Soha lug’atlari.Glossariy.
Leksikografiya lot. lexikos — so‘z, grapho — chizmoq, yozmoq so‘zlaridan olingan bo‘lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslikning bo‘limidir. Leksikografiya nazariyasining predmeti lug‘at tuzish tamoyillari va usullaridir. Leksikografiya amaliyoti esa lug‘at tuzuvchilarning ishini tashkil etish, so'zlarni kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o‘z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug‘at turlari, so‘zlik tarkibi va so‘z maqolasining tuzilishi asosiy o‘rinni egallaydi. Lug‘atlar ikki turli boladi:
1) ensiklopedik (qomusiy) lug‘atlar;
2) filologik (lingvistik) lug‘atlar.
Ma’lum bir til yoki ikki va undan ortiq til so`zlarini yig`ib, sistemalashtirilgan holda lug`at tarzida chiqarish leksikografiya deyiladi.
Leksikografiya lug`at va lug`atchilik to`g`risida bahs etadi. Leksikografiyaning ikki tarmog`i bor:
Lug`atchilik
Lug`at tuzish bilan bog`liq nazariy masalalarni o`rganuvchi tarmoq
Lug`atlar o`z mohiyati e’tibori bilan ikki tipga bo`linadi
Ensiklopedik, ya’ni qomus lug`atlari;
2. Lingvistik lug`atlar
Bu lug`aglar o`zaro ikki jihatdan farq qiladi
1. Ob’yekti jihatidan
So`zligi jihatidan.
Lingvistik lug`atlarning ob’yekti so`zdir. Bunday lug`atlar so`zlarning semantikasi, grammatik xususiyatlari, imlosi, talaffuzi, etimologiyasi va h.k. haqida ma’lumot beradi.
Ensiklopedik lug`atlarning ob’yekti so`zlarda ifada topgan narsa, hodisa, tushuncha, shaxs kabilardir. Bunday lig`atlarda narsa, hodisa, tushuncha, shaxs haqida ma’lumotlar qayd etiladi.
Lingvistik lug`atlarning so`zligida barcha mustakil va yordamchi so`zlar qayd etiladi.
Ensiklopedik lug`atlar o`z xarakteriga ko`ra ikki xil:
1. Umumxarakterdagi ensiklopediya;
Maxsus ensiklolediya.
Umumxarakterdagi ensiklopediya ilmning barcha sohalari bo`yicha; mashhur shaxslar, olimlar, shoirlar haqida ancha keng ma’lumot beradi.
Maxsus xarakterdagi ensiklopediyalarga meditsina ensiklopediyasi, adabiyotshunoslik ensiklopediyasi va h.k. kiradi.
Filologik lug`atlarda malum bir tildagi so`zlar va iboralar ma’nosi izohlanadi yoki ikki, uch tildagi so`zlar tarjima qilib beriladi, til xususiyatiga ko`ra bunday lug`atlar uchga bo`linadi:
Bir tilli lug`atlar.
Ikki tilli tarjima lug`atlar.
Ko`p tilli tarjima lug`atlari,
Dostları ilə paylaş: |