O’rta asr Sharqining buyuk allomalari orasida mashhur tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino alohida o’rin tutadi. Uning turli sohalar bilan birga ta`lim – tarbiya, axloq va nutq haqida ham fikrlari mavjudki, ular bilan yaqindan tanishish notiqlik san`atini mukammal o’rganishga yordam beradi. Yaxshi do’st qaysi yo’l bilan axloqiy kamchiliklarni tuzatishda boshqalarga yordam berishi mumkinligi masalasiga ibn Sino alohida e`tibor beradi va notiq quyidagilarga amal qilishi lozim deb biladi:

Nasihat (Nutq - B.O’ va A.S) qo’pol ohangda berilishi kerak emas.
Suhbatdoshning ilm darajasini hisobga olish zarur.
Nasihatga (va`zxonlikka) ko’p berilmaslik kerak, uni o’rtoqlik suhbati tarzida olib borish kerak.
Unsurulmaoliy Kaykovus Kaspiy dengizining janubiy qirg`og`ida yashagan Gilon qabilasidandir. U 412 - hijriy, 1021-1022 - milodiy yilida mayda feodal oilasida tug`ildi. «Qobusnoma»ni 475-hijriy, 1082-1083 milodiy yilida yaratdi. Bu haqda Kaykovus asarida: «Sana 475 da boshladim» - deb ma`lumot beradi. Bu davrda Kaykovus 63 yoshda bo’lib, anchagina keksayib qolgan edi, u o’g`liga: «Pisaram, man pir shudam» - deb o’zining qariganligidan ma`lumot beradi va o’z asari «Qobusnoma»ni o’g`liga bag`ishlaydi.

«Qobusnoma» 44 bobdan iborat bo’lib, bulardan to’rt bobi diniy xarakterdadir, qolgan 40 bobi hayotiy voqealarni ifoda etadi.
Kaykovus o’z asarida yoshlarning xulq - atvoriga alohida e`tibor berdi. Ularga insonparvar bo’lishni, xalqqa shirin muomala qilishni ta`kidladi. Shuningdek, do’st va dushmanga qanday munosabatda bo’lish kabi masalalarni ham asarida yoritdi.