Sog‘liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog‘lig‘ini saqlash mutaxassisligi bo'yicha shakllantirilgan og'zaki savollar ro'yxati: Uchinchi va ikkinchi malaka tоifasi uchun



Yüklə 225,75 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü225,75 Kb.
#191622
1   2   3
100obshzdoriupr-uz

Оliy malaka tоifasi uchun



  1. Qanday me’yoriy xujjat asoisida va nima sababdan QVPlarining yuridik shaxs maqomi berilgan edi.

  2. Qanday me’yoriy xujjat asoisida va nima sababdan QVPlarining yuridik shaxs maqomi bekor qilindi.

  3. OShP faoliyati O’z R SSVligining qaysi buyrug‘i bilan tartibga solinadi, u qachon qabul qilingan va asosiy mohiyatini aytib bering.

  4. OShPlaridagi vrachlar va o‘rta tibbiyot, kichik va texnik hodimlari shtatlari nimalarga qarab belgilanadi.

  5. BTSYo muassasalarining amaldagi shtatlar jadvali qachon tasdiqlangan va unda qanday me’yorlar belgilangan.

  6. OShP (QVP) formulyariga nechta nomdagi dori darmon va tibbiyot vositalari kiradi? Jixozlar ruyxati nechta nomdagi asbob uskunadan iborat.

  7. Shahar aholisiga BTSYo ko‘rsatuvchi oilaviy poliklinikalar tashkil qilish vazifasi qaysi me’yoriy xujjatda belgilab berilgan? Me’yoriy xujjatning qabul qilingan sanasi va nomlanishini to‘liq aytib bering.

  8. Oilaviy poliklinikaning hududiy poliklinikalardan asosiy farqlari nimadan iborat.

  9. Qishloq aholisiga BTSYo ko‘rsatuvchi oilaviy poliklinikalar tashkil qilish vazifasi qaysi me’yoriy xujjatda belgilab berilgan? Me’yoriy xujjatning qabul qilingan sanasi va nomlanishini to‘liq aytib bering.

  10. Shahar aholisiga BTSYo ko‘rsatuvchi OPlar faoliyati O’z R SSVligining qaysi buyrug‘i bilan tartibga solinadi? Uning mohiyatini aytib bering.

  11. Qishloqdagi va shahardagi OP faoliyatining o‘xshash tomonlari va farqlari nimadan iborat.

  12. Qishloqdagi OPlar faoliyati O’z R SSVligining qaysi buyrug‘i bilan tartibga solinadi, u qachon qabul qilingan va asosiy mohiyatini aytib bering.

  13. Qanday me’yoriy xujjat asosida shaharlardagi OP larining yuridik shaxs maqomi bekor qilingan va nima uchun.

  14. OP yangidan tashkil qilish va faoliyatini to‘xtatish tartibi qanday? Bu kimning va qaysi organning vakolatiga kiradi.

  15. OPlarda nechta jurnal, blank va kartalar yuritiladi? Bu qanday buyruq bilan tartibga solinadi.

  16. Kasallik varaqasi va ma’lumotlarning tibbiy, huquqiy va moliyaviy ahamiyati.

  17. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik ekspertizasida oilaviy shifokorning vazifalari va vakolati nimalardan iborat.

  18. Infeksion jarayon va undagi komponentlarga ta’rif bering.

  19. JSST ning DOTS strategiyasi amalga oshirilishi sil kasalligi bo‘yicha O’zbekistondagi epidemiologik vaziyatga qanday ta’sir ko‘rsatdi.

  20. O’zbekiston respublikasida sil kasalligi bilan kasallanishning xususiyatlari qanday.

  21. .O’zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy tamoyillari qanday.

  22. O’zbekistondagi tug‘ilishning yoshga doir ko‘rsatkichlari, uning dinamikasi va unga ta’sir.

  23. qiluvchi omillar nimalardan iborat.

  24. «A» shaharda yurak-qon tomir kasalliklari ulushi 20% ni, «B» shaharda – barcha kasalliklar orasida 30% ni tashkil etadi. «B» shahrida bu kasalliklar tez-tez uchraydi deb tasdiqlash mumkinmi? Fikringizni asoslang.

  25. Shifoxonadagi bemorning o‘rinda (boshqa sharoitlar o‘zgarmaganda) bo‘lish o‘rtacha davomiyligining kamayganda terapevtik o‘rin bandligi qanday o‘zgaradi? Fikringizni asoslang.

  26. Aholi salomatligini o‘rganishda qo‘llaniladigan usullarni aytib bering.

  27. Sog‘liqni saqlash statistikasining asosiy vazifalari nimalardan iborat.

  28. Ambulatoriya poliklinika muassasalariga qatnovlarni qayd qilish bo‘yicha asosiy hujjat shakllari nimalardan iborat va ularni ta’riflang.

  29. Og'irligi 600 gramm bo'lgan bola homiladorlikning 22-23 xaftaligida tirik tug'ilish belgilari (nafas olish, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi) bilan tug'ilgan va 8-kuni vafot etgan. Qaysi demografik ko'rsatkichlarni hisoblashda ushbu ma'lumotlardan foydalaniladi.

  30. Bola 11 oyligida vafot etdi. Hisoblash uchun qaysi demografik ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin.

  31. Statistik tadqiqot bosqichlarini ta’riflab bering.

  32. Tibbiy statistikada mutloq sonlar va ularning turlari. Misollar yordamida ta’riflab bering.

  33. Tibbiy statistikada nisbiy qiymatlar, ularning turlari, amaliyotda qo‘llanishiga misollar yordamida tushuntirib bering.

  34. Tibbiy statistikada intensif ko‘rsatkichlar va ularning amliyotda qo‘llanishini misollar yordamida ta’riflab bering.

  35. Tibbiy statistikada ekstensiv ko‘rsatkichlar va ularning amaliyotda qo‘llanishiga misollar keltiring.

  36. Standartlashtirilgan ko‘rsatkichlar, ularning ahamiyati va amaliyotda qo‘llanishini misollar yordamida ta’riflab bering.

  37. O’rtacha ko‘rsatkichlar va uning tibbiy statistikadagi ahamiyati.

  38. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110-sonli Farmonidagi eng muhim yunalishlari.

  39. Sog‘liqni saqlash muassasangizda Davlat boshqaruvi tamoyillarini amalga oshirish rejasini aytib bering.

  40. Aholiga tibbiy yordam sifatini oshirishda qaysi tadbirlar bajariladi.

  41. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-sonli Farmoni bilan onalik va bolalik muhofazasida qanday o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan.

  42. Xatlovda ajratilgan 3 gurux insonlar bilan qanday tadbirlar o‘tqaziladi, O’zSSV 2020 yil 09.12 dagi 328-sonli buyrug‘i asosida.

  43. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 aprel PP №215 Qarorida hodimlarni ishini sifatini baholash usullarini sanab o‘ting.

  44. Xatlovda ajratilgan 4 gurux bemorlar bilan qanday tadbirlar o‘tqaziladi. O’zSSV 2020 yil 09.12 dagi 328-sonli buyrug‘i.

  45. Palliativ yordamni asosiy vazifalari.

  46. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy prinsiplari nimalardan iborat.

  47. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 aprel PP №215 Qarorining asosiy yo‘nalishi.

  48. Uchlamchi profilaktika samaradorligi qanday baholanadi.

  49. Onalik va bolalikni muxofaza qilish asoslari.

  50. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 y. 12 noyabr PP №4891 „Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qushimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“ Qarorida aholining sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti to‘g‘risida nimalar tavsiya qilingan.

  51. 12.11.2020 yildagi «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan isloxotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6110-son sog‘liqni saqlashning qanday muamolari aniqlandi.

  52. O’zbekiston Respublikasini "Fuqarolar reproduktiv sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida" gi Qonunining asosiy mazmun mohiyati.

  53. Sizning muassasangizda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666-sonli Qarori ijrosini sharhlab bering.

  54. Sizning muassasangizda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi PQ-2857-sonli Qarori ijrosini sharhlab bering.

  55. BTSYo muassasalarni asosiy vazifalarini sanab o‘ting.

  56. O’zbekiston aholisi yosh tarkibining asosiy xususiyati nimadan iborat.

  57. Onalik-bolalik muxofazasi tizimida tibbiy xizmat ko‘rsatish bosqichlari.

  58. Muassasangiz misolida Koronavirus infeksiya yengil turida uyda davolashni ta’riflab bering.

  59. Onalik-bolalik muhofazasi masalalarida JSST tavsiyalari.

  60. Tashkilotingiz misolida tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash, malakasi oshirish va uzliksiz tibbiy xizmat tashkil etilgan xaqida ta’riflab bering.

  61. 12.11.2020 yildagi «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan isloxotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6110-sonli Prezident Farmonida BTSYo muassasalarda qanday o‘zgarishlar belgilangan.

  62. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 y. 12 noyabr PP №4891 “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qushimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“ Qarorida qaysi tibbiy profilaktikaning asosiy yo‘nalishlari belgillangan.

  63. Ambulator-poliklinika muassasalarining ish sifati qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

  64. Fertil yoshdagi ayollarni sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini sanab o‘ting.

  65. Birlamchi tibbiy-sanitar yordamni takomillashtirishning asosiy yo‘llari nimadan iborat.

  66. Sogʻliqni saqlash vazirligining Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish soxasidagi vazifalari.

  67. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini milliy modelini oʻziga xosligini belgilovchi xislatlari.

  68. Sogʻliqni saqlash tizimini tashkillashtirishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining asosiy vazifalari.

  69. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “elektron sogʻliqni saqlash”ni keng joriy etishning mohiyati.

  70. Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobatining rivojlanish yoʻnalishlari.

  71. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari faoliyatining sifatiy koʻrsatkichlariga qaysi koʻrsatkichlar tegishli.

  72. Ikkilamchi profilaktika nimalarga yoʻnaltirilgan.

  73. Statsionar yordamni rivojlantirish istiqbollari.

  74. Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga qaysi intizomiy choralarni qoʻllash huquqiga ega.

  75. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-sonli Farmoni bilan belgilab berilgan sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishning eng muhim yoʻnalishlari.

  76. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-sonli Farmoni bilan qanday meyoriy xujjatlar tasdiqlangan.

  77. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi PQ-4055 sonli Qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirligiga belgilab berilgan asosiy vazifalar va faoliyat yoʻnalishlari.

  78. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 16 sonli qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi tarkibiga kiradigan muassasalarda qaysi xizmatlar davlat-xususiy sheriklikga oʻtkazilishi belgilangan.

  79. Sogʻliqni saqlash tizimidagi davlat xizmatchilarini majburiyatlari.

  80. Sogʻliqni saqlash tashkilotchisi nimalarni bilishi kerak.

  81. Sogʻliqni saqlash muassasasida pullik tibbiy xizmatlarni joriy etish boʻyicha harakatlar ketma-ketligini koʻrsating.

  82. “Sogʻliqni saqlashni axborotlashtirish/ raqamlashtirish” tushunchasiga nimalar kiradi.

  83. Ijro.gov.uz dasturining mazmun-mohiyati.

  84. “Elektron poliklinika” avtomatlashtirilgan axborot tizimining mohiyati.

  85. Jamoada yaxshi ijtimoiy-psixologik muhitni yaratishga nima hissa qoʻshmaydi.

  86. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimida Davlat boshqaruvi tamoyillari.

  87. Sogʻliqni saqlashda rejalashtirish turlari.

  88. Muassasada axborotni boshqarishdan koʻzlangan maqsad.

  89. Xodimlarni boshqarishdan koʻzlangan maqsad.

  90. Xodimni mehnat jamoasiga moslashtirish usullari.

  91. Muassasadagi tashkiliy madaniyatni shakllantirishda rahbarning oʻrni.

  92. Nizoni boshqarish usullari.

  93. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tartiblari.

  94. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining huquqlari.

  95. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 9-avgustdagi OʻRQ-788-sonli “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida” Qonuni kimlarga nisbatan tatbiq etiladi.

  96. Davlat xizmatchilarining qanday faoliyat turlari bilan shugʻullanishi taqiqlanadi.

  97. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi 269-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni mazmun mohiyati.

  98. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 578-sonli Qarori bilan joriy etilgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida hamshiralik ishi faoliyatini olib boradigan mutaxassislarga qanday talablar qoʻyilgan va vakolatlar berilgan.

  99. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-215 sonli Qaroriga binoan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qanday vazifalar belgilangan.

  100. Qaysi omillar kasallik uchun xavf omillari deb ataladi? Kasalliklarning xavf omillari qanday yondashuv orqali aniqlanadi.

  101. Kasallikning xavf omillarini aniqlash uchun ishlatiladigan tadqiqotlar o'rtasida qanday farqlar (dizayn) mavjud.

  102. Skrining nima va u nima uchun ishlatiladi. Skriningda qanday yondashuvlar mavjud, ularning afzalliklari va kamchiliklari nimada.

  103. Tibbiy xizmatlarini xarid qilishda qanday omillarni hisobga olish kerak? Ularni xarid qilishda faol va passiv strategiya o'rtasidagi farq nima.

  104. So'ngi yillarda O'zbekistonda tug'ilish darajasi oshib bormoqda. Bunday vaziyatga qanday ijtimoiy va tibbiy omillar sabab bo'lishi mumkin? Buning oqibatlari qanday bo'lishi mumkin.

  105. So'ngi yillarda O'zbekistonda tug'ilish darajasi oshib bormoqda. Shu bilan birga, onalar o'limi darajasi bir xil holatda turibdi yoki kamaymoqda. Bunday vaziyatning sabablari nimada deb o’ylaysiz.

  106. Dunyoda COVID-19 pandemiyasiga aholining qaysi qatlamlari ahamiyatga ega bo’ldi (SIR, ingl.)? O'zbekistonda ushbu qatlamlarning xususiyatlari nimadan iborat bo’ldi.

  107. Immunitetning qaysi turlarini (faol, passiv, ommaviy) shakllantirish orqali COVID-19 epidemiyasiga qarshi samarali kurashish mumkin? Ularning har birining rolini tasvirlab bering.

  108. COVID-19 vaktsinalarining samaradorligini baholashda qanday ilmiy tadqiqotlar (dizayn) ishlatilgan? Ularning tuzilishini tavsiflang. Ba'zi vaktsinalarning taxminiy samaradorlik ko'rsatkichlarini keltiring.

  109. Ingliz olimi John Snow tajribasini (1854y.) va u qo’llagan an’anaviy epidemiologik yondashuvini tasvirlab bering. Uning bosqichlarini sanab o'ting va ularga izoh bering.

  110. "Universal qamrov" tushunchasiga izoh bering. Aholini tibbiy xizmatlar bilan ta'minlashda qanday uchta parametrni hisobga olish kerak? O'zbekistonda aholini tibbiy xizmatlar bilan qamrab olinishni qanday tavsiflagan bo'lardingiz.

  111. O'zbekistonda sog'liqni saqlashning asosiy iqtisodiy resurslari (shifokorlar, kapital resurslar va moliya) bilan ta'minlanishini tavsiflab bering. Mamlakatda mavjud bo'lgan asosiy muammolarni qanday tasvirlagan bo'lardingiz.

  112. Uchilamchi profilaktikaning maqsadi nima? Yuqumsiz kasalliklarning uchilamchi profilaktika choralarining misollarini keltiring. Uchilamchi profilaktika choralarining o'ziga xos kamchiliklarini tasvirlab bering.

  113. Ommaviy immunitetining epidemiologik ahamiyati nimada? Yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun ommaviy immunitet darajasini aniqlash uchun qaysi ko'rsatkich eng muhim.

  114. Birlamchi profilaktika samaradorligini aniqlash uchun qanday ko'rsatkichdan foydalanish mumkin? Bunda aholining qaysi xususiyatlarini hisobga olish kerak.

  115. Surunkali kasalliklarning birlamchi profilaktika choralarini tashkil qilishda qaysi yondashuv afzalroq? O'zbekistonda olib borilayotgan birlamchi profilaktika choralarini qanday baholaysiz.

  116. Surunkali kasalliklarning ikkilamchi profilaktika choralarini samaradorligini baholash uchun qanday ko'rsatkichlardan foydalanish mumkin.

  117. Birlamchi kasalliklarning oldini olishning maqsadi nima? Yuqumli va yuqumsiz kasalliklarning birlamchi profilaktika choralarining misollarini keltiring. O'zbekistonda olib borilayotgan birlamchi profilaktika choralarining o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklarini tasvirlab bering.

  118. Ikkilamchi profilaktikaning maqsadi nima? Yuqumsiz kasalliklarning ikkilamchi profilaktika choralarining misollarini keltiring. O'zbekistonda olib borilayotgan ikkilamchi profilaktika choralarining o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklarini tasvirlab bering.

  119. Endemiya yoki endemik xolat deb siz nimani tushunasiz? Giper- va golondemiya tushunchasiga izoh bering. O'zbekistonda va dunyoda endemik holatlar misollarini keltiring.

  120. Aholi orasida COVID-19 o'limining ko'payishiga qaysi omil ko'proq sabab bo’ldi? Ushbu omil epidemiyaga qarshi choralar va emlash samaradorligiga qanday ta'sir qilishi mumkin.

  121. Skrining tushunchasiga izoh bering. Selektiv skriningning asosiy xususiyati nimadan iborat.

  122. Iqtisodiy boylik sifatida tibbiy xizmatning xususiyatlari qanday? Tibbiy xizmatlarini ko'rsatish uchun qanday resurslar kerak? Tibbiy xizmatlarni aholi ichida taqsimlashning qanday yondashuvlari mavjud.

  123. Bozor iqtisodiyotining xususiyatlari qanday? Bozor iqtisodiyoti tizimi va buyruq-ma'muriy tizim o'rtasidagi farqlar qanday? Sog'liqni saqlash xizmatlarini boshqarishda bozor iqtisodiyot tizimining qanday ijobiy xususiyatlarini joriy etish mumkin.

  124. O'zbekistonda tibbiy xizmatlar ko'rsatish sohasida qanday raqobat turi mavjud? Ushbu turdagi raqobatning o'ziga xos xususiyatlarini va uning salbiy oqibatlarini tasvirlab bering.

  125. Tibbiy xizmat ko'rsatish sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish mumkinmi? Tibbiy xizmatlarning qaysi xususiyatlari sohaga mutlaq bozor munosabatlarini joriy etish uchun cheklov bo’ladi.

  126. YuIKni qaysi omillarining ahamiyati eng ko'p isbotlangan? Turli omillarning roli qanday tadqiqotlar bilan isbotlanadi? Ularning tuzilishini (dizaynini) tavsiflang.

  127. Dori vositalari va vaktsinalarning klinik samaradorligi qanday aniqlanadi? Ushbu tadqiqotlar qanday nomlanadi? Ularning tuzilishini (dizaynini) tavsiflang.

  128. Tibbiy xizmatlarni moliyalashtirishning to'rtta manbasini sanab chiqing. O'zbekistonda xizmatlarni moliyalashtirish tarkibida qaysi moliyalashtirish manbalari asosiy hisoblanadi.

  129. Tibbiy xizmatlarni moliyalashtirishning davlat va xususiy manbalari o'rtasidagi farqlar nimadan iborat? Ularning xususiyatlari qanday.

  130. Qaysi turdagi xizmatlar odatda soliq (byudjet) hisobidan moliyalashtiriladi? Ushbu xizmatlarning ushbu manba tomonidan moliyalashtirilishining sababi nima.

  131. Davlat tibbiy sug'urta tizimi uchun asosiy daromad manbai nima? Ushbu moliyalashtirish manbai bilan qanday xatarlar bog'liq bo'lishi mumkin.

  132. Tibbiy xizmatlarini moliyalashtirish manbalaridan qaysi biri "progressiv" manbalar qatoriga kiradi? Ularning xususiyati nimada.

  133. “Bemorni cho'ntagidan” tibbiy xizmat haqini to'lashning salbiy xususiyatlarini sanab chiqing.

  134. Tibbiy xizmatlarni moliyalashtirish manbalaridan qaysi biri "regressiv" manbalar qatoriga kiradi? Ularning har birining xususiyatlari nimadan iborat.

  135. Siz qanday an’anaviy moliyalashtirish modellarini bilasiz? Ularning orasidagi farq nimadan iborat.

  136. O'zbekistonda umumiy o'lim darajasi nisbatan past bo'lishining sababi nimadan iborat? Ko'rsatkichni jins va yosh bo'yicha standartlashtirish usulining manosi nimadan iborat.

  137. O'zbekistonda OIV infeksiyasi tarqalishining o’sishini asosiy sababi nimadan iborat? Qanday profilaktika choralarini taklif qilishingiz mumkin.

  138. Neonatal o'lim nima degani? Ushbu ko'rsatkich qanday hisoblanadi? O'zbekistonda neonatal o'limning asosiy sabablari nimada.

  139. “Ko'rinmas qo'l” (A. Smit) tushunchasining ma'nosi nima. Uning amalga oshirish sog'liqni saqlash tizimining samaradorligini qanday oshirishi mumkin.

  140. OIV infektsiyasining yuqish yo'llarini sanab o'ting. OIV infektsiyasini yuqtirishda "epidemiologik oyna" ma’nosi nimadan iborat? OIVning onadan bolaga yuqishining oldini olish choralarini tasvirlab bering.

  141. Soliq hisobidan moliyalashtiriladigan tizimlarning asosiy salbiy xususiyati nimadan iborat? Ushbu omillarning salbiy ta'sirini qanday kamaytirish mumkin.

  142. Davlat tibbiy sug'urtasiga asoslangan tizimlarning salbiy xususiyati nimadan iborat.

  143. Nima uchun meta-analiz bemorni davolashni tanlash uchun eng ishonchli ma'lumot manbalari hisoblanadi.

  144. Strategik rejalashtirish ma’nosi nimadan iborat. Uning muassasa boshqaruvidagi roli qanday.

  145. Majburiy tibbiy sug'urtaning ixtiyoriy sug'urtadan qanday ajratish mumkin? Ushbu sug'urta turlari bo'yicha mablag'lar uchun daromad manbai nima.

  146. Tadqiqot ishtirokchilarini guruhlarga tasodifiy taqsimlash usuli (randomizatsiya) RCT (ingl.) natijalarining ishonchliligini qanday oshirishi mumkin.

  147. "Pul bemorga ergashadi" degan tamoyiliga izoh bering. Uning ahamiyati nimadan iborat? Birlamchi va statsionar yordam xizmatlarini sotib olishda ushbu printsipni amalga oshirish misollarini keltiring.

  148. Kasalliklarni davolashning haqiqiy va surrogat natijalari o'rtasidagi farq nima? Davolash samaradorligini baholashda qanday natijaga ustunlik berish kerak.

  149. SWOT-tahlili nima va u strategik rejalashtirish jarayonini yaxshilashga qanday yordam beradi.

  150. Tibbiy xizmatlarini akkreditatsiya qilish nima? Uning yordam sifatini yaxshilashdagi ahamiyati nimadan iborat? O'zbekistonda akkreditatsiyani rivojlantirish istiqbollari qanday.

  151. Tibbiy xizmatlarini standartlashtirish uchun iqtisodiy shart-sharoitlar qanday? Standartlashtirish sog'liqni saqlash xizmatlari bozorida qulay raqobat muhitini rivojlantirishga qanday hissa qo'shishi mumkin.

  152. Mutlaq va nisbiy sonlarning ma’nosini tushuntiring. Nisbiy ko’rsatkichlarning turlarini sanab o'ting. Mutlaq va nisbiy sonlar misollarini keltiring.

  153. Menejmentning to'rtta asosiy funktsiyasini (bosqichlarini) sanab o'ting. Nima uchun bu bosqichlarning ketma-ketligiga rioya qilish muhim? Muassasangiz misolida ulardan foydalanish haqida ma’lumot bering.

  154. Aholining turli guruhlarida kasallanish va o'lim ko'rsatkichlarini standartlashtirish usuli nima uchun ishlatiladi? Ushbu ko'rsatkichlar qaysi ikkita asosiy parametr bo'yicha standartlashtiriladi.

  155. Bemor va xizmat ko’rsatuvchi tibbiy xizmatlarning sifati to'g'risida teng bo’lmagan darajadagi xabardorligi ("axborot assimetriyasi") qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin.

  156. Aholi o’rtasida mikronutrient tanqisligining ommaviy oldini olishning ikkita usulini ayting. Ularning afzalliklari va kamchiliklari nimada.

  157. "Jamg'armani ushlab turish" ma’nosi nimadan iborat? Uni Buyuk Britaniyadagi birlamchi tibbiy xizmat ko’rsatish muassasalariga joriy etishning maqsadi nima edi.

  158. “Davolangan holat uchun" shifoxona xizmatlari uchun to'lov nimani anglatadi? Bunday xarid modelini amalga oshirishda qanday ijobiy natijalar bo'lishi mumkin? Qanday xavflar paydo bo'lishi mumkin.

  159. Tovarlar va xizmatlar bozorida raqobatning ikkita klassik turini ayting. Ularning har biri paydo bo'lishi uchun qanday shartlar zarur.

  160. Klinik sinov bosqichlarini sanab o'ting va aralashuvning samaradorligi va xavfsizligini aniqlashda har bir bosqichning rolini tavsiflang.

  161. JSST kontseptual sxemasiga kiritilgan sog'liqni saqlash xizmatlarini moliyalashtirishning to'rt bosqichini (funktsiyalarini) tasvirlab bering.

  162. Bemorlarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishning asosiy vazifalari nimada? Dispanserizatsiya paytida qanday profilaktika darajasini ko'rsatish mumkin.

  163. Diagnostik tekshiruvning aniqligiga tegishli ikkita asosiy ko'rsatkichini nomlang va tavsiflang.

  164. Tibbiy xizmat ko'rsatuvchilar orasida eng keng tarqalgan raqobat turini nomlang va uni tavsiflang.

  165. Salomatlik omillari tashkil etgan to'rtta toifani sanab o'ting (M.LaLonde, 1974).

  166. "Jamoat salomatligi" nima? Davlat aholi salomatligini muxofaza qilish uchun qanday ikkita katta toifadagi choralardan foydalanadi.

  167. Tibbiy turizm nima? Tibbiy turizmning tarqalishi bilan qanday potentsial imkoniyatlar va jamoat salomatligiga tahdidlar paydo bo'lishi mumkin.

  168. Situtation tahlil jarayonoda (SWOT) qanday ichki va tashqi omillarni o'rganish kerak.

  169. Moliyaviy menejment nima? Moliyaviy menejmentning maqsadi nimadan iborat.

  170. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5590 sonli Farmoni bilan qanday xujjatlar tasdiqlandi.

  171. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrda qilingan PF-6110 sonli Farmoni nimaga bag‘ishlangan.

  172. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110 sonli Farmonida sog‘liqni saqlash tizimining qaysi yo‘nalishlari islohotlarning muhim yo‘nalishi deb belgilangan.

  173. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110 sonli Farmonida qanday takomillashtirilgan tibbiy profilaktika va patronaj xizmati ko‘zda tutilgan.

  174. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110 sonli Farmonida olis va chekka xududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlari uchun qanday imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

  175. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PF-6110 sonli Farmoni bilan qanday salbiy holatlar tibbiyot hodimlariga nisbatan qo‘llanishi taqiqlandi.

  176. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 may PF-6221 sonli Farmoniga muvofiq “Tibbiyot brigadalari” ga nisbatan qanday tadbirlar belgilandi.

  177. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 may PF-6221 sonli Farmoni bilan o‘rta tibbiyot xodimlari maqomini oshirish bo‘yicha qanday tadbirlar belgilandi.

  178. Vazirlar Maxkamasining 2009 y. 18 dekabr 319 sonli Qarori bilan tibbiyot soxasiga oid qanday xujjatlar tasdiqlandi.

  179. Davlat boshqaruvi organlari tomonidan tibbiyot mutaxassislarining malakasini oshirish xarajatlari qanday manbalardan qoplanadi.

  180. Tibbiyot mutaxassislari tibbiy yordamga muxtoj bo‘lgan fuqorolarga sifatli va samarali yordam ko‘rsatishlari shart ekanligi qaysi davlat xujjati bilan tasdiqlangan.

  181. Mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasida xududiy tibbiyot boshqaruv organlari rahbarlariga yuklatilgan vazifalar nimalardan iborat.

  182. O’zbekiston Respublikasi xududida faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishning qanday shakllari mavjud.

  183. Umumiy malaka oshirish nima, u qanday amalga oshiriladi.

  184. Mavzuiy malaka oshirish nima, u qanday amalga oshiriladi.

  185. Tibbiyot anjumanlarida (seminar, vebinar, s’ezd, simpozium, kongress va x.k) ishtirok etish qanday baxolanadi.

  186. Tibbiyot mutaxassisiligi bo‘yicha malakaviy toifa olish uchun belgilangan kredit – soatlar hajmi qancha bo‘lishi talab qilinadi.

  187. Tibbiyot xodimi va nafaqat ambulatoriya – poliklinika, balki statsionar sharoitida ham mutaxassis bo‘lib ishlashligi uchun qanday tayyorgarlik o‘tishi lozim.

  188. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 aprel PQ-215 Qarorida ko‘zda tutilgan asosiy maqsad nimadan iborat.

  189. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 aprel PQ-215 Qaroriga muvofiq poliklinikalar tarkibidagi kunduzigi statsionarlar faoliyatiga qanday o‘zgarishlar kiritiladi.

  190. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 aprel PQ-215 Qaroriga muvofiq Birlamchi tibbiy – sanitariya muassasalari tarkibiy tuzilmasiga qanday yangi muassasa nomenklaturasi kiritildi.

  191. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 aprel PQ-215 Qaroriga muvofiq olis va chekka xududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yurituvchi shifokorlarga qanday imtiyozlar berildi.

  192. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 aprel PQ-215 Qaroriga muvofiq birlamchi tibbiy yordam muassasalarining faoliyati samaradorligini baholashning yangi qabul qilingan mezonlari nimalardan iborat.

  193. Qaysi xujjatga binoan har yili 1000 nafargacha uzoq yillar davomida davlat tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan tibbiyot hodimlariga yuqori texnologik operatsiyalarni bepul o‘tkazish amaliyoti belgilangan.

  194. J.S.S.T. tavsiyasiga muvofiq birlamchi tibbiy yordam muassasalari qanday masofada joylashtirilishi lozim.

  195. 2023 yildan boshlab 2026 yilga qadar joylarda qancha oilaviy shifokor punktlari va mahalla tibbiyot punktlari tashkil etilishi belgilangan.

  196. “Qishloq shifokori” dasturida olis va chekka xududlarda ishlayotgan shifokorlarga qanday imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

  197. Aholi yashayotgan joyda ixtisoslashgan tibbiy yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qanday tadbir belgilangan.

  198. Poliklinikada faoliyat ko‘rsatadigan kunduzgi statsionarlarning ish vaqti soat nechagacha uzaytirildi.

  199. Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibiga qanday o‘zgarish kiritildi.

Yüklə 225,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin