Sohadagi texnik tizimni ifodalovchi muhandis masalalarini yechis-fayllar.org
Bizga ma’lumki, maktabda birinchi sinfda o’qituvchi arifmetik amallarni bajarish, so’zlarni, gaplarni yozish qoidalari to’g’risida gapirib bergan. Har xil berilgan ma’lumotlar uchun bitta qoidani juda ko’p marta ishlatish mumkinligini tushunganmiz. Masalan: har qanday sonlar uchun qo’shish qoidasi to’g’riligi, egani turlanishida aniq qo’shimchalarni qabul qilish qoidasi va hakozo.

Bu holda biz ko’p marotaba ishlatiladigan algoritmga duch kelamiz. Xuddi shunday algoritmlar takrorlanuvchi algoritm deb nom olgan. CHunki kompyuterning asosiy vazifasi insonni aql ishlatmaydigan faoliyatidan, ya’ni bir formula orqali hisoblashlardan, bir xil matnni ko’p marotaba bosib chiqarishdan ozod qiladi. SHuning uchun takrorlash algoritmini tuzishni aniq qoidasini tushinish, esda saqlash juda ham zarurdir va uni har qanday algoritmini tuzishda unutmaslik kerak.
Takrorlash- bu algoritmni ko’p marotaba takrorlanuvchi qismidir. Takrorlanuvchi algoritm- bu bitta yoki bir nechta takrorlashlarni o’z ichiga oluvchi algoritmdir. Takrorlash parametri- bu takrorlanishga har bir yangi kirishda yangi qiymatlarni qabul qiluvchi o’zgaruvchidir.

4. SHuningdek, takrorlanuvchi algoritmlarda bitta takrorlanish ichida yana bitta yoki bir nechta boshqa takrorlanishlar yotishi mumkin. Bu holda hammasini o’z ichiga oluvchi tashqi, u ichiga oluvchilar esa ichki takrorlanishlar deb ataladi.
Tashqi va ichki takrorlanishlarni tashkil etish qoidasi xuddi oddiy takrorlanishnikidekdir. Tashqi va ichki takrorlashlarning parametrlari bir vaqtda o’zgarmaydi, ya’ni tashqi takrorlanishni o’zgaruvchisining bitta qiymatida ichki takrorlanishining o’zgaruvchisi hamma mumkin bo’lgan qiymatlarni qabul qilishi mumkin.