"Bilakuzuk". Yigit va qiz aytishuvidai tashkil topgan bu qo’shiq xazil-mutoyiba tarzida ijro etiladi. YAxshi iqtidorli yigit va qiz bu qo’shiqni ijro etish jarayonida nozik qochirim va o’zaro so’z o’yinlaridan mohirona foydalana bilishlari lozim. Qo’shiqning I kupletini qiz iltifot ila yigitga murojaat qilib so’raydi, II kupletda yigit unga javoban so’z aytadi. Asar davomida yigit va qiz aytishuv jarayonida qo’shiqning dinamik ijrosini ochib berishlari kerak. “Qizgina”Qo’shiq qizlar ijrosi uchun yaratilgan asardir. Ijro jarayonida nozik nolalar, bezaklar.

Tovushlarni tiniq va mukammal ijro etish talab etiladi. Qo’shiqni qizlar guruhi ijro etsa, asardagi muloqotli jumlalarni "savol-javob" tariqasida ijro etiladi. Asar ijro diapazoni septima oralig`ida bo’lib, qo’shiqni ijro etish uchun kichkina diapazondagi ijrochilar ham kuylay olishlari mumkin. Bu esa ijrochilarga hech qanday qiyinchilik va noqulaylik tug`dirmaydi. Ijrochilar qo’shiqni kuylash jarayonida o’zbekcha nozik qochirim va nolalar bilan kuylashga intilishlari lozim. “YAlla, jonim” Qo’shiq raqs jo’rligida ijro etishga mo’ljallangan bo’lib, xonandadan so’zlarni qisqa-qisqa, dona-dona qilib kuylashni, kalitdan keyin keladigan chorak pauzaga e`tibor berishni talab qiladi.