Sohalarini qamrab olgan siyosit va iqtisodiy tub islohotlar amalga oshirila boshlandi


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 297,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix06.05.2023
ölçüsü297,49 Kb.
#108581
1   2   3   4   5   6
maktabgacha-ta-lim-muassasasi-va-maktab-xamkorligi-yo-llari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
699
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
o„qituvchilari bilan tanishib boradi, ikkinchi tomondan tayyorlov guruhi tarbiyachilari 
o„zlarining sobiq tarbiyalanuvchilari birinchi sinfda qanday o„qiyotganini o„rganib
boradilar. Bolalarni maktabga kuzatishda har bir bolaga aniq tavsifnoma beriladi.
Bu tavsifnomada tarbiyachi har bir bolaning rivojlanishidagi o„ziga xos 
xususiyatlarni ochib beradi, bu o„qituvchiga bola bilan munosabatda bo„lganda 
pedagogik nuqtai nazardan to„g„ri yondashishda yordam beradi. Tarbiyachi ham o„z 
navbatida 1- sinfga borgan bolalari bilan izchil ravishda aloqa bog„lab boradi, 
darslarda 
bevosita 
qatnashib 
qanday 
o„qiyotganlari, 
xulqi, 
o„qishdagi 
muvaffaqiyatsizliklari sababini o„qituvchidan so„rash orqali ham aniqlab boradi. 
Bular hammasi tarbiyachini bolalar bilan olib borgan ta‟lim tarbiyaviy ishidagi yutuq 
va kamchiliklarni bilib olishga imkon yaratadi.
Tarbiyachi va o„qituvchilar ilg„or tajribalarni tarqatish, tashviqot, targ„ibot qilish 
maqsadida shahar, rayon konferensiyalarida qatnashib fikr al mashadilar.
Maktabgacha ta‟l im muassasasi bilan maktab o„rtasidagi uzviy aloqa samarali 
bo„lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim. MTM bilan maktab o„rtasidagi 
aloqa izchil amalga oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo„ljallangan bo„lishi, amalga 
oshiriladigan ishlar, hal etiladigan masalalar rejali tusda bo„lishi zarur.
Hamkorlik asosini birgalikda ishlash bo„yicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib, 
unda o„zaro aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun 
javobgar shaxslar ko„rsatilishi lozim.
Maktab bilan MTM yil davomida mana shunday aloqa o„rnatib borishi natijasida 
ta‟lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi.
Bolalarni maktab o„quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: 
maktabga ekskursiya uyushtirish, maktab muzeyiga, sinf xonasiga, kutubxona
ustaxonaga borish, birgalikdagi mashg„ulotlar, bayram ertaliklari, musiqa-badiiy 
kechalar o„tkazish, rasmlar hamda loy plastilindan yasalgan o„yinchoqlar ko„rgazmasini
tashkil etish va boshqalardir.
Ta‟limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyati hozirgi zamon ta‟limiga 
xos prinsipdir. Bu bolalardagi bilimga qiziq ish va bilish jaryonlarini rivojlantiradi. 
Buning uchun bolalarga beriladigan bilim, malaka, ko„nikmala ma‟lum izchillik bilan 
takomillashtirilib boriladi. Natijada bolalar kattalarning ko„rsatmasi va namunasi 
bo„yicha ish-harakatlarni bajarishga, oldin egallagan bilimlarini yangi faoliyatda 
qo„llashga, o„zining xulqi, ishi, hatti-harakatini nazorat qilish va to„g„ri baholashga
o„rganib boradilar. 
Bolalarda topshiriqqa ongli munosabat shakllanadi. Tarbiyachining tushuntirish 
va ko„rsatmalarini diqqat bilan tinglash, o„z ishida yaxshi natijaga 
intilishi, ma‟lum tezlik va izchillikda diqqat bilan ishlash malakasi 
shakllanadi, ish qobiliyati ortadi.



Yüklə 297,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin