатхутдинов Р. А. Управленческие решения: Учебник. 5-е изд., перераб. и доп. — М.: ИНФРА-М. — 2002. — 314 с.

  8. Шарифхўжаев М., Абдуллаев Ю. Менежмент. 2001 372 b.

  9. Юлдошев Н.К., Юсупов С.Ш., Захидов Г.Э. Менежмент асослари ва бизнес режа. 2017 224 b.


Yüklə 47,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin