Sog‘liq va kasallik haqida tushuncha. Nafas olish a‘zolari kasalliklari. Reja



Yüklə 21,52 Kb.
səhifə6/8
tarix08.05.2023
ölçüsü21,52 Kb.
#109463
1   2   3   4   5   6   7   8
SOG‘LIQ VA KASALLIK HAQIDA TUSHUNCHA.

O’pka shishi – qon tomirlari devori orqali qonning suyuq qismi sizib o‘tishi tufayli o`pka shishadi.
Sababi: o‘tkir va surunkali yurak-qon tomir yetishmovchiligi, miokard infarkti, miya insulti, shuningdek, azot oksidi, alkogol, efir, kerosin, fosgen kabi kimyoviy moddalar bilan zaharlanish.
Belgilari: bemorning nafasi qisadi, u qiynalib nafas oladi, nafas shovqinli, xirillagan bo‘lib, uzoqdan eshitiladi. Bemorning rangi oqaradi, qo‘l-oyoqlari soviydi, lablari ko‘karadi, tez-tez yo‘taladi, ko‘pikli balg‘am ajraladi. Auskultatsiyada o‘pkadan ho‘l xirillash tovushi eshitiladi (sovun ko`pigi yorilganda eshitiladigan tovush).
Tibbiy yordam: Bu o`ta og`ir holatdagi bemor bo`lgani uchun u shifoxonaning reanimatsiya bo`limiga yuborilishi kerak.
1.Bemor baland yostiqqa yarim o‘tirgan vaziyatda suyab qo`yiladi;
2.Har yarim soatda 1-2 minut kislorod hidlatib turiladi;
3.Qo‘l-oyoqqa issiq grelka qo‘yiladi, iloji bo`lsa oyoqlariga issiq vanna qilinadi;
4.Kuraklar o`rtasiga, ostiga, qo`ltiq ostiga, o`ng kukrak sohasiga gorchichnik yoki banka qo`yiladi.
5.Balg‘am ko‘chiruvchi dorilar (altey damlamasi, mukaltin tabletkasi);
6.Kofein, kamfora, kordiamin dorilarining birontasi 1-2 ml teri ostiga in`yeksiya qilinadi;
7.Strofantin yoki korglyukon 0,5-1 ml 40% -20 ml glyukozaga qo‘shib vena tomiriga sekinlik bilan 2-3 minut davomida yuboriladi. Bu aralashmaga laziks (furosemid) 1-2 ml qo‘shish mumkin.U siydik ajratishni ko`paytirib, o`pkadagi shishni kamaytiradi.
O’pkadan qon ketishi – ko‘krak qafasi devori va o‘pka to‘qimasining jarohatlanishi o‘pka silining kaverna (yemirilish) hosil qilgan turi, o‘pka raki, o‘pka abssessi va gangrenasi, bronxoektaziya kabi o‘pkaning og`ir kasalliklarining asorati tufayli yuzaga keladigan o`ta og‘ir holat.
Belgilari: Bemorning nafas olishi qiyinlashadi, tez-tez yo‘taladi va qon aralash ko‘pikli balg‘am tupuradi, ba‘zida og‘iz-burnidan qon oqadi.
Tibbiy yordam: Tez yordam chaqirib bemor shoshilinch tibbiy yordam markaziga (reanimatsiya bo`limiga) yuborilishi kerak.
- bemor baland yostiqqa yarim o‘tirgan vaziyatda yotqiziladi.U harakat qilmasligi, gapirmasligi kerak;
- kalsiy xlorid 10% 1 osh qoshiqdan 3 mahal ichishga yoki 5 - 10 ml vena tomiriga sekinlik bilan yuboriladi;
- vikasol 1-2 ml muskul orasiga;
- aminakapron kislota 5%- 100 ml tomchi usulida vena tomiriga;
- donordan yangi olingan qon yoki uning zardobi 50-100 ml vena tomiriga tomchi usulida yuboriladi.

Yüklə 21,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin