Mehnat unumdorligi - ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; Mehnat unumdorligi ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. Mehnat unumdorligi tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan
mahsulot aniqlanadi. Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jamiyat har bir xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi. Mehnatning asosiy kapital bilan taʼminlanishini yaxshilash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari va yangi texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarning malakasini va texnik tayyorgarlik darajasini, madaniyatini, maʼlumotini oshirish. Mehnat unumdorligi oʻsishining eng muhim omillaridandir.
Binobarin, mehnat mavjud tabiiy, moddiy, aqliy zaxiralarni shaxsiy va ijtimoiy
ehtiyojlar uchun kerakli mahsulotga aytantirishda faqat insongagina xos faoliyatdir. Mehnat tushunchasi fiziologik nuqtai nazardan aytilganda bu — organizmda yig‘ilib qolgan hayot energiyasi tufayli sodir bo‘ladigan asab va mushaklar harakati hamda oqsil moddalarning mexanik ishga kirishuv jarayonidir.
Ayni vaqtda mehnat - bu murakkab ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, u
kishilarning yashashi uchun shart bo‘lgan abadiy tabiiy zaruriyatdir. Mehnat inson bilan tabiat o‘rtasida sodir bo‘ladigan shunday jarayonki, unda inson o‘zining faoliyati bilan o‘zi va tabiat o‘rtasidagi moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi. Mehnat - bu insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyatidir. Dastlab inson o‘z harakatlarining maqsadini aniqlaydi. Maqsadning mavjud bo‘lishi ongli mavjudot bo‘lgan insonning mehnatini, masalan, ot yoki mashina bajaradigan ish tushunchasidan ajratib turadi
Mehnat — boylik manbaidir. U inson faoliyatining birinchi va zarur sharti hisoblanadi. Inson va jamiyat taraqqiyotining tarixi bu jarayonda mehnatning hal
qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Odamlar atrofdagi tabiatni o‘zgartirar ekanlar, umrining o‘zgarib borayotgan ehtiyojlari ta‘sirida o‘z tabiatlarini ham o‘zgartiradilar: bilimlarini boyitib, qobiliyatlarini rivojlantiradilar va yangi ko‘nikmalar hosil qiladilar
Hozirgi sharoitda mehnat jarayoni quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 1. mehnat jarayonining intellektual potentsiali ortadi, bu esa aqliy mehnat
ro'lining kuchayishida, xodimning o‘z faoliyati natijalariga ongli va masuliyat bilan
munosabatda bo‘lishining ortishida namoyon bo‘ladi;
2. mehnat xarajatlari moddiy qismining ulushi ortadi. Mehnat vositalari
(mashinalar, asbob-uskunalar, mexanizmlar va shu kabilar) bilan bog‘liq uyumlashgan
mehnat ulushining ko‘payishi fan-texnika taraqqiyotining erishgan yutuqlari bilan bog‘liq bo‘lib, inson cheklangan jismoniy imkoniyatlari sharoitida mehnat unumdorligi
va samaradorligining ortishida hal etuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi;
Tahlil bosqichlari
Hosildorlikni baholash quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
mutlaq ko'rsatkichlarni bir necha yillar davomida tahlil qilish;
ishlab chiqarish dinamikasi bo'yicha ba'zi omil ko'rsatkichlarining ta'sirini aniqlash;
Bozor sharoitida faoliyat yuritayotgan zamonaviy korxonalarda tahlil qilinadigan asosiy ko'rsatkichlar, masalan, kadrlarni to'liq rivojlantirish, yuqori rivojlanayotgan holda bo'lishi mumkin.
Ishlab chiqarish ishlab chiqarish - bu mehnat xarajatlarining birligi uchun ishlashning qiymati.
Buni ma'lum bir vaqt ajratish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar yoki ko'rsatiladigan xizmatlarning sonini o'zgartirganda aniqlash mumkin.
Koshki ish vaqti va ishlab chiqarish hajmi va mahsulotning birligi uchun mehnat yoki xizmatlarning narxini tavsivovchi o'zaro bog'liqlikdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
https://uz.wikipedia.org/wiki/Mehnat_unumdorligi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi., -T.: O‘zbekiston, 2001 yil